#kitoblar / #samaradorlik / #shaxsiy_rivojlanish / #talim ### 1. Muttasil o'qish (tolibi ilm darajasi) > *Uzluksiz va to'xtovsiz o'qish. Kitobni bir yoki bir necha uzoq vaqt davomida o'qib tugatish.* - **Fokus**: Bir o'qish vaqtida o'qish uchun o'rtacha 5-10 soat ajratiladi - **Natija**: 100 sahifalik kitobni 1 kunda yoki bir o'qish vaqtida tugatish mumkin. ### 2. Intensiv o'qish (ilmga qiziquvchi darajasi) > *Qisqa muddat ichida katta kuch va e'tibor bilan o'qish. Bir necha kun ichida ko'p sahifa o'qish.* - **Fokus**: 3-5 kunda kitobni tugatish uchun kuniga 20-33 sahifa o'qish. - **Misol**: Har kuni 2-3 soat o'qish - **Natija**: 3-5 kunda 100 sahifalik kitobni tugatish. ### 3. Izchil o'qish (o'rta daraja) > Muntazam va rejali tarzda o'qish. Har kuni yoki haftada belgilangan vaqt ajratiladi. - **Fokus**: 10-15 kunda kitobni tugatish uchun kuniga 6-10 sahifa o'qish. - **Misol**: Har kuni 30-60 daqiqa o'qish - **Natija:** 1 oyda 100 sahifalik kitobni tugatish. ### 4. Qismli o'qish (havaskor darajasi) > Kitobni qismlarga bo'lib, vaqti-vaqti bilan o'qish. Har safar bir necha sahifa yoki bo'lim o'qiladi. - **Fokus**: 1 haftada 15-20 sahifa o'qish orqali 1-2 oyda kitobni tugatish. - **Natija**: 1-2 oyda 100 sahifalik kitobni tugatish. ### 5. Dangasalik bilan o'qish (hech qachon darajasi) > Erkin va betartib tarzda, faqat xohish paydo bo'lganda o'qish. Kitobni o'qish uchun belgilangan jadval yo'q. - **Noaniq muddat**: Kitobni tugatish vaqti noaniq, chunki o'qish vaqtlari tartibsiz va o'zgaruvchan. - **Natija**: Kitobni yarim yilda yoki hatto yillarga cho'zilib ketishi mumkin. ### Qisqcha natijalar: - **Muttasil o'qish**: 1 kunda yoki bir necha kunda. - **Intensiv o'qish**: 3-5 kunda. - **Izchil o'qish**: 10-15 kunda (yoki 1 oy ichida). - **Qismli o'qish**: 1-2 oyda. - **Dangasalik bilan o'qish**: Xohish paydo bo'lganda noaniq muddatda, yoki hech qachon. --- _Manbalar asosida Rahim Azim tayyorladi_. _(09 iyun 2024 yil)_ --- [[Kitob o'qish tartibi]] ← Oldingi post | Keyingi post → [[Kitob o'qishning 7 oltin tartibi]] --- **L I N K L A R** - [[Intensiv]] - [[Izchil]] - [[Ilmni tartib bilan olish]] - [[Men tavsiya qilgan kitoblar]] - [[Proaktiv bo'lish nima]]