#kitoblar / #maqola / #samaradorlik / #shaxsiy_rivojlanish
![[Pasted image 20250329213737.png]]
*Kitob o'qishdan oldin uni qanday o'qish tartibini bilib olish muhimdir.*
> Kitob o'qish orqali maksimal foydaga erishish uchun quyidagi 7 tartiblarga amal qilish tavsiya etiladi.
### 1. Niyat qanday qo'yiladi?
Bir inson kitobni bir oyda o'qisa, uni siz ham bir oyda o'qib tugatishingiz kerakligini anglatmaydi. Falon kitobni bir oyda o'qib tugataman deb niyat qilsangiz. Maqsadingizga erishishingiz mumkin, lekin undan ortig'iga emas.
**To'g'ri niyat qanday bo'ladi?**
❌ Shu kitobni 1 oyda o'qib tugataman deyish o'rniga,
✅ "shu kitobdan maksimal foyda olaman", deyish.
❌ Kuniga 10 bet bo'lsa ham o'qiyman deyish o'rniga,
✅"bir mavzuni to tushunib olmaguncha o'qiyman" deyish.
### 2. Tasavvur qilish
Chunki ko'rish va tasavvur qilish ma'lumotni xotirada saqlashning asosiy omillaridan biridir.
### 3. Yozib borish
Qisqa xulosalarni yozib yoki kitobga belgilab borish
### 4. So'zlab berish yoki o'rgatish
Yozib bo'lgandan keyin, uni biror insonga gapirib berish
Bu orqali o'rganganlaringizni xotirangizda mustahkamlaysiz. Agar gapirib berishga sherigingiz bo'lmasa, ovozingizni audio qilib yozib qo'ysangiz ham bo'ladi.
### 5. Savol so'rash
Tushunmagan joylaringizni savol berish orqali ilmli insonlardan bilib olish
Kitobda ko'zda tutilgan barcha narsani 100% tushunmasligimiz o'ta tabiiy hol. Shu payt savollarni aniq qilib ilmli insonlardan uni so'rab olishimiz kerak. Chunki mavhum qolib ketgan joy to'ldirilmasa, avval olgan ilmingizni keyingisiga ulolmaysiz. Ulanmagan zanjirlar esa miyada jamlanmaydi.
Alloh subhanahu va ta'ala Nahl surasining 43-oyatida ham buni ta'kidlagan:
فَسۡـــَٔلُوۡۤا اَهۡلَ الذِّكۡرِ اِنۡ كُنۡتُمۡ لَا تَعۡلَمُوۡنَۙ
"Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr ahllaridan so'ranglar"
>[!warning] Biling!
>Ilmni faqat ikki kishi ololmasligi haqida ham kitoblarimizda ko'p aytib o'tiladi. Bular so'rashga uyalgan va kibr qilganlardir.
### 6. Muhokama qilish
Har bir inson kitob o'qiganda o'z dunyo qarashi, ilmi, sohasi, muhitiga qarab uni tushunadi. Muhokama qilish esa bir narsani turli rakursdan ko'rishingizga yordam beradi. Bundan tashqari siz muhokama orqali olgan bilimlaringizni yana bir bor takrorlab, xotirangizda mustahkamroq joylashishiga hissa qo'shasiz.
### 7. Hamd aytish
Chunki shukr qilganlarga ziyoda qilish Allohning va'dasi.
Alloh yaratgan odam, Alloh yaratgan dunyoda, Alloh bergan ilmni, Alloh bergan pulga kitobni olib, uni Alloh bergan aql, ko'z bilan o'qib nega endi shukr qilmasin. Yoki ilmni o'z kuchim bilan oldim deb hisoblaydimi?
Imom A'zam rahmatullohi alayh'dan, bu darajaga qanday erishdingiz deb so'ralganda: **"Har bir ilm olganimda Allohga hamd aytdim, U Zot ilmimni ziyoda qildi"** deganlar.
## Kitob tanlash bobi
**Voqe'likdan kelib chiqib kitob tanlash**
Hozir hayotimizda nima qiyinchilikka duch kelgan bo'lsak shu haqida kitob o'qish muhim.
Talabami? Ilm olish sirlari haqida kitob o'qisin.
Onami? Farzandning jismosniy va ruhiy salomatligi haqida kitob o'qisin.
Savdodami? Savdoning fiqhini o'rgansin.
Biror kasb egasi, kasbiga oid kitoblarni o'qisin.
Chunki ilm muammodan kamroq zarar bilan chiqishingiz va tushunlikka tushib qolmasligingizning asosiy omilidir.
**Agar yaxshi murabbiyingiz bo'lsa, U tavsiya qilgan kitobni o'qing**
Chunki u sizning ehtiyojingiz nimada ekanligidan kelib chiqib sizga mos kitob tavsiya qiladi. Shunda ilmga tezroq yetasiz.
---
*Rahim Azim "Kitob o'qish tartiblari" darsiga asosan* **Dinora Choriyeva talhisi**

---
**L I N K L A R**
- [[Samaradorlik]]
- [[Shaxsiy rivojlanish]]
---
##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling:
- Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR)
- Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi)
- Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)