#talim / #anglash / #baxt > Ilm — shunday bir ummonki, unga sho'ng'igan kishi albatta bir yog'du topadi. Bugun bilimlar ummoniga shunchalik sho'ng'idim, odatdagidan ko'plab "yog'du"lar topdim. Har safar undan yangi bir yog'du topgan paytim, o'zimni xuddi har safar yangi avtomobil sotib olgandek baxtiyor his qilaman. Bugungi ilm bilan mashg'ullik tundan tonggacha kechdi. Bu tunda odatiy ilm olish tezligimdan karrasiga ko'p: Nazarimda bir tunda 2 oylik bilimlarni o'rganishga ulgurdim. >[! tip] Agar maqsadim: >**"Yoshlarni tafakkur tarzini yangi bosqichga olib chiqishga ko'maklashish"** bo'lmaganda, ilm olishga istak bu qadar ilhomlantiruvchi bo'lmas edi. > Mehr bilan qalb, taom bilan jism to'yinganidek, ruh — ilm bilan tirik turarkan. Muhim va chuqur anglab yetilgan narsa insonga shunchalik ilhom va quvonch beradiki, hatto inson o'tirgan joyida tinch o'tirolmay (u haqida o'ylab) turib aylanib yurgisi keladi. Bu xuddi sevikli yorni ilk bor sevib qolgandagi hissiyotga o'xshab ketadi. Inson har safar yangi bilim o'zlashtirganda, maqsadlari sari yana bir qadam yurganini (barchasidan) rozilik hissi va tabassum bilan kunni yakunlaydi. *Ehtimol ilm istagan qalb uchun buyuk baxt mana shu bo'lsa kerak.* *Siz nima deb o'ylaysiz?* --- **L I N K L A R** - [[Ta'lim/Ta'lim]] - [[Ilm]] - [[Baxt]] - [[Anglash va Tushunish farqi]] - [[Qalb]] - [[Ruh]]