#ilm_olish_shartlari / #ilm ## 3. (Ilmlardan iborat) bir ilmni, (ulamolardan iborat) bir ustozni, (talabalardan iborat) bir sherikni va un(sheriklar bilan birga ustozni darsi)dagi sobitlikni tanlash haqidagi fasl Tolibi ilm har bir ilmdan uning eng yaxshisini tanlashi lozim. (tolibi ilm – aqoid va namoz, u bilan to‘g‘ri bo‘ladigan ilmga o‘xshash) holatida o‘zini dinining ishida unga muhtoj bo‘ladigan ilmni (tanlashi lozim). So‘ngra, (tolibi ilmga – farz ilmlardan bo‘lgan zakot, ro‘za, hajga o‘xshash) kelajak(zamon)da unga muhtoj bo‘ladigan ilmlarni (tanlashi lozim). (Tolibi ilm, asos bo‘lgan) tavhid va ma’rifat ilmini (qolgan ilmlardan) oldin bajaradi. (Taqlid darajasida qolmasdan) Alloh taoloni dalil bilan taniydi. Chunki, taqlidchining iymoni agarchi biz (ahli sunna val jamoa)ning nazdimizda to‘g‘ri bo‘lsa ham, lekin bilib olishni tark qilganligi sababli gunohkor bo‘ladi. (Talaba tavhid ilmidan so‘ng, falsafa, mantiq, hikmat va xilof ilmiga o‘xshash) yangi(ilm)larni emas, (balki) eski(ilm)ni tanlaydi. (Komil ulamolar o‘z shogirdlariga) o‘zlaringizga qadimgi(ilm)ni lozim tutinglar va o‘zlaringizga yangilaridan saqlaninglar, dedilar. (Falsafiyotga o‘xshash) katta ulamolarning uzilishi(ya’ni, o‘limi)dan so‘ng zohir bo‘lgan bu bahs (va xilof ilmi) bilan mashg‘ul bo‘lishdan o‘zingizni saqlang. Chunki, u (falsafiyot va kalom bilan mashg‘ul bo‘lish) talabani fiqh(ni o‘rganish)dan uzoqlashtiradi, umrni zoye qiladi va g‘amginlik va dushmanlikni keltirib chiqaradi. Holbuki, u (jadal – bahs bilan mashg‘ul bo‘lish) qiyomatning va ilm va fiqhning ko‘tarilish alomatlaridandir. Shunga o‘xshash (qiyomat alomatlari) hadisda kelgan. #### Ustozni tanlashga kelsak (tolibi ilmga) Abu Hanifa rohimahulloh (ustozi) Hammod ibn Abu Sulaymon rohimahullohni chuqur mulohaza qilish va tafakkur qilishdan so‘ng tanlagani kabi (ustozni) eng yaxshi biladiganini, eng parhezkorini va eng yoshi ulug‘ini tanlashi lozim. (Hammod ibn Abu Sulaymon rohimahullohni) u (Abu Hanifa rohimahulloh)ni viqorli, halim va o‘ta sabrli qariya holda topdim, dedi. **=="(Abu Hanifa rohimahulloh) Hammod ibn Abu Sulaymon (rohimahulloh)ning huzurida sobit turdim, so‘ngra o‘sib chiqdim",==** dedi. Samarqand hakimlaridan bo‘lgan bir hakimdan eshitdimki, dedi: Haqiqatda tolibi ilmlardan bittasi mendan ilm talab qilishlik haqida maslahat so‘radi, vaholanki (u) Buxoroga borishga qaror qilgandi, dedi. Shunday qilib, (har bir kishiga diniy va dunyoviy) ishining har birida maslahatlashishi lozim. Chunki, Alloh taolo O‘zini Rasuli sollallohu alayhi vasallamni barcha ishlarda maslahatlashishga buyurdi. Vaholanki, (insonlar, jinlar va farishtalardan) birortasi un(Rasululloh)dan aqlliroq bo‘lmagan. Shunga qaramay (Rasululloh ham) maslahatlashishga buyurildi. (Rasululloh alayhis salom) sahobalari bilan barcha ishlarda, hatto uy ehtiyojlarida ham maslahatlashardi. **Ali karromallohu vajhahu erkak kishi maslahatdan (so‘ng) halok bo‘lmagan, dedi.** Aytildi: “Insonlar (3 toifadir – birinchisi butun) kishi, (ikkinchisi) yarimta kishi va (uchinchisi) hech narsadir. 1. **Butun kishi:** o‘zini to‘g‘ri fikri bo‘lgan va maslahatlashadigan kishidir. 2. **Yarimta kishi:** o‘zini to‘g‘ri fikri bo‘lgan lekin maslahatlashmaydigan yoki maslahatlashadiyu lekin o‘zini (to‘g‘ri) fikri bo‘lmagan kishidir. 3. **Hech narsa:** o‘zini (to‘g‘ri) fikri bo‘lmagan va maslahatlashmaydigan kishidir. Ja’fari Sodiq roziyallou anhu Sufyoni Savriy roziyallohu anhuga: “Alloh taolodan qo‘rqadigan ishingda maslahatlash” dedi. >Ilm talab qilishlik ishlarning eng yuksagi va eng qiyinrog‘idir. Shu sababli, un(ilm talab qilish)da maslahatlashish (boshqa ishlardan ko‘ra) muhimroq va vojibroq bo‘ladi. (O‘sha samarqandlik) hakim (Buxoroga bormoqchi bo‘lgan kishiga) agar Buxoroga borsang (dars uchun) imomlarga (borish va kelishdagi) ixtilofda shoshilma. (U yerda) sen bir ustozni chuqur mulohaza qilguningcha va tanlaguningchcha ikki oy tur. Chunki sen agar (chuqur mulohaza qilish va tanlashingdan oldin) bir olimga (ta’lim olish uchun) borsang, va uni huzurida darsni boshlasang, ehtimol, seni o‘sha (muallim)ning darsi qoyil qoldirmas, yoqmas. Bas, o‘sha (olim)ni tark qilasan, Va (so‘ngra) boshqa (olim)ga borasan. (Muallimingning qalbi singanligi va uni darsini tark qilganliging sababli) sening ta’lim olishingda barokatli bo‘linmaydi. Bas, ustozni tanlashda ikki oy chuqur mulohaza qil. (Mushfiq ulamolar bilan) o‘sha (ustoz)ni tark qilishga va un(o‘sha ustoz)dan voz kechishga muhtoj bo‘lmaguncha maslahatlash. U (o‘sha tanlangan ustoz)ning huzurida sobit tursang, hatto sening ta’lim olishing barokatli bo‘ladi. Va (dunyo va oxiratda) ilming bilan ko‘p foyda olasan. >Biling, albatta (ilm tahsil qilish va uning mashaqqatiga) sabr qilish va (dars boshlagan kishining huzurida) sobit turish barcha ishlardagi katta asosdir. Lekin u (sabr va sobit turish – ikkalasi she’rda) aytilganidek qiyindir. Qadr – qimmat maqsadiga bo‘lgan (aqlli kishining) har biri uchun harakatlar bor. Lekin, kishilardagi sobitlik (juda) nodirdir. (Sabrni fazilati haqida) aytildi: shijoatlilik (bu badan quvvati bilan emas, balki mashaqqat, alam va musibatga) bir soat sabr qilishlikdir. #### Bas, tolibi ilmga bir ustoz(ning huzuri)da sobit turishi va sabr qilishi lozim bo‘ladi. - Bir kitob(ni o‘qish)da (sabr qilish lozim bo‘ladi,) toinki uni noqis holatda tark qilmaydi. - Bir fan(ni tugatishga, oxiriga yetkazish)ga (sabr qilishi lozim bo‘ladi,) - toinki, birinchi(fan)ni mukammal o‘rganib olmasdan oldin boshqa fan bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. - (Unda tahsil olishni boshlagan) shaharda (sabr qilishi lozim bo‘ladi) – toinki zaruratsiz boshqa shaharga ko‘chib o‘tmaydi. Chunki, o‘sha (ustozni huzurida sobit turmaslik, bir kitobni oxiriga yetkazmaslik, bir fanni tugatmasdan boshqa fan bilan mashg‘ul bo‘lish, zaruratsiz bir shahardan boshqa shaharga ko‘chish)ning hammasi (uni hosil bo‘lishini iroda qilgan) ishlarni tarqatib yuboradi va qalbni (hammasini boshqasi) egallaydi va (ta’lim olish) vaqtlari(ning hammasi)ni zoye qiladi va muallimga azob beradi. #### (tolibi ilmga) uni nafsi va havosi xohlagan narsalardan sabr qilishi lozim bo‘ladi. **Shoir dedi:** Haqiqatda, havo u tahqirlanishning o‘zidir. Har bir (nafsu) havoning yengilishi tahqirlanishning yengilishidir. (talabaga) qiyinchilik va (ta’lim olish vaqtidagi) balolarga sabr qilishi (lozim bo‘ladi). Haqiqatda aytildi: **“Orzularning xazinalari qiyinchiliklarning ko‘p boyliklarini ustidadir”.** Albatta, u (she’r) Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu uchunligi aytildi: Hoy! (talab qiligan) ilmga faqat oltita (narsa) bilan yetadi. Senga ularni hammasini aniqlik bilan e’lon qilaman. (birinchisi) ziyraklik va (ikkinchisi tahsil olishga bo‘lgan) kuchli intilish va (uchinchisi mashaqqat va aziyatlarga) sabr qilish va (to‘rtinchisi hayot kechirishga kifoya qiladigan) yetarlilik. Va (beshinchisi undan ta’lim olishlik uchun) ustozning ko‘rsatmasi va (oltinchisi) uzoq vaqt. #### Sherikni tanlash (talabaga sherikning) tirishqog‘ini va parhezkorini va to‘g‘ri tabiatli va tushunuvchisini tanlashi lozim bo‘ladi. Va (talabaga sherikning) yalqovi va ishlamaydigani va sergapi va buzuvchisi va fitnachisidan qochishligi (lozim bo‘ladi). **Shoir aytadi:** Kishi haqida so‘rama, balki uning do‘stini ko‘r. Har bir do‘st do‘stiga taqlid qiladi. Agar (kishi) yomon bo‘lsa, undan tezlik bilan o‘zingni olib qoch. Agar (kishi) yaxshi bo‘lsa, unga hamroh bo‘l, to‘g‘ri yo‘lni topasan. (Bu she’rni ustiga she’r) o‘qidim. Uning holatlaridagi dangasaga hamroh bo‘lma Qanchadan qancha solih boshqaning buzilganligi sababli buzadi. Ahmoqning ziyrakka bo‘lgan yuqumli kasalligi kulga qo‘yilgan cho‘g‘ bo‘lib turgan ko‘mirga o‘xshash yengildir, so‘ngra so‘nadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Har bir go‘dak islom fitratida tug‘iladi, lekin ota – onasi uni yahudiy qiladi va nasroniy qiladi va majusiy qiladi”, dedilar. Forscha hikmatda aytildi: (Ey! Ustoz va sherik tanlashda chuqur mulohaza qiladigan talaba) agar ilmni o‘zini o‘z ahli(ustoz)dan talab qiladigan bo‘lsang, yoki yo‘q bo‘lgan (kishi) haqida xabar qiladigan(ga) guvoh bo‘lsang, Yerni ismlari bilan e’zozla. Yerdan ismlari bilan saboq ol. Do‘stni do‘stligiga e’tibor ber. --- Sharh: **“Yo‘q bo‘lgan kishi haqida xabar beruvchiga guvoh bo‘lsang…”** — Imom Zarnujiy bu yerda talaba o‘zini **“ilm degan ulug‘ zotning safariga chiqqan, lekin hali uni ko‘rmagan, faqat eshitgan odam”** deb tasavvur qilishini istaydi. Ya’ni: ilm hali senga ayon bo‘lmagan, sen esa uni izlab yo‘lga chiqqan odamsan. Shuning uchun kibru-havas emas, balki tavoze-u hurmat bilan yondashgil. **“Yerni ismlari bilan e’zozla…”** — "Yer" bu yerda **joy, makon**, ya’ni **madrasang, ilm oladigan hudud**, ilm o‘rganilayotgan makon demak. Uni **ismi bilan e’zozla** degani: Ilm izlayotgan talaba **shaxsiyati pok**, **tafakkuri teran**, **hurmatga asoslangan** bo‘lishi lozim. Ilm — bu ko‘z bilan ko‘rishdan oldin **qalb bilan hurmat qilish**, har narsadan hikmat topishga **ichki tayyorgarlik** deganidir. **Ilm yo‘li — yurakli, hurmatli, tafakkurli insonlar uchun.** Ustozdan ilm olish uchun avvalo **ichki axloq, tafakkur va hurmatga tayyorlik** zarur. Har bir narsadan hikmat olishni o‘rgangan talabagina — haqiqiy shogird bo‘ladi. *(musannif sharhi)* --- [[2. Ta’lim olish holatidagi niyat haqidagi fasl]] ← Oldingi | Keyingi → [[4. Ilm va uning ahlini ulug‘lash haqida]] --- **L I N K L A R** - [[Ilm olish shartlari]] - [[2. Ta’lim olish holatidagi niyat haqidagi fasl]] - [[1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida]] - [[Asar haqida]]