#jamiyat / #oila / #oiladagi_muammolar
## Mavjud muammo
> YouTube video komentlariyalarining yarmidan ko'pi erkaklar lekin komentni yozgan 90% inson ayollar bo'lib chiqadi. Oydek ravshanki o'zbek oilasida YouTube akkauntidan 2 kishi foydalanadi.
Xullas, oilada erkak va ayolning bitta YouTube akkauntini ishlatish masalasi – har kuni ko‘zga tashlanadigan, ammo chuqur ildiz otgan ijtimoiy muammo bo'lib ulgurdi. Har bir insonning o‘ziga xos didi, qiziqishlari va ehtiyojlari mavjud. Shu sababli, bitta akkauntni umumiy qo‘llanish nafaqat shaxsiy istiqbollarni inobatga olmaslik, balki vaqtni behuda sarflash, samarasizlik va intellektual essentsializm yo‘lidan chekinish kabi oqibatlarga olib kelishi aniq.
Bu muammo shunchaki texnik yoki vaqtni behuda sarflash bilan cheklanmaydi. Bu insonning o‘z shaxsiy didi, ustuvorliklari (u uchun muhim narsalar) va kelajakga oid qarashlari bilan bevosita bog‘liq masala. Har bir insonni kontent oqimini boshqarish imkoniyati individuallikka tayangan bo‘lishi lozim. ==Shaxsiy akkaunt har bir insonning o‘ziga xosligini hurmat qilish va samarali rivojlanish sari intilishi uchun zarur vositadir.==
> Umuman olganda erkak kishi ayolini orqasidan xato qidirib yuradigan qo'riqchi ham emas, tirnoq ichidan kir qidiradigan bekorchi ham emas.
## Tajribamdan misollar
Bir shogirdim bilan shu masalada suhbatlashib qoldik, "siz qanday qilib nazorat qilasiz, men masalan har kuni kechasi ishdan kelib telefonini tekshiraman" deb savol berdi. Xullas men telefonini parolini ham bilmayman, tekshirmayman ham boshida menga yoqmaydigan masalalarni kelishib olganman, ijtimoiy tarmoqlarni ham ta'qiqlamaganman" desam, unda qanday qilib nazorat qilinadi? dedi. Men: "Toqating yetgancha hurmat qil, boshqalardan ko'proq yaxshi ko'r" shuni o'zi ko'rinmas ip bilan senga bog'lab qo'yadi, tekshirishga hojat qoldirmaydi, dedim.
— Juda murakkab tizim ekan, dedi. "Ehtimol lekin eng mukammali shu" dedim.
Shogirdim: "U holda ayol kishi erini qanday nazorat qiladi" dedi? Ko'chadagi barcha (mavjud) alternativalardan yaxshiroq bo'lishga harakat qiladi, bu narsa uni balanslab turishga kifoya qiladi va erkakni maqsadlari bilan bir havodan nafas oladi, unga yetishish uchun [[BigData/Atamalar/Katalizator|katalizator]] vazifasini o'taydi", dedim.
**Odamni odam o'rnida ko'rish, shaxsni shaxs o'rnida ko'rish bo'yicha qo'shimcha:**
- Oilada hatto 1,5 yashar farzandimga ham alohida YouTube va Kinopois'dan o'zini ismiga detskiy rejim ochilgan.
## Sabab va oqibat
Bundan tashqari, bunday umumiy akkauntni ishlatish ayolning shaxsiy identiteti va subyektlik hissiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agar ayol o'zining shaxsiy didi va qarashlariga asoslangan kontent oqimini yo'qotib ketsa, bu uning o'zini shakllantirish jarayoniga jiddiy ziyon yetkazadi. Natijada, u o'z shaxsini butkul yo'qotish xavfiga duchor bo'lib, kelajakda o'z tarbiyasini o'tkazadigan farzandlarda ham subyektlik xususiyatlarining yetarlicha shakllanmasligiga olib keladi.
Afsuski, bugungi jamiyatda ayolni shaxs (odam) o'rnida ko'rmaydigan hatto ayolini telegramiga ko'rpa to'shak qilib olgan "erkak"lar yo'q emas ekan.
Agar hamma o'zini vazifasini qilmasa bu yurt rivojlanmaydi, erkak ayolini telegramiga ko'rpa to'shak qilib olsa, ayol erini akkauntini ishlatib oxir-oqibat o'zini kimligini ham unutib qo'ysa, farzandlarini subyekt sifatida emas, o'ziga o'xshagan beqaror qul qilib tarbiyalasa. Oqibatda 1 ta deputatni ham eplab saylolmaydigan bemaza (lanj) bolalar ko'payib ketadi.
## Islomdan obyektiv dalil
Millatimiz faxri hazratimiz fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Baxtiyor oila" kitoblarida hatto ==erkak kishi uyga kirgan payt eshik taqillatib kirishi== lozimligi haqida qat'iy bitiklar yozilgan. Bu masala uy ahlining shaxsiy hayotini hurmat qilish va kutilmagan vaziyatlardan saqlanish nuqtai nazaridan alohida urg‘u berilgan.
*Masalan, Telegramiga o'tirvogan erkak, ayollarga xos bo'lgan masalarni o'qib o'tiradimi?*
## Erkaklarga nasihat
> **Otamni bir erkakcha gaplari bor:** =="Ishonmasang yashama"== degan.
Nasihat qo'pol boshlangan bo'lishi mumkin, lekin muntazam shubhalanish baxtiyor oila tabiatiga zid. Hech o'ylab ko'rganmisan, orqasidan qoravullik qilib yuriladigan bemaza ayol bilan yashab nima naf, erkak?
Qur'oni Karimda ham:
> **"So‘ngra (uni) yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo'yib yuborish – sizga ruxsat etilgan (amal)",** deyilgan. *(Baqara surasi, 229-oyat)*
O'zing ishona oladigan va senga sadoqatli bo'lgan ayol bilan yasha. Hayotingni tartibga sol, shubhalanma, xavf paydo bo'lganda yordamga kel, xavf paydo bo'lish omillarini vujudga keltirma, ayolingga yaxshi munosabatda bo'l, uni boshqalardan ko'ra ko'proq sevuvchi bo'l, shunda orqasidan qoravullik qilib yurishingga hojat qolmaydi.
> Hamma oldinga qarab harakat qilayotgan paytda, ishonch ustiga qurilmagan oila faqatgina orqaga qarab ketadi.
## Nima qilish kerak qoravullik qilmasdan?
- Kechirilmaydigan xatolar yuzasidan boshida kelishuv o'rnatib olish kerak. Masalan "Falon-falon narsalar meni hafa qiladi, sendan shu ishlarni qilmasligingni iltimos qilaman, bu munosabatimizni sof va ishonch ustida saqlash uchun muhim" deb tushuntirish.
- Erkak kishi oldinga qarab harakatlanish kerak, fokusni mayda chuyda maishiy masalalardan olib qochib, buyukroq maqsadlarga yo'naltirish kerak.
- Ayol o'zi subyekt (shaxs) sifatida shakllanishda davom etaveradi, farzandlar tarbiyasiga bu uzviy (ijobiy) ta'sir ko'rsatadi. Faqat (erkak kishi) rivojlanish uchun yetarli shart shoroit yaratib berish kerak. Kerakli kutubxona, video-kurslar yoki to'garak vahokazo.
#### Kelishuv o'rnatish nima degani?
Kechirilmaydigan xatolar bor, ularni qo'pol xatolar deyiladi. Lekin kechirilishi mumkin bo'lgan xatolar bor, ular bo'yicha kelishib o'tirish shart emas, chunki standart odob-axloq masalalari va jamiyatda o'rnatilgan normativlar bilan mintalitet o'rab tashlangan bo'ladi.
## Xulosa
Xulosani komentga yoza qoling, fikrlashamiz.
---
**L I N K L A R**
- [[Oiladagi muammolar]]
- [[Oila]]
- [[Jamiyatimizdagi muammolar]]