[[Blog yuritishda birinchi manba muammosi]] Ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z maqolalarini internetdagi sayt yoki blog platformasiga joylashni yetarli deb hisoblashadi. Biroq bu yondashuv xavfli ekanini hisobga olishmaydi. Saytingizda joylagan maqolalaringiz haqiqatan ham ishonchli tarzda abadiy saqlanishiga kafolat yo'q. Chunki: - **Serverda nosozlik yuzaga kelishi mumkin**. Hostingda muammo paydo bo‘lsa, barcha ma’lumotlaringiz yo‘qolib ketadi . - **To‘lov kechikishi yoki domen muddati tugashi mumkin**. Bu vaziyatda saytdagi barcha nasralar butunlay g'oyib bo'ladi. - **Bepul platformalar kafolat bermaydi**. Bepul blog platformalari (Medium, Teletype.in, Blogger va boshqalar) foydalanuvchi ma’lumotlarining saqlanishiga doimiy kafolat bermaydi. Oddiy texnik xatolik yoki siyosatning o‘zgarishi natijasida sizning akkauntingiz va undagi barcha ma’lumotlar o‘chirib yuborilishi mumkin. > [!failure] Shaxsiy tajribamdan misol sifatida aytishim mumkin: > 1. **Teletype.in** platformasidagi shaxsiy blogim va undagi barcha yozgan maqolalarim birgina oddiy texnik xatolik sababli hech qanday ogohlantirishsiz, qaytarib bo‘lmas holatda o‘chirib yuborilgan. Agar men maqolalarimni avvalroq boshqa xavfsiz joyda, ya’ni “**birinchi manba**”da saqlab qo‘yganimda, bu muammo yuzaga kelmas edi. > 2. Dropbox platformasida to'lov kechikkani uchun 3 TB (terabayt) ma'lumot shunchaki g'oyib bo'lgan, tiklab ham berishmagan. Shu sababli **“birinchi manba”** tushunchasi va maqolalaringizni xavfsiz saqlash, boshqarish va qayta tiklash imkoniyati juda muhimdir. --- **L I N K L A R** - [[Blog yuritishda birinchi manba muammosi]] - [[Ma'lumotlarni saqlashdagi xatoyim]] --- ##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling: - Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR) - Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi) - Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)