#hayotimdan_qissalar # Allergiya dardmi yo BAXT? Bilim hayotda o‘z tajribasini topmaguncha nazariya yoki universitetlarda nomiga o‘tiladigan darsga o‘xshab tuyiladi ekan. Lekin o‘sha bilim bilan inson real hayotda to‘qnashgach, go‘yoki bilimga jon kirganga o‘xshaydi. 10 yil oldin Abu Rayhon Beruniy'ni hikmatli so'zlarini o'qigandim, afsuski faqat bugun shu haqida fikr yurityapman. **Ne‘matning qadri, u yo‘qolgandagina bilinadi.** *(Abu Rayhon Beruniy)* Yaqinda allergiyaga chalinganimdan so‘ng bu so‘zlarning haqiqiy ma’nosini his qildim. Nafas olish qiyinlashganda, oddiy bir nafasning qanchalik bebaho ne'mat ekanini tushundim – tuzalib, o‘pkamni toza havo bilan to‘ldirganimda esa bu haqiqiy baxt ekanligini angladim. Milliy taomlari guldasta bo'lib terilgan yurtda yashaymiz, lekin deyarli hech narsa yeyish mumkin bo'lmasa, yoki yemakxonaga kirib menyudagi taom narxlariga qarab emas, taom ta'miga qarab tanlaydigan imkoniyat bo'lsa, hech narsa yeyish mumkin bo'lmasa. Yo'q! Alam qilmaydi, bundan oldin inson ancha baxtliroq ekanini (kech) tushunadi. Shu paytgacha oddiy deb bilgan narsalar – sog‘liq, erkin nafas olish, sevimli ovqatdan rohatlanish – aslida ulkan ne’mat ekanligini endi yanada yaxshi tushunyapman. *Aytildi:* > **Hayot ne’matlari orasida eng qimmatbahosi sog‘liqdir. > Zero, sog‘lom tilamchi bemor qiroldan ustundir.** > *(Arthur Schopenhauer)* Oldimizda oqib turgan qancha mavjud narsalarni to yo'qolguncha his qilmaymiz. Menimcha biz na hayotni na har bir lahzani yetarlicha qadrlamayapmiz, >[! warning] Shundan so'ng meni bir ne'mat o'ylantirib qo'ydi: >Biz ba’zi narsalarni yo‘qotganda anglashimiz mumkin, lekin umr (vaqt) deb atalgan beqiyos ne’mat borki, uni yo‘qotganimizda kech bo‘ladi. Bugun bizga umr va shu umrda bizga biriktirilgan bir qancha qadrli insonlar berildi, ularni har qanday holatda qadrlash baxtli insonga xos deb o'ylayman. Sizchi? --- Keyingi post → [[O'tmish]] --- **L I N K L A R** - [[Hayotimdan qissalar]] --- ##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling: - Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR) - Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi) - Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)