#ilm_olish_shartlari / #ilm
## 2. Ta’lim olish holatidagi niyat haqidagi fasl
**So‘ngra un(tolibi ilm)ga ilm o‘rganish vaqtida niyat qilishi lozim.** Chunki, niyat u(payg‘ambar) alayhissalomning: “Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir” (degan) so‘zi sababli (yaxshi – yomon yoki qasd qilingan yo qasd qilinmagan) ishlarning barchasida asoslidir.
*Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (rivoyat qilinadi):*
Qanchadan qancha (yeyish, ichish va uyquga o‘xshash) dunyo amallarining suvrati bilan tasvirlanadigan amal borki, niyatning yaxshiligi sababli oxirat amallariga aylanadi.
Va qanchadan qancha (namoz, zakot, qur’on o‘qish va sadaqalar berishga o‘xshash) oxirat amallarining suvrati bilan tasvirlanadigan amal borki, (riyoga o‘xshash) niyatning yomonligi sababli dunyo amallariga aylanadi”.
O‘quvchi ta’lim olishlik bilan Alloh taoloning roziligini, oxirat diyorini, (ta’lim olishlik bilan) o‘zidan va (ularga o‘rgatish bilan) qolgan johillardan ham bilimsizlikni yo‘qotishni, dinni tiriltirishni va islomni saqlashni niyat qilishi lozim.
Chunki islomning doimiyligi (davom etishi) ilm bilan (bo‘ladi). Parhezkorlik va taqvo nodonlik – bilimsizlik bilan to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Menga hidoya (kitobini) sohibi shayx, imom, ajall, burhonuddin (Marg‘iloniy hazratlari) ular (ya’ni, ulamolar yoki fosiq ulamolar)ning ba’zi(ni ayblash) uchun bo‘lgan she’rni o‘qib berdi:
Katta fasod – buzilish uyatsiz olimdir. Un(uyatsiz olim)dan ham kattaroq (fasod bu) johil zohiddir.
U (uyatsiz olim va johil zohid) ikkalasi o‘z dinida u(uyatsiz olim va johil zohid) ikkalasiga (so‘zlari va ishlarida) ergashgan kishi uchun olamlarda ulug‘ fitnadir.
U (ilm talab qilish) bilan aql ne’matiga va badan sog‘ligiga shukr qilishni niyat qiladi. U (ilm talab qilishlik) bilan insonlarni o‘ziga intilishni niyat qilmaydi.
Dunyoning o‘tkinchi nozu – ne’matlarini jalb qilishni (talab) qilmaydi. Va sulton va hokazoni huzuridagi qadr – qimmatni (niyat qilmaydi).
Muhammad ibn Hasan rohimahulloh: “Agar insonlarning hammasi mening qullarim bo‘lganida, albatta men ularni ozod qilib yuborardim va ularni homiylikdan xalos qilardim” dedi.
Kim ilm va un(ilm)ga amal qilishlikning lazzatini topsa, kamdan – kam hollarda insonlarni huzuridagi narsalarni xohlardi (ya’ni, insonlarni huzuridagi narsalarni xohlamasdi).
Tolibi ilm o'sha (ilm talab qilishlikda qaysi niyat bilan qo'lga kiritishini va qaysi niyat bilan to'g'ri bo'lishi) haqida tafakkur qilishi lozim. Chunki u(o‘quvchi) ilmni juda ko‘p mehnat bilan o‘rganadi. Bas, endi u(ilm)ni haqir, oz, foniy dunyoga sarflamasin.
U dunyo ozdan iborat eng ozdir. U(dunyo)ning oshig‘i esa, xordan iborat eng xordir. (Dunyo) o‘zini sehri bilan (o‘ziga ergashadigan va bezaklariga moyil bo‘ladigan) qavmni kar qilib qo‘yadi va ko‘r qiladi.
Bas, u(dunyoning kar va ko‘r oshiq)lari (o‘zlarining to‘g‘ri yo‘lga yo‘llaydigan) dalil – hujjatsiz hayron bo‘lib qoluvchilardir.
Ahli ilmga ta’ma qilishlik(o‘rni)dan boshqasida, o‘zini ta’ma qilishlik bilan tahqirlamasligi lozim. (Ahli ilmga) unda ilm va uning ahlini xo‘rlanishdan iborat bo‘lgan narsalardan o‘zini saqlashi (lozim). Va (ahli ilmga) tavozeli bo‘lishi (lozim).
Tavozelik kibrlanish va xorlanishning o‘rtasidagi (holatdir). Iffatli bo‘lish (ham) shun(kibrlanish va xorlanishning o‘rtasidagi tavozelik)ga o‘xshashdir. O‘sha (tavozelikka o‘xshash iffatli bo‘lish) xulqlar kitobida bilinadi.
Menga “al – adibul muxtar” (tanlangan adib nomi) mashhur bo‘lgan shayx, imom, ustoz, ruknuddin rohimahulloh o‘zi uchun bo‘lgan she’rni o‘qib berdi:
Haqiqatda tavozelik taqvodorning xislatlaridandir. U(tavozelik) bilangina taqvodor qadr – qimmat (martaba)lariga ko‘tariladi.
>Kishining o‘zining holatida johil bo‘lib o‘zini baxtli yo baxtsiz ekanligini (bilmasdan) kekkayishi ajoyibotlardandir.
Yoki (kishi) umri qanday tugatilishini (bilmaydi) yoki ruhi vafot etgan kuni (asfala sofilinga) tushuriladimi yo (illiyinga) ko‘tariladimi (buni ham bilmaydi).
Kibrlilik Robbimizga taalluqli sifatdir. Bas, o‘sha(sifat)dan o‘zingni chetga ol va (o‘sha sifat bilan sifatlanishdan) qo‘rq.
---
[[1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida]] ← Oldingi | Keyingi → [[3. Ilmni, ustozni, sherikni va ustozni darsidagi sobitlikni tanlash haqidagi fasl]]
---
**L I N K L A R**
- [[3. Ilmni, ustozni, sherikni va ustozni darsidagi sobitlikni tanlash haqidagi fasl]]
- [[Ilm olish shartlari]]
- [[1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida]]
- [[Asar haqida]]