#produktiv_dasturlar ![[Pasted image 20250409003043.png]] > Google Photos – bu [[Google]] kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, fotosuratlar va videolarni saqlash, boshqarish va ulashish uchun mo‘ljallangan onlayn xotira xizmatidir. Rasmiy sayti: https://www.google.com/photos/about/ ## Hayotiy tajribamdan - 2007 yildan bugungi kungacha barcha suratlarni yo'qotmagan holatda aynan Google Photos ilovasida saqlab kelaman. - Chunki bu ilovada 15Gb xotira bepul taqdim etiladi. - 15Gb'dan so'ng har 100Gb uchun 1$ dan to'lanadi. - [Google One](https://one.google.com/about/) xizmati orqali oilaviy ishlatamiz, to'lov 1 kishi qiladi, barcha foydalanadi. ## Moslashuvchanligi 1. **[[Cross-Platform Compatibility]]**: Operatsion tizimlar yoki qurilma platformalarida to'g'ri va bir xil ishlash qobiliyatini mavjudligi. 2. **Mobil qurilmalardan:** iOS (iPhone va iPad) va Android telefonlar va planshetlar uchun ilovalar mavjud. 3. **Shaxsiy kompyuterlar:** Har qanday zamonaviy veb-brauzer yordamida (Windows, macOS, Linux operatsion tizimlari) foydalanish mumkin. ## Afzalliklari 1. **Ulashish va hamkorlik:** Fotosuratlar va albomlarni do‘stlar, oila a’zolari bilan oson ulashish imkoniyati mavjud, bu esa xotiralarni birgalikda baham ko‘rishga yo‘l ochadi. 2. **Kelajakga tayyor innovatsiyalar:** Google Photos muntazam ravishda yangi funksiyalar va yaxshilanishlar bilan yangilanib turadi, bu esa raqamli xotiralarni yanada interaktiv va aqlli qilishga qaratilgan. 3. **Avtomatik zaxiralash (sync):** Mobil qurilmalardan yoki kompyuterlardan yuklangan fotosurat va videolar avtomatik ravishda bulutga saqlanadi, shunda barcha qurilmadan har doim osongina ko'rish mumkin. 4. [Google One](https://one.google.com/about/) xizmati: Barcha uchun alohida to'lov qilish shart emas, 1 kishi atigi 3$ to'lov qilib, 6 ta oila a'zosiga kerakli albomlarga ruxsat (dostup) berish orqali bitta xotira (joydan) foydalanish imkoni mavjud. --- **L I N K L A R** - [[Ma'lumotlarni saqlashdagi xatoyim]] - [[Produktiv dasturlar]]