#klassik_xatolar / #samaradorlik
> Bugungi marketing sizga kerak bo‘lmagan narsalarni ham kerakli qilib ko‘rsatadigan darajaga yetdi.
Odamlar ko‘pincha o‘z ehtiyojlaridan emas, ommaviy oqim, manipulyatsiya va illuziyalar sababli xarid qiladi. "Barchada bor, men ham olay", "Trendda ekan-ku", "Menda ham shu bo‘lishi kerak" degan fikrlar xarid qarorlarimizni boshqarmoqda.
Aslida, mahsulot tanlashda asosiy omil – budjetingiz yoki trend emas, balki real ehtiyojingiz bo‘lishi kerak. Agar siz haqiqatan nimaga ehtiyojingiz borligini aniqlamasangiz, pulingiz qancha ko‘p bo‘lmasin, oxir-oqibat keraksiz narsalar bilan to‘lgan uy va maqsadsiz xarajatlar qoladi.
# Xaridlaringizni budjet emas, ehtiyoj boshqarsin!
Koʻpchilik mahsulot tanlashda ehtiyojimizni emas, balki mavjud budjetni oʻylaymiz. Natijada, xaridlarimizni haqiqiy ehtiyojlar emas, bizga marketing tomonidan singdirilgan manipulyatsiyalar, illyuziyalar yoki o'rnatilgan narx omili boshqaradi.
> [!example] Masalan:
> Pulim falon narsaga yetarkan, yana ozroq qo'shsam undan ham yaxshirog'iga yetarkan!
> → Bu yerda ehtiyoj qolib budjetga qarab mahsulot tanlandi.
##### Shuning uchun, xarid qilishdan oldin har doim o‘zingizdan so‘rang:
- Bu narsa menga haqiqatan kerakmi yoki shunchaki illyuziya ta'sirimi?
- Men buni olmasam hayotimda nima o‘zgaradi?
- Haqiqiy ehtiyojim nimadan iborat, menga nima kifoya qiladi?
> [!warning] Yodda tuting!
> Xaridlaringizni **ehtiyojlar** boshqarsin, illyuziya va marketing manipulyatsiyalari emas.
# Real tajribamdan misol
1. Bir paytlar Planshet kerak bo'lgan paytda 1,200$ ga iPad olishni o'rniga Xiaomi Pad 6 ehtiyojlarimga yetishimni anglab 1,000$ tejab qoldim. Hozirgacha barcha ehtiyojlarimni keragidan ortiq yetyapti.
---
*Nima uchun ehtiyoj bo'lmasa ham hashamatli uy yoki qimmat avtomobil yoki eng kamida ishlatilmaydigan funksiyalarga ega Flagman Smartfonlar sotib olishi haqida o'ylab ko'rganmisiz?*
Sizda ham real tajribalar bo'lsa marhamat chat'da o'rtoqlashing: [Comment Telegram Chat](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR)
---
L I N K L A R
- [[Samaradorlik]]
---
##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling:
- Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR)
- Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi)
- Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)