#ilm_olish_shartlari / #ilm / #talim / #ustoz_shogird ## 4. To'rtinchi fals. Ilm va uning ahlini ulug‘lash haqida >Biling, haqiqatda tolibi ilmilmga va u (ilm) bilan foydalanishga faqat ilm va uning ahlini ulug‘lash va ustozni ulug‘lash va u(ustoz)ni hurmatlash bilan yetadi. >(ilmga) yetuvchi faqat (ustoz, ilm va uning ahlini va undan boshqalarni) hurmatlash, e’zozlash bilan yetadi. (martabasidan) tushuvchi (o‘sha martabasidan) faqat hurmatni tark qilishi bilan tushadi. Va (yana) aytildi: (uni ulug‘lanishi vojib bo‘lgan zotni) hurmatlash (namoz, ro‘za, hajga o‘xshash) toatdan yaxshiroqdir. Ko‘rmaydimi, albatta (iymon ahlidan bo‘lgan erkak yo ayol bo‘lgan) inson (ba’zi paytlarda dangasaligi sababli namozni tark qilishga o‘xshash) gunoh bilan kofir bo‘lmaydi. Albatta, (iymon ahli) u(gunoh)ni yengil sanashi va (ulug‘lanish vojib bo‘lgan kishiga) hurmatni tark qilish bilan kofir bo‘ladi. Muallimni ulug‘lash ilmni ulug‘lashlikdandir. Ali roziyallohu anhu: “Men – menga bir harf o‘rgatgan kishining quliman. (O‘sha ustoz) xohlasa (meni) sotsin, xohlasa ozod qilsin, xohlasa qul qilsin”, - dedilar. **Haqiqatda o‘sha (muallimni ulug‘lash) haqida she’r o‘qidim:** Muallimning haqqini haqlarning eng haqrog‘i deb ko‘rdim, Har bir muslimga u(o‘sha muallimning haqi)ga rioya qilish vojibroq (ekanligini ko‘rdim). Haqiqatda qadr – qimmat jihatidan un(muallim)ga bir harf o‘rgatganligi uchun ming dirham hadya qilinishi kerak bo‘ladi. ==Chunki, senda dinda unga muhtoj bo‘ladigan ilmlardan bir harfni o‘rgatgan kishi (o‘sha muallim) sening (nasabda emas) dinda otangdir.== Ustozimiz shayx, imom Sadiyduddin Sheroziy (rohimahulloh): “Mashoyixlarimiz: “Kim o‘g‘lining olim bo‘lishini xohlasa, faqihlardan bo‘lgan g‘ariblarni hurmatlashi va ularni (muloyim so‘z va yengil taom bilan) siylashi va ularni (xizmat qilish va mashaqqatini ko‘tarishi bilan) ulug‘lash va ularga (imkon qadar) biror narsa berishi lozim bo‘ladi. Agar (ba’zi sabablarga ko‘ra) o‘g‘li olim bo‘lmasa, uning nevarasi olim bo‘ladi”, derdi”, - dedi. >(Shogirdning) u (muallim)ning oldida yurmasli(gi) va (agar yo'q bo‘lsa) joyiga o‘tirmasli(gi) va uning huzurida uning iznisiz gap boshlamasli(gi) va uning huzurida gapni ko‘paytirmasli(gi) va uning malollangan paytda biror narsa so‘ramasli(gi) muallimni ulug‘lashlikdandir. Va (dars paytida oldin ham keyin ham kelmasdan) vaqtga rioya qilishi va (ustozni hovlisi yo xonasining) eshigini taqillatmasligi, balki (ustozi) chiqquncha sabr qilishi (muallimni ulug‘lashidandir). >(Gapning) mazmuni (shuki): albatta u(talaba) u(ustoz)ning roziligini talab qiladi va uning g‘azabidan o‘zini saqlaydi va Alloh taologa gunoh bo‘lmagan (ish)da unga bo‘ysunadi. Chunki Xoliqqa itoatsizlikda maxluqqa itoat yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: **“Haqiqatda insonlarning eng yomoni o‘zidan boshqani dunyosini (hosil qilishlik) uchun dinini(ng kamolini) ketkazgan kishidir”,** deganlari kabi. >U(ustoz)ni bolalarini va un(ustoz)ga (nasab yoki boshqa jihatidan) aloqador bo‘lgan kishilarni hurmatlash — U(ustoz)ni hurmatlashlikdandir. Ustozimiz shayxul islom, “Hidoya”ni sohibi Burhonuddin rohmatullohi alayh aytib bergandilar: “Haqiqatda Buxoroning katta imomlaridan biri dars majlisida o‘tirardi. Va ba’zan dars orasida turardi. Un(o‘sha ustoz)dan (ba’zi hozir bo‘lgan) o‘sha (turishi) haqida so‘radilar. (O‘sha imom) haqiqatda ustozimni o‘g‘li ko‘chada bolalar bilan o‘ynayapti, ba’zan masjidni eshigini oldiga kelib qoladi. Agar u(ustozimni o‘g‘li)ni ko‘rsam, ustozimni ulug‘lash uchun u(ustozimni o‘g‘li) uchun turaman”, - dedilar. >Qozi, imom, faxruddin al – Arsabandiy (rohimahulloh) [[Marv]]dagi imomlarning raisi edi. >U(kishi)ni (o‘z zamonasining) sultoni juda hurmat qilar edi. U zot: "albatta bu mansabga ustozimga xizmat qilish bilan erishdim”, derdi. Chunki men ustozim, qozi, imom, Abu Zayd ad – dabbusiy (rohimahulloh)ga xizmat qilardim va taomini pishirardim, lekin undan biror narsa yemasdim. Shayx, imom, ajall, shamsul aimma al – Halavoniy rohimahulloh Buxorodan chiqib, ba’zi qishloqlarda bir necha kun o‘ziga voqe’ bo‘lgan hodisa sababli turgandi. U zotni shayx, imom, qozi Abu Bakr az – Zaranjiy rohimahullohdan boshqa shogirdlar ziyorat qildilar. (Imom Halavoniy) u(Abu Bakr az – Zaranjiy)ni uchratgan paytida unga (sen ham sheriklaringga o‘xshab) nima uchun meni ziyorat qilmading, dedi. Shunda (Abu Bakr az – zaranjiy) onamni xizmati bilan mashg‘ul edim, dedi. Imom Halavoniy: "senga umr beriladi, (lekin) darsning ravnaqi ato etilmaydi", dedilar. Chunki u(Abu Bakr az – zaranjiy) ko‘proq vaqtlarida qishloqlarda yashadi. (Abu Bakr az –zaranjiy rohimahullohni holati) xuddi shunday bo‘ldi. Unga dars muntazam bo‘lmadi. > Kimdan ustozi azob cheksa, (o‘sha azob beruvchi) ilmni barakasidan mahrum qilinadi va ilm bilan foydalanolmaydi. Agar (foydalansa ham) ozgina (foydalanadi). Aytildi: Haqiqatda, agar muallim va tabib ikkalasi hurmat qilinmasa, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmaydi; Agar u(kasalliging)ning tabibiga dag‘al bo‘lsang, kasalliginga sabr qil. Agar muallimga dag‘al bo‘lsang, johilliginga qanoat qil. Hikoya qilinadi: “Haqiqatda (Bag‘dodning) xalifasi Horun ar – Rashid o‘g‘lini ilm va odob o‘rganishi uchun (imom) Asma’iy (rohimahulloh)ga yubordi. Bir kuni (xalifa) u(Asma’iy)ni ko‘rib qoldilar. (Asma’iy rohimahulloh) tahorat qilar va oyog‘ini yuvardi, xalifani o‘g‘li esa, u(zot)ning oyog‘iga suv quyardi. Xalifa Asma’iyni o‘sha(oyog‘ini o‘zi yuvishligi)da aybladi. Albatta, men sizga uni ilm o‘rganishi va odob o‘ranishi uchun yubordim. Nima uchun unga bir qo‘li bilan (oyog‘ingizga) suv qo‘yishni va boshqasi bilan oyog‘ingizni yuvishni buyurmadingiz (dedi). ### Kitobni ulug‘lashlik ilmni ulug‘lashlikdandir. Shayx, imom, shamsul aimmah Al – Halavoniy (rohimahulloh)dan hikoya qilindi. Albatta men, bu ilmga (ilmni va unga aloqador bo‘lgan narsalarni) ulug‘lash bilan yetdim, dedi. Chunki, men qog‘ozni faqat tahorat bilan oldim. Shayx, imom, shamsul aimmah [[As – Saraxsiy]] (rohimahullohni) qorni og‘rirdi. Bir kecha (kitob o‘qishini) takrorlar edi. O‘sha kechasida 17 marta tahorat qildi. Chunki u(as – Saraxsiy rohimahulloh kitob o‘qishni) faqat tahorat bilan takror qilardi. Va bu(dars va kitob o‘qish vaqtida tahoratli bo‘lishning lozimligi sobitdir). Chunki ilm nurdir, tahorat ham nurdir. (Qachonki ikki nur bo‘lsa) ilmning nuri ortadi. (Ilmni) vojib ulug‘lashlikdandir (kishining ikki yoki bir oyog‘ini o‘tirgan yoki yotgan holda) kitobga uzatmasligi. Va (yana ilmni vojib ulug‘lashlikdandir – ehtiyoj paytida) tafsir kitoblarini ulug‘lash uchun barcha kitoblarni ustiga qo‘yish; Va (yana ilmni vojib ulug‘lashlikdandir – quyuvchining zarurat bo‘lmagan paytda) kitobni ustiga siyohdon va shunga o‘xshashlardan iborat boshqa narsa qo‘ymasligi; ### Ilm va darsni talab qilish > Ilm va darsni talab qilishlikda sheriklarni va undan ta’lim oladigan ustozni ulug‘lash ilmni ulug‘lashlikdandir. Laganbardorlik (barcha ishlar va holatlarda) ta’na ostida qolgan) faqat ilm talab qilishda (joiz). Chunki u(talaba) ulardan foydalanishi uchun ustozi va sheriklariga laganbardorlik qilishi lozim bo‘ladi. Tolibi ilmga ilm va hikmatni ulug‘lash va hurmat bilan eshitishi lozim bo‘ladi. > Kim (ilmdan biror narsani) ming marta (eshitgandan) so‘ng ham, uni birinchi marta (eshitgan)da ulug‘lagani kabi ulug‘lamasa, u ilm ahli emas, deyiladi. Tolibi ilmga (sarf, nahv, faroiz va hokazolarga o‘xshash) ilm turini o‘zi tanlamasligi lozim. Balki ishini ustozga vakil qiladi. Chunki ustoz uchun o‘sha (ilm turini tanlash)da tajribalar sodir bo‘lgan. Bas, (ustoz) har bir (talaba)ga kerak bo‘lgan ilm turini va u(shogird)ning tabiatiga munosib bo‘lgan ilm turini ham biluvchiroq bo‘ladi. Shayx, imom, ajall, ustoz, shayxul-islom Burhonul haqq vaddin rohimahulloh: “Avvalgi zamonda tolibi ilmlar ilm o‘rganishda ishlarini o‘z ustoziga topshirardi. Shu sababli (avvalgi zamon talabalari ilmdan iborat) o‘z maqsadiga va (amaldan iborat) o‘z murodiga yetardilar". **Sharh:** *Domla Hindistoniy rohimahulloh ham agarchi avval 3 yil o‘qigan bo‘lsa ham va yoqtirmasa ham o‘qishda o‘z ishlarini ustozi – qozi Mirmuhammad rohmatullohi alayhga topshirgandi, oqibatda xato bo'lmadi!* Hozirgi (bizning zamonimizda esa, talabalarning ) o‘zlari (ilm turini) tanlaydilar. Shu sababli ilm va fiqhdan iborat o‘z maqsadi amalga oshmaydi. Chunki, u(talaba)lar o‘zlariga qaysi ilm foydaliroq va tabiatlariga qaysi ilm munosibligini bilmaydilar”, dedi. ([[Imom Buxoriy]] rohimahulloh) Ustozlari rohimahullohning huzurida “namoz kitobi”ni boshlagandi. Ustozlari (rohimahulloh) un(Imom Buxoriy rohimahulloh)ga: “Boring, hadis ilmini o‘rganing”, dedi. Darhaqiqat, o‘sha (hadis) ilmi u(Imom Buxoriy)ning tabiatiga munosibroqligini ko‘rganligi uchun. Bas, hadis ilmini talab qildilar, so‘ngra un(o‘sha hadis ilmi)da barcha hadis imomlariga muqaddam bo‘ldi. Tolibi ilmga dars paytida zaruratsiz ustozga yaqin(makon)da o‘tirmasligi lozim bo‘ladi. Balki, o‘zini va ustozini orasi kamon miqdoricha bo‘lishi lozim bo‘ladi. Chunki, u (ustoz va shogirdni o‘rtasi masofa kamon miqdoricha bo‘lishi ustozni) ulug‘lashlikka yaqinroqdir. Tolibi ilmga (kibr, hasad, nafrat, riyo, ujub, g‘azab, ..... oshiq bo‘lishga o‘xshash) yaramas xulqlardan ham o‘zini saqlashi lozim bo‘ladi. Chunki, u(yaramas xulq)lar ma’naviy itlardir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: **“Unda it va suvrat bo‘lgan uyga farishtalar kirmaydi”,** dedilar. Albatta inson farishtaning vositasi bilan ta'lim oladi. (O‘sha) yaramas xulqlar “Axloqlar kitobi”da bilinadi. (Tolibi ilm) ayniqsa, o‘zini kibrlanishdan saqlasin. Kibrlanish bilan birga ilm amalga oshmaydi. Aytildi: >Ilm – ko‘tarilayotgani (yani kibrli) yigit uchun oqimga o‘xshash, urushdir. >Urush (esa), esa oliy makon uchun (bo‘ladi). Sharh: **Ilm — nafsini bosganlar uchun nurdir, lekin kibr qilganlar uchun dushmandek bo‘ladi.** Agar yigit kibrli bo‘lsa, ilm unga oqimga qarshi yurishdek bo‘ladi. Chunki ilmning ruhi kibrni yoqtirmaydi. Haqiqiy urush bu — o‘z nafsing bilan, o‘z manmanliging bilan bo‘lgan urushdir. Va bu urush faqat oliy darajaga chiqish uchun arziydi. Aytildi: Shon – sharafning har biri – barchasi omad bilan emas, harakat qilish bilan (bo‘ladi). Baxt harakatsiz foyda keltiruvchimi? Qanchadan qancha qul, hur maqomida turadi. Qanchadan qancha hur, qul maqomida turadi. Sharh: **"Baxt inson hech narsa qilmasa ham foyda keltiradimi?"** "Baxt, o‘z-o‘zidan, mehnat yoki harakat bo‘lmasa ham, inson hayotiga foyda olib keladimi?" Bu jumladagi savol — **retorik savol** bo‘lib, haqiqatda **"Yo‘q, baxt harakatsiz foyda keltirmaydi"** degan javobni o‘z ichida yashiradi. --- [[3. Ilmni, ustozni, sherikni va ustozni darsidagi sobitlikni tanlash haqidagi fasl]] ← Oldingi post | Keyingi post → --- **L I N K L A R** - [[Ilm olish shartlari]] - [[3. Ilmni, ustozni, sherikni va ustozni darsidagi sobitlikni tanlash haqidagi fasl]] - [[2. Ta’lim olish holatidagi niyat haqidagi fasl]] - [[1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida]] - [[Asar haqida]]