#ilm_olish_shartlari / #ilm
## 1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
**“ilm talab qilishlik har bir muslim va muslimaga farzdir”** dedilar.
Biling, gap shundaki, muslim va muslimaning har biriga har bir ilmni talab qilish farz(i ayn) qilinmaydi. Faqat un(muslim)ga “ilmning eng afzali hol ilmi va amalning eng afzali holni saqlashdir” deyilgani kabi hol ilmini talab qilish farz qilinadi.
Musulmonga qaysi holatda bo‘lsa ham (iymon, namoz, zakot va hokazolarga o‘xshash) holatida voqe bo‘layotgan narsalar(ning ilmi)ni talab qilish farz qilinadi. Chunki un(musulmon)ga namoz zarur. Shu sababli un(musulmon)ga namozning farzini u bilan bajaradigan miqdoricha namozida voqe bo‘layotgan narsalarning ilmi farz qilinadi.
Va un(musulmon)ga vojibni u bilan bajaradigan miqdoricha (namozida voqe bo‘layotgan narsalarning ilmi) vojib bo‘ladi.
Chunki u bilan farzni ado etishga vosita sifatida foydalaniladigan narsa farz bo‘ladi.
Va u bilan vojibni ado etishga vosita sifatida foydalaniladigan narsa vojib bo‘ladi.
Va shuningdek (bu dalil bilan) ro‘zadagi (4ta farzni) va agar u(musulmon)ning moli bo‘lsa zakotdagi (farzlarni ham bilishi-farz bo‘ldi).
Agar un(musulmon)ga (haj) vojib bo‘lsa (bu zikr qilingan dalillar bilan) haj(dagi 3ta farz va 5ta vojiblarni ham bilishi farz va vojib bo‘ladi).
Savdo-sotiqlarda ham shunday agar (muslim yo muslima) savdo qilsa (savdoda botillik, fasod, ribo, shubhalar, halol, yolg‘on va hokazolarga o‘xshashlardan saqlanish uchun shar’iy savdoda voqe bo‘layotgan narsalarning ilmini bilish har bir muslim va muslimaga farz bo‘ladi).
Muhammad ibn Hasan rohimahullohga zuhd-taqvo haqida bir kitob yozmaysizmi, deyildi?
“(shunda Muhammad ibn Hasan rohimahulloh ana) savdo-sotiqlar haqida kitob yozdimku” dedi.
Ya’ni zohid u tijoratlarda o‘zini shubhalar va makruhlardan saqlagan kishidir. Va shuningdek (ijara, nikoh, taloq, muzoraba, mushoraka, taqsim va hokazolarga o‘xshash) qolgan muomalalar va kasblarda (ham o‘zini shubhalar va makruhlardan saqlashi vojib bo‘ladi).
Ular (ya’ni bu zikr qilingan narsalar)dan biror narsa bilan mashg‘ul bo‘lgan har bir kishiga o‘sha narsadagi (shubhalar, makruhlar va) haromdan o‘zini saqlash ilmi farz qilinadi.
Shuningdek, un(musulmon)ga tavakkal qilish, (Alloh taologa) qaytish, (Allohdan) qo‘rqish va (Allohning hukmi va qazosiga) rozi bo‘lishdan iborat qalb holatlarining ilmi ham farz qilinadi.
Chunki u (qalb holatlarining ilmi) hamma holatlarda (ham) voqe bo‘luvchidir.
Ilmning oliyligi, ulug‘ligi hech kimga maxfiy emas. Chunki u (ilm) insoniyatga xoslangandir.
Chunki, shijoatlilik, jur’at, quvvat, saxiylik, shafqat va hokazolarga o‘xshash ilmdan boshqa xislatlarning hammasida inson va qolgan hayvonlar ham sherik bo‘ladi.
U(ilm) bilangina Alloh taolo Odam alayhis salomning fazlini farishtalarga ko‘rsatdi-tanishtirdi.
Va u(farishtalar)ni un(Odam alayhissalom)ga sajda qilishga buyurdi.
Albatta ilm – u bilan kishi Alloh taoloning huzuridagi qadr – qimmatga va abadiy saodatga sazovor bo‘ladigan yaxshilik va taqvoga vosita bo‘lganligi sababli oliy bo‘ldi.
Muhammad ibn Hasan rohimahullohga aytilganiga o‘xshash:
Ta’lim ol, chunki ilm o‘z ahliga ziynatdir.
- Va (chunki ilm – dunyo va oxiratda sohibi uchun) fazilat va (Alloh taolo va insonlarning huzurida maqbul bo‘lgan) maqtaladigan fazilatlarning hammasi uchun belgidir.
- Har kuni ilmdan bir ziyodalikni foydalanuvchi bo‘l, va foydalar dengizlarida suz.
- Faqih (olim) bo‘l, chunki fiqh yaxshilik va taqvoga (bo‘lgan) yo‘lboshchining afzalrog‘i va adolatlining odilrog‘idir.
- U(fiqh ilmi) hidoyat yo‘liga yetaklovchi bayroqdir.
- U(fiqh ilmi) barcha ofatlardan qutqaradigan qo‘rg‘ondir.
- Chunki bitta taqvoli faqih shaytonga mingta obiddan ham kuchlirovdir.
---
#### Fiqh sharhi:
**Fiqh** – “chuqur tushunish”, “ichki idrok”, “zarralarni farqlash” degan lug‘aviy ma’noni bildiradi.
Ilmiy istilohda **fiqh** – shariatning amaliy qoidalarini **dalillardan (Qur’on, sunnat, ijmo’, qiyos)** olish va tushunish ilmi demakdir. Bu: Halol-haromni ajratish; Amallar hukmini bilish; Ibodat, muomala, jinoyat, nikoh, iqtisod, siyosat hukmlarini idrok qilish
Ya'ni: **Fiqh — bu insonning amaliy hayotiga Allohning hukumini tushunib tatbiq etish san’ati.**
**Maqomiy ma'noda esa:**
"Faqih bo‘l!" degani faqatgina fiqh ilmining hukmlarini yodla degani emas, balki chuqur anglovchi, donishmand, tafaqquh egasi, tafsirli tafakkur egasi bo‘l deganidir.
Ya'ni: **“Fiqh — hidoyat bayrog‘idir.”** Demak fiqh faqat yodlangan fatvo emas, balki boshqalarga yo‘l ko‘rsatadigan ma’rifat degani.
**“Fiqh — barcha ofatlardan qutqaradigan qo‘rg‘ondir.”** Yani hayotdagi adashish, gumrohlik, vasvasa, zohirga mukkasidan ketish, soxta taqvodorlikdan saqlovchi qal’a — bu faqat halol-harom yodlagan odam emas, balki **chuqur tafakkurli, ichki hushyorlik egasi**.
**“Bitta taqvoli faqih, mingta obiddan kuchli.”** Obidlar — ko‘p ibodat qiladi, lekin tushunishsiz. Faqih esa kam amal qilar, ammo anglab bajaradi, hikmatni ko‘radi, zohiriy va botiniy (shaytonning) tuzoqlarini ilg‘aydi.
> Ta’limul Muta’allimdagi “Fiqh” so‘zi faqatgina “shar’iy hukmlar to‘plami” emas.
> Balki u — anglash, tafakkur, bashorat, farosat, hayotda ilohiy tartibni ko‘ra olish, ya’ni “fahm” bilan yashash” degan yuksak tushunchadir.
Shuning uchun Zarnujiy shunday deydi:
> “Fiqh — adolatning adolatlirog‘i, hidoyat bayrog‘i, qo‘rg‘on va shaytonga qarshi qalqon.”
Fiqh bu – **shunchaki ilm emas**, bu – **hayotni anglab yashash san’ati**.
*(musannif sharhi)*
---
>Shuningdek, saxiylik, baxillik, qo‘rqoqlik, jur’atlik, takabburlik, tavozelik, iffatlilik, isrof qilish, o‘ta tejamkorlik va hokazolarga o‘xshash qolgan xulqlardagi ilm ham farz qilinadi.
**Chunki kibr, baxillik, qo‘rqoqlik va isrof haromdir.** Ular(ya’ni, yuqoridagi zikr qiligan narsalar)dan o‘zini saqlash faqat ularni bilish va ularni qarshisidagi narsalarni ilmini bilish bilan mumkin bo‘ladi, shu sababli, har bir insonga ularni bilish farz qilinadi.
Haqiqatda, shayx, imom, ajall, shahid Nosiruddin Abul Qosim rohimahulloh xulqlar (ilmi) haqida bir kitob yozdi. U yozgan “axloq kitobi” qanday yaxshi. Shu sababli, u(Nosiruddin Abul Qosim rohimahullohni xulqlar kitobidagi zikr qilingan xulq)larni yodlash har bir musulmonga vojib bo‘ladi.
Ammo (janoza namozi, kasalni borib ko‘rish, salomga alik olish, amru ma’ruf va nahiy – munkarga o‘xshash) ba’zi paytlarda voqe bo‘ladigan narsalarni yodlash kifoya yo‘liga ko‘ra farzdir.
Agar uni shahar (yoki qishloq)dagi ba’zisi bajarsa, (o‘sha farz) qolganlardan ham soqit bo‘ladi.
Agar shahar (yoki qishloq)da uni bajaradigan kishi topilmasa, gunohda butunligicha sherik bo‘ladilar.
Imom(va uni o‘rinbosarlari)ga ular(shahar va qishloq ahllari)ni o‘sha(farzi kifoyalarni ado qilish)ga buyurishi vojib bo‘ladi. va shahar (va qishloq) ahlini o‘sha (farzi kifoyalarni ado qilish)ga majbur qilishi (vojib bo‘ladi – agar ular bularni qilishni xohlamasalar ham).
>Haqiqatda aytildi: o‘sha (narsa) har bir (mukallaf) kishiga lozim bo‘lgan (e’tiqodlar, ibodatlar va muomolotlardagi) holatlarning barchasida o‘zidagi voqe bo‘layotgan narsalarning ilmi (farzi ayndir).
Un(davo)ga faqat kasal bo‘lgan paytda muhtoj bo‘linadigan davo darajasidagi ba’zi paytlarda voqe bo‘ladigan narsalarning ilmi (farzi kifoyadir).
Kasal bo‘lish darajasidagi yulduzlar ilmini o‘rganish haromdir. Chunki u (yulduzlar ilmi) zararli va befoydadir. Vaholanki Allohning qazo va qadaridan qochish mumkin emas.
---
Sharh:
Yulduzlar ilmi ikki turga bo‘linadi: Hisobiy (ilmiy) va Bashoratchilik.
1. **Hisobiy ilm** arab tilida "Ilm al-hayʼa" ya'ni — [[astronomiya]] degani. Bunda, Quyosh, oy, sayyoralar harakati, vaqt, qibla, taqvim hisoblash uchun foydali. Islom olimlari bunga katta hissa qo‘shgan.
2. **Bashoratchilik** esa "Ilm at-taʼthir" ya'ni — [[astrologiya]] degani. Bunda “Falon yulduz tug‘ilganda bu odam baxtli bo‘ladi”, “Saturn zodiakda, urush bo‘ladi” – bu **taxmin va ishonchsiz alomatlar asosida g‘aybni bilish daʼvosi**. **Shariatda harom**, hatto **kufrga eltuvchi** deb aytilgan.
Imom Zarnujiy bu yerda ikkinchi turini nazarda tutgan — ya’ni bashoratli astrologiyani.
Qur'oni Karimda: **"Osmonlar va yerda faqat Allohgagina g‘ayb ma’lumdir",** deyilgan.
*(Luqmon surasi, 34-oyat)*
*(musannif sharhi)*
---
Har bir musulmon (va muslima)ga hamma vaqtlarida Allohni zikr qilish, duo, tazarru, Qur’on o‘qish va baloni daf qiluvchi sadaqalar bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim.
Va Alloh taolo uni balo va ofatlardan saqlashi uchun Alloh taolodan dunyo va oxiratdagi avf etishini va ofiyatini so‘rashi (lozim). Chunki kimga duo qilish rizqi berilsa, u ijobatdan man qilinmaydi. Agar balo belgilangan bo‘lsa, un(o‘sha balo)ga shubhasiz yo‘liqadi. Lekin Alloh taolo u (balo)ni un (o‘sha duo qiluvchi banda)ga yengil qilib qo‘yadi. Va duosini barakasi sababli unga sabrni ato qiladi.
Agar yulduzlar (ilmi)dan u bilan qiblani va (farz va ikki hayt namozlariga o‘xshash vojib) namoz (lari)ning vaqtlarini bilib oladigan miqdorda o‘rgansa. O‘sha (miqdorda o‘rganish) joiz.
Ammo tib ilmini o‘rganish (uni o‘rganish) joiz bo‘ladi. Chunki u (tib ilmi badanlarni saqlashlik uchun bo‘lgan) sabablardan bir sababdir. Qolgan (din va badanni saqlash uchun bo‘lgan) sabablarga o‘xshash uni (ham) o‘rganish joiz bo‘ladi. (Uni joizligini ummatiga o‘rgatish uchun) haqiqatda Nabiy sollallohu alayhi vassallam davolanganlar.
(Imom) Shofeiy rohimahullohdan hikoya qilindi.
U zot aytganki: ilm ikki (tur)dir. (Birinchisi) fiqh ilmi (u) dinlar uchun, (ikkinchisi) tib ilmi (u) badanlar uchun. O‘sha (zikr qilingan ikki ilm)dan boshqa ilm majlisning yetarliligidir.
#### Ilmni ta’rifiga kelsak:
U (ilm) sifatdir. U (sifat) bilan zikr qilingan (narsa) aniq bo‘ladi. U (sifat) uni bajargan kishiga u(ilm – zehnida voqe bo‘lga)nga o‘xshash sifatdir.
**"Haqiqtda ilm u bilan narsa va u (narsa)ning haqiqati olim uchun ko‘rinadigan kuchdir".** *(Devbanddagi nusxasi, 26 – bet)*
U (ilm) u bilan zikr qilingan narsa uni bajargan kishiga u(ning haqiqati)ga o‘xshash aniq bo‘ladigan sifatdir. *(Misrdagi nusxasi, 10 – bet)*
#### Fiqh – ilmning nozikliklarini bilishdir.
Abu Hanifa rohimahulloh:
**“Fiqh – bandaning o‘ziga nima foydayu nima zararligini bilishdir”,** dedi.
(Yana Abu Hanifa rohimahulloh) "ilm faqat unga amal qilishlik uchun".
>**Un(ilm)ga amal qilishlik esa kechikkan uchun shoshilishni tark qilishdir,** dedi.
Insonga o‘zini nafsini (tanish)dan g‘aflatda qolmasligi lozim. Va (yana insonga) birinchisi va oxirgisida (ya’ni o‘zini dunyosi va oxiratida) o‘ziga nima foydayu nima zararligini (bilishi lozim). Shu sababli (savob va yaxshiliklardan iborat) o‘ziga foydali bo‘lgan narsalarni jalb qiladi.
Va aqli va ilmi o‘ziga qarshi hujjat bo‘lmasligi uchun (kufr va qolgan yomonliklardan iborat) o‘ziga zararli bo‘lgan narsalardan o‘zini olib qochadi.
Shu sababli uning jazosi ortadi. Allohdan O‘zining g‘azabi va jazosidan yordam so‘raymiz.
Haqiqatda ilmning izzatlari va fazilatlari haqida oyatlar va mashhur sahih (ishonchli) xabarlar (hadislar) kelgan.
---
[[Asar haqida]] ← Oldingi | Keyingi → [[2. Ta’lim olish holatidagi niyat haqidagi fasl]]
---
**L I N K L A R**
- [[2. Ta’lim olish holatidagi niyat haqidagi fasl]]
- [[Asar haqida]]
- [[Ilm olish shartlari]]