#islom / #hadis Hadislarda eshitiladigan "_beshovlari rivoyat qilishgan_" deganda hadis ilmidagi quyidagi besh muhaddis (hadis to‘plovchi olimlar) nazarda tutiladi: 1. **[[Imom Buxoriy]]** — _194–256 hijriy_ | 810–870 milodiy 2. **[[Imom Muslim]]** — _204–261 hijriy_ | 817–875 milodiy 3. **[[Imom Abu Dovud]]** — _202–275 hijriy_ | 817–889 milodiy 4. **[[Imom Termiziy]]** — _209–279 hijriy_ | 824–892 milodiy 5. **[[Imom Nasaiy]]** — _215–303 hijriy_ | 829–915 milodiy Ya'ni hadis, yuqoridagi besh imomning hadis to‘plamlarida birdek keltirilganini anglatadi. Shuningdek, agar "_oltovlari rivoyat qilishgan_" deyilsa, yuqoridagi besh muhaddisga yana quyidagi olim qo‘shiladi: 6. **[[Imom Ibn Moja]]** — _209–273 hijriy_ | 824–887 milodiy va bular jami "_Kutubi sitta_" (oltita ishonchli hadis kitobi) nomi bilan mashhurdir. Bu kabi ifoda hadisning sahihligi va keng tarqalganligini bildiradi. --- **L I N K L A R** - [[Muhaddis]] - [[Hadis]] - [[Islom]]