#muloqot / #suhbat / #sotsiologiya / #atamalar
## Asosiy ta'rif
>**Kontekst** – bu biror bir hodisa, matn yoki so'zning to'liq ma'nosini tushunish uchun zarur bo'lgan atrof-muhit, holat yoki vaziyatni o'z ichiga oladi.
**Nima uchun kerak?**
Kontekst ma'lum bir ma'lumotni qanday qabul qilish va uni qanday tushunish kerakligini belgilab beradi. U so'zlar yoki hodisalarning ma'nosini aniqlash uchun zarurdir, chunki kontekstdan tashqarida bo'lgan so'zlar yoki voqealar noto'g'ri talqin qilinishi mumkin.
>[! example] Masalan
>"oy" so'zi kontekstga qarab osmondagi tabiiy yo'ldosh yoki vaqt birligi bo'lishi mumkin.
## Qo'shimcha ta'rif
>Kontekst (lot. _contextus_ “bir‑biriga bog‘langan to‘qima”) — bu so'z yoki matn, voqea yoki harakatni to‘g‘ri talqin qilish uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi omillar yig‘indisidir; ya’ni so‘z, fikr yoki hodisaning ma’nosi shakllanadigan ijtimoiy, madaniy, til, vaqt va makon muhiti.
****
## Kontekst ahamiyati:
>Konteks — bu biror so'z, ibora, harakat yoki hodisaning ma'nosini to'liq tushunish uchun zarur bo'lgan atrofdagi shart-sharoitlar, vaziyat yoki ma'lumotlar yig'indisidir.
*Konteks tufayli bir xil so'z yoki harakat turli vaziyatlarda boshqacha talqin qilinadi.*
### Misol: "Chiroq"
- **Konteks 1 (kundalik hayot)**: "Xonada chiroq yonmoqda."
**Ma'no**: Bu yerda "chiroq" [[Default]] konteks'da yorug'lik beruvchi elektr jihozi sifatida ishlatilyapti.
- **Konteks 2 (adabiy)**: "Uning ko'zlari bilim chirog'idek porladi."
**Ma'no**: Bu yerda "chiroq" ramziy ma'noda, ya'ni bilim yoki ilhom manbai sifatida ishlatilgan.
Bir xil so'z ("chiroq") turli kontekslarda (kundalik hayot yoki adabiy matn) turlicha ma'no kasb etadi. Konteks — bu so'zning qayerda, qanday maqsadda ishlatilganini ko'rsatuvchi muhit.
## Konteksni aniqlash
> **Eslatma:** Har bir so‘z yoki xatti‑harakatni to‘g‘ri tushunish uchun doimo “_Bu gap qayerda, qachon, kim tomonidan va nima maqsadda aytilyapti?_” degan savolni bering. Shu savolga javob orqali — **kontekstni aniqlash** mumkin.
---
**L I N K L A R**
- [[Konteksdan chiqish xatosi]]
- [[Muloqot]]
- [[Suhbat]]
- [[Sotsiologiya]]
- [[Atamalar]]