#obsidian / #zettelkasten / #second_brain
![[Pasted image 20250324014040.png]]
## Obsidian | o'zbek tilida video darslik
- [[Obsidian o'zbek tilida (to'liq dars)]]
## Dastur haqida
> Obsidian – shaxsiy bilimlarni tartibli shaklda saqlash, yozuvlarni o‘zaro bog‘lash orqali maʼlumotlarni chuqur o‘rganish imkonini beruvchi innovatsion, markdown asosidagi samaradorlik dasturi.
## Bu dastur kimlar uchun?
- Axborot bo'ronida kerakli bilimni yoki shaxsiy yoki umuman matnli ma'lumotlarni tez va oson saqlashni istaganlar uchun;
- Bu dastur xotirasiga suyanib unutish oqibatida ko'p pand yegandan so'ng, yozib yurishga odatlangan inson uchun;
- Nimani bilishini bilmaydiganlar uchun;
- Ko'p narsani biladi lekin miyasi maishiy muammolar bilan bandligi uchun eng zaruriy narsalarni tartiblab olmagan inson uchun;
## Obsidian nima uchun kerak?
- Ma'lumotlarni jamlash mobaynida yangi g'oya ishlab chiqarish uchun
- Maqola va kitoblar, iqtibos va hikmatli so'zlar uchun
- Ma'lumotlarni qayta ishlash va ishlab chiqarish uchun kerak
- Bu go'yoki betartib javonni avtomat ulab beradigan dastur
- Bir so'z bilan aytganda to'plangan bilimlar asosida yangi g'oyalar kashf qilish uchun kerak
## Dasturda bajarilishi mumkin ishlar
- Kundalik, haftalik, oylik, yillik rejalashtirish
- Loyihalarni va vazifalarni boshqarish
- Fikrlarni tartiblash va qayta ko‘rib chiqish
- Bilimlarni to‘plash va qayta ishlash
- Fikrlarni vizual xarita shaklida tashkil qilish
## Bu dastur qaysi soha vakillari uchun mos keladi?
- **Talabalar:** Kurs ishlari, diplom ishlari, darslar bo‘yicha qaydlar uchun.
- **Tadqiqotchilar:** Ilmiy izlanishlar, adabiyotlar va manbalarni boshqarish uchun.
- **Blogerlar:** Kontent-reja tuzish va g‘oyalarni tartiblash uchun.
- **Biznes egalari va menejerlar:** Loyihalar boshqaruvi va vazifalar taqsimoti uchun.
- **Ijodkorlar va yozuvchilar:** Hikoyalar, kitoblar va loyihalar uchun yozuvlar yuritish.
## Obsididan qanday muammolarini hal qiladi?
| Muammo | Yechim |
| ------------------------------------------------------ | --------------------------------------------------------------------------------------------------------- |
| Maʼlumotlarni tartibsizligi va unutish muammosi | Maʼlumotlarni bog‘langan qaydlar va "Second Brain" tizimida tartiblash orqali unutishdan qutulish mumkin. |
| Loyihalarni nazorat qilish qiyinligi | Loyihalarga hashtag belgilash va bog'lash orqali samarali nazorat qilish va kuzatish mumkin. |
| Ma'lumot qayerdaligi aniq, lekin unga yetish qiyinligi | Ma'lumotga yetib borish eng tez bo'lgan dastur |
## Qanday vazifalarda foydalaniladi?
- **Ilmiy tadqiqotlar va yozuvlarni boshqarish:** Tadqiqot va manbalarni bir joyda yig‘ib, o‘zaro bog‘lash va kerakli ma’lumotni tezda topish va yangisini ishlab chiqish;
- **Shaxsiy bilim bazasi yaratish:** O‘qilgan kitob va maqolalarni tartibga solib, qayta ko‘rib chiqish uchun qulay sharoit yaratish.
- **Xotira va diqqatni jamlash:** Muhim vazifalarni filtrlar orqali "oydinlashtirish" ko‘z oldida ushlab, diqqatni jamlash imkonini beradi.
## Cross-Platform Compatibility
> [!tip] Ko'p platformali muvofiqlik
> - Windows
> - Android
> - iOS
> - MacOS
- Rasmiy veb-sayti: [obsidian.md](https://obsidian.md/)
- Dastur muhokama guruhi: [Produktiv dasturlar guruhi](https://t.me/notionuzb)
---
**L I N K L A R**
- [[Produktiv dasturlar]]
- [[Second Brain]]
- [[Second Brain yuritish tartibi]]