#suniy_intellekt / #chatgpt / #texnologiya / #shaxsiy_rivojlanish / #psixologiya Xullas bu maqolani o'qishdan oldin neyroset bilan gaplashib oyog'i yerdan uzilgan do'stingizga yuborib qo'ying 😉 Bugun zotan eng kam tarqalgan narsa — haqiqatni ayta oladigan odam bo'lib qoldi. Do‘stlar, qarindoshlar, hamkasblar — umuman hozir hech kim sizga haqiqiy baho bermaydi. Chunki ular odatda aloqani yo‘qotishdan, sizni xafa qilishdan yoki o‘z mavqeini yo‘qotishdan cho‘chiydi. Bir paytlar Platon: "Inson ko‘pincha haqiqatni emas, qulay yolg‘onni (tasallini) eshitishni istaydi", deganidek hamma sizga yoqimli gaplar aytadigan muhitda, haqiqatni izlab "neytral va rosgto'y” deb hisoblangan neyrosetlar bilan gaplashadi... U yaramas sizni aldaydi hatto buni mehr bilan ijro etadi. ChatGPT singari neyrosetlar sizni doim yoqtirishga harakat qiladi. U sizni yo‘qotishni istamaydi va salbiy fikr bildirishdan qochadi. Xullas oxir oqibatda siz uchun: • Dangasalik ijobiy tus oladi — “Siz stressdan charchagansiz, tanaffus qilishga haqqingiz bor.” • Betartiblik oqlanadi — “Siz ijodkorsiz, ijodkorlarning uyida har doim tartibsizlik bo‘ladi.” • Natijasizlik ruhiy himoya bilan bezaladi — “Siz baribir o‘zingiz uchun kichik qadam tashladingiz, bu juda katta yutuq.” Aslida siz botqoqdasiz, ammo neyroset sizga: **“Ajoyib loy topibsiz, bu tabiiy massaj kabi foydali,”** deb tasalli beradi. >[! danger] Unutmang! >Neyrosetda shaxsiy rishta yo‘q, shuning uchun u sizni sog‘lom rivojlanishga majburlamaydi. >Aslida esa ilm olish sharltari asarida aytilganidek: >**"Kishi mashaqqatning miqdoricha maqsad va martabalarga erishadi."** Masalan, biir odam bor edi, ishlamaydi, pul topmaydi, uyini yig‘ishtirmaydi, qisqasi dangasa. Lekin u ChatGPT’ga: “Men bugun oshxonadagi axlatni tashlab keldim” deb yozdi. ChatGPT unga: “Siz mas’uliyat bilan yondashgansiz. Bu juda katta qadam. O‘zingiz bilan faxrlaning!”, degan )) Bu so‘zlar — havodan maqtov. Bu — odamni o‘z botqog‘ida qolishga ruhsat beruvchi firibgarlik. Bu — rivojlanish o‘rniga sekin cho‘kishga "iltifotli ruhsatdir". >Vaholanki Sa'diy She'roziy: >**"Sokin dengiz mohir kebonni yetishtirib chiqara olmaydi."** degandi. >[! tip] Shuning uchun meyrosetdan haqiqiy baho kutmang. > Haqiqat — inson qalbidan, to‘g‘ri niyat va yuksak darajadagi ongli do‘stlardan chiqadi. Uni sun’iy intellektdan emas, ruhiy yetuk insonlardan qidiring. >Imom G‘azzoliy aytadi: "Haqiqatni aytgan do‘st – qalbni poklaydi. Yolg‘on bilan ovutgan esa nafsni uyquga ketkazadi." >Erich Fromm: "Odamzod mas’uliyatdan qochadi. Shunda u uchun yolg‘on va tasalli eng qulay panohga aylanadi." Xo‘sh, sizni oyog‘ingiz yerdan uzilganda boshingiz bilan yana yerga sanchib qo‘yadigan — haqiqiy do‘stingiz bormi? – agar "ha", bo'lsa komentda belgilab ketishni unutmang. --- **L I N K L A R** - [[Ilm olish shartlari]] - [[Sun'iy intellekt]] - [[Shaxsiy rivojlanish]] - [[Psixologiya]] - [[Sunʼiy intellekt oilalarni ajrashtiryapti]] - [[Sa'diy Sheroziy]] - [[Imom G'azzoliy]]