#ilm_olish_shartlari / #ilm ## Asar haqida Qalamimga mansub asarlar ichida eng mo'tabari "Ilm olish shartlari asari"dir. Uni yozishda asosiy andoza sifatida "Ta'limul Muta'allim" ya'ni "ilm oluvchiga ilm olish yo'llarini o'rgatish" kitobidan ilhomlanib uni taqriz va sharh usulda yozdim. Aynan "Ta'limul Muta'allim" kitobi men o'qigan asarlar ichida eng buyugidir. Zero ungacha ilm-ma'rifatga yo'l berk edi. *Taqriz yozishimda kitobdan to'g'ridan to'g'ri matn keltirsam (uni) o'zgartirmagan holda keltirgan bo'laman va (unga) sharh ziyoda qilishim mumkin.* Kitobning ilm manbasi (h. 2-asr) mashhur olim Abu Hanifa rahmatullohi alayhga borib taqaladi. Ya'ni ilgari ham “ilm odobi” risolalari bo‘lgan, lekin **bir risolada** aqida, niyat, riyozat va amaliy psixologiyani **tizimli 13 bob** tarzida jamlagan birinchi yirik ish aynan imom Zarnujiyga musharraf qilindi. (h. taqriban 600-yil). “Ta'lim ul-Muta'allim” manba sifatida hozir ham dunyoning musulmonlari bo'lgan mamlakatlarda, xususan [[Indoneziya]], [[Markaziy Osiyo]] va [[Turkiya]] madrasalarida ilmga kirish asari sifatida o‘qitiladi. ## Muqaddima *Bismillahir rohmanir rohiym.* Hamd Odam bolalarini ilm va amal bilan olamni hammasiga afzal qilgan Аllohga xos. Salovat va salom arablar va ajamlarning sayyidi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga, va u (zot)ning oilasiga, Va u (zot)ning ilmlar va hikmatlar manbalari bo‘lgan as'hoblariga bo‘lsin. Imom Zarnujiy kitobni yozishdan avval aytgan: >Zamonamizda tolibi ilmlardan ko‘pini ilmga jiddiy harakat qilayotganliklarini, vaholanki unga yetolmayotganliklarini ko‘rgan vaqtimda, (agarda mabodo ilmga yetsalar ham oqibatda) u(ilm)ning manfaatlari va uning mevalaridan, unga amal qilish va tarqatishdir-mahrum qilinadilar. Chunki u(talaba)lar unda (ilm talab qilish) yo‘llarida xato qilganliklari va u (tahsil olish)ni shartlarini tark qilganliklari uchun, (talabani ilmga yetkazadigan) yo‘lda xato qilgan kishining har biri adashadi. (o‘sha talab qilingan narsa) oz bo‘lsin yo ulkan bo‘lsin maqsadga yetishmaydi. Unda Allohga istixora qilganimdan so‘ng qiyomat kunida muvaffaqiyat qozonish va (oxirat dahshatlaridan) xalos bo‘lish bilan bo‘lgan un(ilm)dagi haqiyqiy sofdil xohlovchilardan o‘zimga duoni umid qilgan holda kitoblarda ko‘rgan va ilm va hikmatlar egalari bo‘lgan ustozlarimdan eshitgan narsalarimga ko‘ra ular (talabalar)ga ta’lim olish yo‘lini bayon qilishimni xohladim va yaxshi ko‘rdim. *(Ta'limul Muta'allim, muallif)* --- [[Ilm olish shartlari]] ← Oldingi | Keyingi → [[1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida]] --- **L I N K L A R** - [[Ilm olish shartlari]] - [[1. Ilmning mohiyati va uning fazli haqida]]