#talim / #lifelong_learning / #ilm / #inson / #talim_tizimi
>**Rivojlanishdan to‘xtashlik — yashashdan to‘xtash demakdir.**
>*[[Rahim Azim]]*
Hayot faqat nafas olish va yurak urishidan iborat emas. Haqiqiy yashash deganda insonning ichki dunyosi, fikrlari va ruhiyatidagi doimiy harakat, o‘sish, o‘zgarish tushuniladi. Bu o‘sish esa bilim va ko'nikmalarni olish va rivojlanish orqali yuz beradi.
[[Sokrat]] ta'biri bilan aytganda, **"O‘rganishni to‘xtatgan odam qarilikni boshlaydi, yoshidan qat’i nazar."** Ko‘pchilik insonlar yashashni shunchaki biologik faoliyat deb tushunib, hayotlari davomida bilim olishga, yangi narsalarni o‘rganishga, o‘zlarini kashf qilishga e’tibor bermaydi. [[Benjamin Franklin]] bu haqda: **"Ko‘pchilik odamlar 25 yoshda o‘ladi, ammo faqatgina 75 yoshda dafn qilinadi"** degan fikrni bildirgan. Tashqi ko‘rinishda ular ham oddiy hayot kechirayotgandek ko‘rinadi, biroq aslida ular ichidan yemirilmoqda, ruhiy jihatdan so‘nmoqda.
Inson miyasining tabiati shundayki, agar yangi bilim va tajribalar orqali uni yangilab turmasangiz, u asta-sekin pasayadi va tanazzulga yuz tutadi. Zamonaviy tibbiyot ham aynan shu fikrni tasdiqlaydi: miyadagi faoliyat pasaysa, hujayralar regeneratsiyasi sekinlashadi va inson ruhiy tanazzul kasalliklariga duchor bo'ladi.
>[[Stiven Covey]] aytadi:
>**"Odam ikki marta vafot etadi. Birinchi marta — o‘rganishni to‘xtatganda, ikkinchi marta esa tanasi jismonan dafn etilganda."**
Psixologik jihatdan ham rivojlanishni to‘xtatgan insonda ichki norozilik paydo bo‘ladi. [[Fridrix Nitshe]] aytganidek: **"Hayot — bu doimiy o‘z-o‘zini yengib o‘tishdir. O‘z ustida g‘alaba qilmagan odam, yashamaydi, balki mavjud bo‘ladi, xolos."** Bunday inson hayotdagi barcha muammolarning sababini tashqaridan qidiradi, boshqalardan noliy boshlaydi va atrofga salbiy energiya tarqatadi. U rivojlanish oqimidan uzilib qoladi, jamiyat uchun foydasiz, o‘zi uchun esa yuk bo‘lib qoladi.
**Rivojlanish faqat bilim olish emas, balki hayotga bo‘lgan muhabbat va qiziqishni saqlashdir.** [[Jaloliddin Rumiy]] aytganidek: "Oqar suv tirikdir, to‘xtab qolgan suv esa chiriydi va o‘ladi. Sen ham suv kabi bo'l, oqib tur!" Inson o‘zini doim yangilab turganda, hayotga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayadi, atrofdagilarga ham energiya beradi va umrini mazmunli, quvonchli qiladi.
Shuning uchun hikmatda aytilganidek, agar rivojlanishni to‘xtatsangiz, aslida yashashni emas, yashab turib o‘lishni boshlaysiz. [[Lev Tolstoy]] fikri bilan aytganda: "Inson har kuni yangi narsa o‘rganmasa, aslida yashamaydi, balki yashayotganini tasavvur qiladi." Har kuni yangi bilimga, yangi tajribaga ochiq bo‘ling va haqiqiy hayotni his eting!
>[! faq] Qo'shimcha:
>[[UNESCO]] xalqaro ta'lim tashkiloti "[[Lifelong learning]]”ni 21‑asr kompetensiyasining yadrosi deb baholadi.
Qo'shimcha fikrlar telegram guruhga yozing:
https://t.me/ShaxsiyRivojlanish_klubi
---
**L I N K L A R**
- [[Lifelong learning]]
- [[Ta'lim/Ta'lim|Ta'lim]]
- [[Ta'lim tizimi]]
- [[Bilish qonuniyatlari]]
- [[Benjamin Franklin]]
- [[Sokrat]]
- [[Jaloliddin Rumiy]]
- [[Fridrix Nitshe]]
- [[Stiven Covey]]
- [[Lev Tolstoy]]
- [[Inson miyasi]]
- [[Hujayra]]
- [[Regeneratsiya]]
- [[Yozgan hikmatlarim]]
- [[Qalamimga mansub]]