#xatolarim / #klassik_xatolar ## Katta muammogacha yuz bergan xatolar 1. Laptopda ma'lumot saqlar edim, Laptop tuzalmaydigan darajada buzulib qolgan 2. Bloknotlarda yozuvlarimni saqlar edim, bloknotlarim ko'chish davrida yo'qolib ketgan 3. CD va DVD disklarda ma'lumot saqlardim, chizilib ketgandan keyin ma'lumot o'chib ketgan > Shuncha tajribadan so'ng, endi bunday katta xatolar qilmayman deb o'ylagandim, afsuski asosiy maummoga shu tajribalar sabab boshlangan ekan. ## Asosiy muammo 2006 yili ilk kompyuterimga ega bo'ldim, ma'lumot yig'ish shundan boshlandi. 2008 yili Laptop oldim, ma'lumotlarni bir-biriga o'tkazish uchun disk va fleshkadan foydalanar edim, lekin bu juda noqulay edi. 2014 yili WD ([Western Digital](https://www.westerndigital.com/ru-ru)) brendidan 1Tb tashqi xotira oldim, orada 7-8 marta kompyuterim almashib ketdi 1Tb xotirada asosiy ma'lumotlarim saqlandi va juda yaxshi foyda berdi. Ammo... ## 2016 yilga kelib 1Tb (terebayt) maʼlumotlarim oʻchib ketdi ![[Pasted image 20250408235516.png]] Minor metrosi yaqinidagi oyiga 220$ to'lanadigan kvartirada 7-8 kishi bo'lishib 25-30$ dan to'lab yashardik. Men yo'q paytda stol ustidagi Hard'ni kimdir yonmachasi tushurib yuborgan, ichidagi barcha ma'lumotlar tiklab bo'lmaydigan holatda o'chib ketgan, tiklab beradigan ustaga olib bordim foydasi bo'lmadi. Kim stol ustidan tushurib yuborganini so'ragim ham kelmadi, chunki 10 yil davomida yiqqan 1Tb ma'lumotlarim shunchaki tag pugi bilan yo'q bo'lib ketgandi. >[! danger] Kechikkan xulosam: >Hech qachon maʼlumotlarni fizik qurilmada saqlamaslik kerak! ## 2019 yil, bulutli yechim: Dropbox ![[Pasted image 20250408234645.png]] Bu dasturlar menga ma'lumotlarni saqlashdagi "fizik qurilma qaramligi"dan mutlaq ozod qildi, ammo bu ozodlik menga oyiga 45$ ga tushardi, keyinchalik narx ko'tarilib 52$ bo'lgan. Lekin bu qulaylik va xursandchiligim uzoqqa cho'zilmaydi, ishlatishni boshlaganimdan roppa rosa 5 yil o'tib 2024 yili (pochtamga dropbox'dan kelgan maktublarga e'tibor bermay qolganman) ==1 oylik ogohlantirishdan keyin vaqtida to'lov qilinmagani uchun 3,5Tb shu paytgacha yiqqan va 2 ta startup kompaniyamga tegishli bo'lgan barcha fayllar o'chib ketdi. == > Hayotimdagi eng katta xatolardan bo'lgani uchun buni sizlarga so'zlab beryapman... >[! danger] Kechikkan xulosam: >Hech qachon maʼlumotlarni reglamentida **tiklab bo'lmaydigan darajada o'chirib yuboradigan** cloud (bulutli tizim)da saqlamaslik! ## Joriy holatdagi yechim [Dropbox](https://www.dropbox.com/)'dan ko'nglim sovub ketdi, chunki butun umrlik ma'lumotlarim tag-pugi bilan o'chib ketgandi. Lekin telefonimga qarasam [[Google Photos]]'da 2007 yildan beri barcha rasmlar saqlanib kelgan, pulini vaqtida to'lamagan oylarim ham ma'lumotlarni saqlab turishini tushundim. 15Gb'gacha bepul edi, undan keyingi har 100gb uchun 1$ dan qo'shilar edi, shundan so'ng 3$ to'lovli tarifga o'tib 200Gb ma'lumotlarim uchun oyiga 3$ to'lab [Google Drive](https://workspace.google.com/products/drive/) xizmatidan foydalanadigan bo'ldim, rasmlarni Google Photos ilovasida ko'rsatadi. ##### Qisqacha yechimlar: Diversifikatsiya 1. Jamoaga tegishli matnli ma'lumotlarni [Notion](https://www.notion.com/)da shaqlash 2. Shaxsiy matnli ma'lumotlarni [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]]da saqlash. 3. Rasmli ma'lumotlarni [[Google Photos]]'da saqlash ## Boshqa klassik xatolar - **Telegramda ma'lumot saqlash:** Akkaunt o'chishi bilan o'chib ketadi - **Matnli ma'lumotlarni Word'da saqlash:** Fizik holatda bo'lgani uchun istalgan payt o'chib ketadi, o'zgarishlar tarixi (history) funksiyasi mavjud bo'lmagan uchun, oxirgi tahrirni topish imkonsiz. - **Bepul dasturlarda ma'lumot saqlash:** Shartoma yo'qligi uchun ma'lumotlarni istalgan payt o'chirib yuborishi yoki kompaniya bankrot bo'lishi mumkin. - **Bloknot, daftar, varoqlarda ma'lumot saqlash:** Suvda ivib so'zlari o'chib ketadi, yonib kul bo'ladi. --- **L I N K L A R** - [[Xatolarim]] - [[Hayotimdan qissalar]] - [[Klassik xatolar]] - [[Google Photos]] - [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]] - [[Rahim Azim/Rahim Azim|Rahim Azim]] - [[Birinchi manba nima uchun muhim]]