#kompaniya / #biznes / #korporatsiya / #korporativ_madaniyat Haydovchi ko‘pincha maqsadga yetish uchun tinimsiz harakatlanishga odatlanadi. Ammo ba’zida yo‘ldagi odamlarning qo‘l ko‘tarib ogohlantirayotgan ishorasiga e’tibor berib, to‘xtashga vaqt topishi kerak. Aks holda, ulovi benzin oqayotganini yoki jiddiy muammo borligini sezmay ketaveradi. Xuddi shunday, biznesda ham tadbirkor hamma narsani soniyasiga rejalashtirib, tinimsiz yuguradi. Natijada kamchiliklarni payqashga, atrofdagilarning ogohlantirishlarini tinglashga vaqt ajratilmagan bo‘ladi. Kasallik yashirincha kuchayib, davolash kechikadi va xato qimmatga tushadi. Ba’zida to‘xtab, nafas rostlab, o‘pkani bosib olish – aslida harakatning to‘g‘riligini tekshirishga imkon beradi. --- **L I N K L A R** - [[PDCA]] - [[Statik bilimni Dinamik tushunish]] - [[KAIZEN. Yapon metodi]] - [[Lider]] - [[Biznes]] - [[Tadbirkor]] - [[5 nima sababdan tahlili]]