#qalamimga_mansub / #yozgan_hikmatlarim / #paradigma / #ustoz / #ustozlik_davri / #talim >**“Misollar tugaganda, odam o‘z o‘tmishidan voqea (case) izlaydi.”** >— [[Rahim Azim/Rahim Azim|Rahim Azim]] Bu fikr odam tafakkurining chegarasiga ishora qiladi. Zero insonning dunyoqarashi tor bo‘lsa, u har qanday mavzuda o‘z boshidan o‘tgan holatlar bilan dalil keltirishga urinadi. Go‘yo uning hayoti barchaga birdek universal darslikdek. Bu esa jiddiy xatodir. Aslida, keng tafakkurli inson masalaga faqat o‘z hayotidan emas, **tarix, adabiyot, falsafa, o'rinli insonlar tajribasi va boshqa cheksiz ilmiy manbalar orqali** yondashadi. Chunki oqil kishi biladi: **hayot faqat o'zining hayotidan iborat emasligini**. >[! tip] Nemis olimi aytadi: > **"Eng xavfli dunyoqarash — bu dunyoni ko‘rmaganlarning dunyoqarashidir."** > — _Alexander von Humboldt_ O‘z hayotini dunyo deb o‘ylagan odam — boshqa hayotlarni, boshqa haqiqatlarni inkor qiladi yoki yashirib qo'yadi. Fikrda erkinlik, misolda xilma-xillik bo‘lmasa, afsuski u fikr emas, shunchaki **shaxsiy yodnoma** bo‘lib qoladi. --- **L I N K L A R** - [[Ustoz]] - [[Paradigma]] - [[Yozgan hikmatlarim]] - [[Qalamimga mansub]]