#obsidian / #notion / #produktiv_dasturlar
![[Pasted image 20250323215101.png]]
Bugun shaxsiy veb-sayt yaratish, blog yuritish juda oson bo‘lib ketdi. Ilgari sayt yaratish murakkab texnik jarayon bo‘lsa, hozirda son-sanoqsiz no-code platformalar mavjud. Ghost.org, WordPress.com, Medium.com, Teletype.in kabi platformalar oddiy foydalanuvchilarga ham texnik bilimlarsiz blog yuritish imkonini beradi.
> [!danger] Ammo haligacha hal qilinmagan yagona muhim muammo bor.
> Bu muammo — maqolalarimizni yozadigan va saqlaydigan **birinchi manba** (perviy istochnik) bilan saytda chop qiladigan joy o‘rtasidagi 2 ta bir xil ishni muntazam takrorlashdir.
>
**Shu sababli biz:**
1. Maqolani avval original joyda (Shaxsiy bloknot, [[Notion]] yoki [[Pages/Obsidian]])da yozamiz.
2. Keyin saytga joylaymiz.
3. Har safar tahrir qilganimizda yana ikkala joyda ham o‘zgarish qilishimizga to‘g‘ri keladi.
> Bu esa ikki karra mehnat va vaqt talab qiladi.
>[!warning] Birinchi manba nima uchun muhim?
>O'qing: [[Birinchi manba nima uchun muhim]]
## Yechim: Birinchi va oxirgi manba
Birinhi manba bu – biz yozgan maqolalar asl shaklda saqlanadigan joy. Kim uchundir bu oddiy daftar yoki bloknot bo‘lsa, kim uchundir Notion yoki Obsidian dasturlari hisoblanadi.
Bir paytning o‘zida ham maqola yozadigan, ham uni bevosita sayt sifatida chop qiladigan yagona universal platforma hozir juda kam. Ammo mavjudlari ichida ikki taniqli va kuchli variant shubhasiz:
**Notion** va **Obsidian**.
### Notion va Obsidian farqlari, kimlar uchun?
![[Pasted image 20250323020007.png]]
#### Notion:
Notion — eng mashhur, universal vosita. No-code sayt yaratish uchun deyarli mukammal imkoniyatga ega. Maqolalarni bir vaqtning o‘zida yozish, real-vaqtda avtomatik saqlash, va bitta tugma bilan e'lon qilish imkoniyatini beradi.
##### Notion kimlar uchun mos keladi?
> Agar siz tartibsevar, sokinlik tarafdori bo'lsangiz - Notion sizga mos keladi.
##### Kompaniya yoki jamoa sifatida
- Kompaniya va jamoaviy ishlovchilar uchun;
- Loyihalar va sahifalarni birgalikda (umumiy) boshqarish;
- Maqolani mukammal dizaynda nashr etishni istaganlar;
- Ma'lumotlar bazasini taqdim qilish imkoniyati.
>[!warning] Notion kamchiligi:
>- Internetga doimiy bog‘liqlik. Zaruriy payt darrov g'oyani kerakli joyga yozib qo'yish imkonsiz. Internet yaxshi ishlamagan payt, qidirilgan sahifa aylanib turaveradi.
>- Sahifalarni bir-biriga bog'lashlikdagi qiyinchiliklar.
#### Obsidian:
> Agar siz fikrlarni tezkor yozish va oson boshqarish tarafdori bo'lsangiz - Obsidian sizga mos keladi.
**Obsidian** – "ikkinchi miya" (second brain) sifatida tanilgan, bilimlarni saqlash, qayta ishlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan kuchli platforma. Markdown tilida ishlaydi va fayllarni faqat shaxsiy qurilmalarda saqlaydi.
##### Obsidian kimlar uchun mos keladi?
- Individual foydalanuvchilar, mustaqil yozuvchilar.
- O‘z bilimlarini chuqur va murakkab tarzda boshqarish kerak bo‘lgan mutaxassislar.
- Maqolalarini murakkab va chuqur aloqadorliklar orqali bog‘laydiganlar.
- Maqolalarini shaxsiy va xavfsiz (offline va online) tarzda saqlashni xohlaganlar.
- G'oyalarni tezkor matnga tushirishni xohlaganlar uchun
> [!warning] Obsidianning kamchiligi:
> - Boshlang‘ich foydalanuvchi uchun Notionga qaraganda ancha murakkab.
> - Sahifalarni hamkor muharrirlar bilan share qilib bo'lmasligi. Birgalikda tahrirning yo'qligi.
> - Cheklangan dizayn: Notion kabi istagacha sahifalarni joylashtirish, umuman olganda dizayn (joylashtirish va ko'rsatish) bo'yicha mutlaq cheklangan.
## Nima uchun Obsidian’ni tanladim?
Men Obsidian'ni tanladim, chunki:
- Qidiruv tizimini tizimini mukammal ishlashi: Foydalanuvchilar nafaqat sarlavha balki oddiy so'zlar orqali o'zlariga kerakli sahifani oson topishadi.
- Teglar bilan mukammal uyg'unlik: Tegni ustiga bosganda unga ta'lluqli barcha sahifalarni osonlikcha jamlab beradi.
- Murakkab bilim tizimlarini boshqarishda juda samarali.
- Markdown formatidagi matnlar bilan ishlashim juda qulay.
- Bilimlarimni o‘zaro bog‘lab, chuqur aloqadorliklar yaratish uchun.
Men uchun fikrlarimni tarqoq yozib, so'ngra ularni jamlab yozish hamda bilimlarni sayqallash, ularni boshqalarga yetkazish — shaxsiy va professional rivojlanish jarayoniga aylanib ulgurdi. Shuning uchun menga "ikkinchi miya" formatida ishlaydigan Obsidian juda mos keldi.
>[!tip] Yodda tuting!
>Meni tanlovim ideal degani emas. Obsidian umuman olganda Notion degani emas.
>Agar sizga – Oddiy, sodda, jamoaviy ishlash, no-code integratsiyalar, va soddalashtirilgan interfeys va mukammal nazorat kerak bo'lsa, Notion siz uchun idealdir.
## Xulosa
Sayt va blog yuritish uchun no-code platformalar bugun juda ko‘p, ammo haqiqiy qulaylik — maqolani birinchi manba bilan birgalikda boshqarishda. Notion va Obsidian aynan shunday imkoniyatlarni beradigan, ammo turli ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan ikki mukammal platformadir.
*Tanlash sizdan!*
---
**L I N K L A R**
- [[Birinchi manba nima uchun muhim]]
- [[Ma'lumotlarni saqlashdagi xatoyim]]
- [[Notion]]
- [[Pages/Obsidian]]
---
##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling:
- Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR)
- Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi)
- Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)