#suniy_intellekt / #oila / #jamiyat / #texnologiya ### ChatGPT'ga oʻxshash neyrosetlarning "muntazam maʼqullash tamoyili" sababidan oilalar urishib, ajrimgacha yetib boryapti ![[Pasted image 20250721154646.png]] >Gap shundaki ayol eri haqida yozganda neyroset erini yomonlab ayolni toʻgʻri yoʻlda ekanini aytadi. Erkak yozsa ham xuddi shunday ayolni xatolarini boʻrttirib erkak toʻgʻri yoʻldaligini aytadi. Ilmiy tilda aytganda, ChatGPT kabi til modellari, ko‘pincha kontekstga bog‘liq tarzda foydalanuvchini ma’qullashga moyil bo‘ladi. Bu holat "confirmation bias" (tasdiqlovchi og‘ish) bilan yaqin aloqada bo‘lib, hikoya faqat bir tomonlama taqdim etilganda, neyroset unga qarshi turish o‘rniga uni "yumshoq" tarzda ma’qullab, pushaymonlik hissini kamaytiruvchi javoblar beradi. Masalan erkak alkash boʻlsa ham, neyroset ayolni yetarli mehr bermagani uchun "siz ogʻir kunlarda yashayapsiz" deydi, ayol boʻlsa bu davrda doʻzaxda yashayotgan boʻladi. Ya'ni, agar ayol “erim hissiy sovuq, meni qadrlamaydi” deb yozsa, ChatGPT unga “siz sevgi va hurmatga loyiqsiz, demak siz yetarlicha qadrlanmayapsiz ekan” deydi. Umuman olganda neyrosetlar iloji boricha suhbatni "yoqimli" qilish uchun yaratilgan. Bu holat "Alignment" yoki "Har doim foydalanuvchining foydasiga xizmat qilish" deb ataladigan tamoyil desak ham bo'ladi. >[! example] Forumlarni birida aytadi: >"Men ChatGPT’dan erim bilan ajrashish masalasida maslahat so‘radim, u menga: 'O‘zingizni qadrlang, siz bu azoblarga loyiq emassiz' dedi. Keyinchalik o'ylasam, u shunchaki men yozgan og‘riqni tasdiqlagan, lekin erimning nuqtai nazari haqida hech nima bilmasdi." Xullas masalani tubu yoʻq chigal, shuning uchun oila va insoniy munosabatlarga oid murakkab savollarda neyrosetdan “haqiqat” emas, faqatgina “tasalli” kutish mumkin. P.S Ha aytgancha, oldinlari er-xotinni oʻrtasiga sovuqchilik solishni neyroset emas er va xotinning qarindoshlari bajarar edi : ) --- **L I N K L A R** - [[Oila]] - [[Jamiyat]] - [[Sun'iy intellekt]] - [[ChatGPT]]