#atamalar / #borliqni_anglash > **Atama** – ma'lum bir narsani, hodisani yoki tushunchani ifodalovchi maxsus nom, belgi degani. Biz atama yordamida fan, san'at, madaniyat yoki boshqa sohalardagi tushunchalarni aniq ajratib ko'rsatishimiz mumkin. Misol uchun, ilm-fan atamalari murakkab (keng) nazariyalarni bir so'z bilan (zichlangan holatda) ifodalashda juda qulay. > Muloqot sifati uchun atamalar ya'ni [[Terminologiya]] juda muhimdir. Qisqacha aytganda, atama – nimaning nima ekanligini belgilaydigan "kitob muqovasiga"ga o‘xshaydi: Kitobni eslash orqali undagi barchalar narsalar ko'z oldiga kelgani kabi, atamani bilsangiz, uni ichidagi ko‘proq narsalarni tasavvur qilasiz va oson tushunasiz! ### Atamaning xususiyatlari: 1. **Maxsuslik**: U faqat ma'lum bir sohada ishlatiladi. Masalan, "integral" matematikada atama, lekin kundalik tilda emas. 2. **Aniqlik**: Atama bir ma'noni aniq ifodalaydi, ko'p ma'nolilik (polisemiya) odatda unda bo'lmaydi. 3. **Tizimga mansublik**: Atamalar bir-biri bilan bog'lanib, [[atamalar tizimi]]ni hosil qiladi. ### Misollar: > [! example] Fizika: >- *Kuch* — jismga ta'sir etuvchi fizik miqdor. >- *Tezlanish* — tezlikning vaqt bo'yicha o'zgarishi. > [! example] Biologiya: >- *Gen* — irsiy ma'lumotni tashuvchi DNK qismi. >- *Mutatsiya* — genetik materialdagi o'zgarish. >[! example] Kundalik hayotdan misol: >> "Yulduz" oddiy tilda osmondagi porloq narsa, lekin astronomiyada bu "o'z nurini chiqaruvchi plazma shari" degan atama. *Tilshunoslik nuqtai nazaridan, atama terminologiyaning asosiy birligi hisoblanadi.* --- **L I N K L A R** - [[Borliqni anglash]] - [[Atamalar tizimi]] - [[Tilshunoslik]] - [[Filologiya]] - [[Terminologiya]] - [[Atamalar]]