8. Ro'zador tilni tiyishi

Ro'za birla tilni ham tiygan aziz, Yo'qsa topolmaydi ajr-savobin hargiz.
(Rahim Azim)


Izoh:

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
"Birortangiz biror kun ro‘zador bo‘lsa, behayo so‘z gapirmasin, johillik qilmasin. Kimdir u bilan so‘kishmoqchi yoki urishmoqchi bo‘lsa, "Men ro‘zadorman, men ro‘zadorman", desin".

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim yolg‘on gapirishni va unga amal qilishni qo‘ymasa, Alloh uning yeb-ichishni tark qilishiga muhtoj emas", dedilar".