#Ilmni_yozish / #shaxsiy_rivojlanish / #tartib / #dars
>Bu darsni yozish uchun 7 yil vaqt kerak bo'ldi.
>[! info] 1-dars:
>"Har qanday o'tkir xotiradan — o'tmas qalam afzalroqdir".
### 1-qoida. Topshiriq
>**Senga kelib tushgan (bajarilishi lozim bo'lgan) topshiriqni yozib ol.**
- **Izoh:** Topshiriqlar o'zing tomondan kelib tushishi mumkin, ishingda komandir yoki boshliq tomonidan, ota-onang yoki farzanding, do'stlaring xullas kim tomondan bo'lsa ham bajarilishi kerak bo'lgan vazifani yozib ol va aslo unutmaki, yozilmagan topshiriq, hech qachon bajarilmaydi!
- **Maslahat:** Daftar yoki telefon ilovasi (masalan, [[Notion]], [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]], [[Google Keep]])
- [[Cross-Platform Compatibility]]
- [[Topshiriq va Vazifa farqi]]
---
# Ilm olish paytidagi yozib olish haqida
### 2-qoida. Ta'lim paytida
>Ilm yozilmasa, yo‘qoladi. Yozilgan ilm esa — xotiradan tashqarida yashovchi ikkinchi ongdir. Har bir yozuv kelajakdagi o‘zingiz uchun murabbiyga aylanadi.
- **Izoh:** Ilm bu — faqat eslab qolish emas. Ilm bu — **anglash**, **ichki tafakkurga singdirish**, va **hayotga tatbiq etish**dir. Inson uni yozib qo‘ymasa, u ilm emas, **bir lahzalik ilhom** bo‘lib qoladi.
- **Qachon yozish kerak:** Tolibi ilm — kerakli, anglashni istagan narsalarni yozadi. Tushunib yetilgan narsa yozishga muhtoj emas.
Yozilmagan ilm – yovvoyi qush, u uchadi. Yozilgan ilm – asrab qolingan xazina.
[[Imom Shofeiy]] aytadi: **"Ilm ov bo‘lsa, yozish uni bog‘lashdir."**
**Maslahat:** Muhim (kalit) soʻzlarni ajratib, qisqa tezislar shaklida yozishga odatlaning. Asosiy tushunchalar har doim [[zehn]]da qolsin.
- [[Anglash va Tushunish farqi]]
- [[Ilmni yozish]]
>[! note] Aytildi
>Dono — eshitgan narsasining eng yaxshisini yozadigan, yozganining eng yaxshisini yod olgan va o‘rganganining eng yaxshisini aytib beradigan kishidir.
---
### 3-qoida. Nimalarni oʻrganish kerak?
>Kitob o'qish har doim ham yechim bo'lmaydi. Foydasiz bilimlardan saqlanish va cheksiz ilm ummonida najot kemasini topish uchun oqil inson o'z holatiga mos ravishda bilimlar konfiguratsiyasini shakllantirshi lozimdir.
- **Foydasi:** Oʻrganmoqchi boʻlgan narsalarni yozib olish maqsadni aniqlashtiradi va yoʻnalish beradi.
- **Maslahat:** Roʻyxatni vaqt oʻtishi bilan yangila va progressni kuzatishni odat qil.
- **Masalan:** “Liderlik ko'nikmalari” yoki “Menejment falsafasi”.
---
### 4-qoida. Qaysi kitoblarni oʻqishim kerak?
>To‘g‘ri kitob – bu yuragingizni uyg‘otadigan va ongni ozod qiladigan vositadir. Kitob tanlash esa bilim olish emas, shaxs qurish siyosatidir.
Hayotingizdagi har bir o‘qilgan kitob — **siz bo‘lishni istagan insonning bir parchasidir**. Noto‘g‘ri tanlangan kitoblar ko‘ngilni chalg‘itadi, to‘g‘ri tanlanganlari esa dunyoqarashingizni butunlay o‘zgartiradi.
> Chunki inson kim bo‘lishini kitob tanlovi bilan belgilaydi.
Shuning uchun “qaysi kitoblarni o‘qish kerak?” degan savol – bu “men qanday inson bo‘lishni istayman?” degan savolning boshqa shaklidir.
**Maslahat:** Roʻyxatni turlarga boʻlib yoz (masalan, shaxsiy rivojlanish, biznes, adabiyot).
>[! faq] Kitob tanlash mezonlari:
>1. **Maqsadga mosmi?** — Siz hozir qaysi muammoni hal qilmoqchisiz? (Masalan, vaqt boshqaruvi, dunyoqarash, diniy tafakkur, kasb)
>2. **Bosqichga mosmi?** — Siz hayotingizning qaysi bosqichidasiz? (Yoshlik, rahbarlik, ijodiy izlanish, ilmiy chuqurlashuv)
>3. **Muallif ishonchlimi?** — Uning dunyoqarashi sizga qanday ta’sir qiladi?
>4. **Bu kitob sizga shaxs sifatida nima qo‘shadi?** — Bilimmi? Fikr o‘tkirligimi? Yoki ruhiy mustahkamlikmi?
---
### 5-qoida. Kitob oʻqish paytidagi muhim tushunchalar
>Kitob – bu bilimlar to‘plami emas, tafakkur bosqichlarini uyg‘otuvchi nurlar shakldir. Muhim tushunchalarni yozib olish esa – o‘qigan narsangizni hayotga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.
*Ayniqsa kitobning markaziy fikrlarini sariq bilan belgilash yoki qayta murojat qilish mumkin bo'lgan manbaga yozib qo'yish insonni bilimlar bazasini sifatli kengaytiradi. Natijada o'rgangan bilimlari unga doimiy hamroh bo'ladi.*
Inson biror fikrni yozib olganida u fikrni **qabul qilish**, **qayta fikr qilish** va eng muhimi – **haqiqiy hayotga bog'lash** harakatidir.
Kitobdan yozilgan tushuncha – bu oddiy eslatma emas, bu:
- Ongga mixlangan fikr
- Qayta ishlanadigan tafakkur yadro
- Ichki o‘sishga turtki beruvchi atom
> Chunki o‘qish – bu ma’lumot olish emas, **o‘zgarish boshlanishi**dir.
---
### 6-qoida. Orzu va maqsadlar
>Orzular va maqsadlarni yozmasang, ular faqat xayol boʻlib qoladi. Eng avval orzular yoziladi, chunki ular insonni yetishish mumkin bo'lgan maqsadlar sari yetaklash xususiyatiga ega.
- **Izoh:** Yozilgan maqsadlar aniq yoʻnalish beradi va motivatsiyani oshiradi. Masalan, “5 yilda oʻz kasbimni mukammal o'rganaman.”
- **Maslahat:** Maqsadlarni katta (uzoq muddatli) va kichik (qisqa muddatli) qilib yoz.
----
### 7-qoida. Yangi g'oyalar
>G'oyalar osmonda doimiy uchib yuradi, inson ongiga toʻsatdan kelgan gʻoyalar darhol esdan chiqadi.
- **Izoh:** Gʻoyalarni yozib olish ijodkorlikni rivojlantiradi va kelajakda ulardan foydalanish imkonini beradi. Masalan, “Yangi loyiha gʻoyasi.”
- **Maslahat:** “Gʻoyalar daftari”ga yoki telefoningga ovozli yozuv sifatida saqla.
- [[Notion]] / [[Google Keep]] / [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]] / Bloknot
---
### 8-qoida. Missiya va Oliy maqsad
>Missiya bu – sening borlig'ing sababini anglatadi. Oliy maqsad esa – hayot degan sahnada qanday iz qoldirib ketmoqchi ekaningni bildiradi yoki Oliy maqsad — bu insonning **erishishi mumkin bo‘lgan eng yuksak natijasidir.**
- **Izoh:** Inson dunyoga kelgan, yashayapti, harakat qilayapti – ammo nima uchun? Agar bu savolga javob yo‘q bo‘lsa, barcha harakatlar charchov, barcha yutuqlar esa vaqtinchalik taskin bo‘lib qoladi.
- **Missiya** – bu insonning **"Nega men yashayapman?"** degan savoliga ongli javobidir.
- **Oliy maqsad** – esa **"Men qanday hayot qurib ketmoqchiman?"**, yoki **“Men aslida nimaga yetmoqchiman?”** savoliga javobdir.
#### Oliy maqsad ichki va tashqi bo'lishi mumkin:
|Turi|Mazmuni| Misol |
| ---------------------- | ----------------------------------------------------------- | -------------------------------------------------------- |
|**Tashqi oliy maqsad**|Dunyo sahnasida bir narsa qurish, o‘zgartirish, qoldirish| “Men 10 ming kishilik maktablar tarmog‘ini yarataman” |
|**Ichki oliy maqsad**|Borliqdagi haqiqatni anglash, ruhiy poklanish, haqqa yetish| “Men Haqni topmoqchiman” yoki “Haqiqatga erishmoqchiman” |
- [[Missiya]]
- [[Missiya va Maqsad farqi]]
- [[Oliy Maqsad]]
>[! warning] Yodingda tut
>- Yozilmagan missiya – unutilgan yo‘l.
>- Aniq bo‘lmagan maqsad – harakatdagi sarsonlik.
---
### 9-qoida. Qadriyat va tamoyillar
>Qadriyatlar – bu siz kimligingizning ichki kodi. Tamoyillar esa – hayotga qarshi emas, hayot bilan uyg‘un yashash uchun belgilagan yo‘l-qoidalaringizdir.
Ammo ularni yozib qo‘yish – bu shunchaki “e’tiqodlar to‘plami” emas, bu:
- **Hayotiy ustunliklarni ongli tan olish**
- **Qiyinchiliklar kelganida yo‘ldan adashmaslik uchun ichki kompas yasash**
- **Yashashni yurak bilan boshqarish, faqat mantiq bilan emas**
Qadriyatlar yozilmasa – inson o‘z tanlovlarini tashqi holatlar ta’sirida, to‘lqinlardek o‘zgartirib boraveradi. Yozilsa esa – u o‘zini **qayta anglaydi**, hatto o‘ziga qarshi emas, o‘zini muhofaza qilgan holda yashashni boshlaydi. Qisqa qilib aytganda qadriyatlar — **hayotda "nima qilish kerak" emas, "qanday bo‘lish kerak"** degan savolga javob beradi.
---
### 10-qoida. Minnatdorchilik ro'yxati
>Minnatdorchilik ro‘yxati – bu insonning ichki kompasidir. U orqali inson o‘zini anglaydi, nimaga rozi bo‘lishini tushunadi, va kelajakdagi maqsadlarini aniqroq chizishga imkon topadi.
**Izoh:** Minnatdorchilik bu shunchaki "rahmat aytish" emas — bu **e’tiborning markazini tashqi sharoitdan ichki qadriyatga** burishdir. Inson minnatdorchilik qilgan narsalari orqali quyidagilarni aniqlay boshlaydi:
1. **Uni nima quvontiradi?**
2. **Qanday holatlarda o‘zini baxtli his qiladi?**
3. **Nimaga bo‘lgan ehtiyoji kuchli?**
4. **Nima unga chuqur ilhom bag‘ishlaydi?**
Bu savollar esa **asl orzu-maqsadlarning ildizi**dir.
---
# Qoʻshimcha texnik va tavsiya qaydlar
### 11-qoida. Tibbiy ma'lumotlar
>Kasalliklar, davolanishlar yoki sogʻliq holati haqida yozuvlar kelajakda shifokorlar uchun zarur boʻladi.
- **Masalan:** “2023-yilda allergiya aniqlandi, dori X yordam berdi” kabi yozuvlar sogʻliqni boshqarishni osonlashtiradi.
- **Maslahat:** Tibbiy daftar tut yoki telefon ilovasida saqla.
- [[Notion]] / [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]] / [[Google Photos]]
---
### 12-qoida. Xaridlar ro'yxati
>Xaridlarni yozishda vaqt va pulni tejashdan tashqari yana 3 sababi bor:
1. O'zing uchun nima kerakligini bilmayidgan manqurt odamga aylanib bo'lding. Bas, xaridlarni yozishga va filtrlashga odatlan.
2. Xarid haqqoniyligini aniqlash uchun unga kamida 1 sutka muddat bering, shunda hissiyotdan haqiqiy ehtiyoj ajrab chiqadi.
3. [[Motiv]] — insonga o'sha narsaga yetishish uchun xaridlar ro'yxati ilhom beradi.
4. **Maslahat:** SMS xabar / [[Google Keep]] / [[Notion]] / [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]] / Bloknot
---
### 13-qoida. Networking — tanishlar
>Telefon raqamlari va qisqacha maʼlumot yozilmasa, muhim odamlar bilan aloqa yoʻqotilishi mumkin. Katta natijalarga inson yolg'iz erishmaydi.
- **Izoh:** Tanishlar haqida yozib olish (masalan, “Ahmad menejer, loyiha boʻyicha yordam berdi”) kelajakda hamkorlikni osonlashtiradi.
- **Maslahat:** Kontaktlar roʻyxatini [[Cross-Platform Compatibility]] qobiliyatiga ega bo'lgan dasturda saqlash kerak. Masalan, [[Google Contacts]]
- [[Ozodlik piramidasi]]
---
### 14-qoida. Parollar
>Hech qaysi parol esda qolmaydi, xavfsiz joyga yozib qo'yilmasa, ma'naviy mulk yo'qotiladi.
**Izoh:** Google Account'dan tortib, oddiy simkarta paroligacha hisoblardan tortib Parollarni yozib olish vaqtdan tejaydi va stressni kamaytiradi.
**Maslahat:**
1. Hamma joyga hech qachon bir xil parol yozmang.
2. Maxsus daftarga yoki [[Notion]] & [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]] kabi dasturga yozilgan parollar albatta shifrlab yozish kerak. Kimnidir qo'liga tushib qolganda.
>[! danger] Unutmang, inson joriy xotira bilan yashaydi.
>Inson xotirasi uzoq muddatli narsalarni eslab qolishga ixtisoslashmagan, inson so'ngi bo'lib o'tgan davriy intervalni eslay oladi xolos.
---
### 15-qoida. Xronologik muhim ma'lumotlar
>Ish jarayonidagi muhim muammo va unga o'rnatilgan yechim sabab va oqibatlari bilan yozib qo'yish foydali bo'ladi. Chunki vaqt kelib o'sha muammo kelajakda takrorlanishi mumkin.
- **Izoh:** Bu yozuvlar tajribani saqlaydi, 10 yil oʻtib ham muammoni tez hal qilishga yordam beradi.
- **Maslahat:** “Muammo-yechim” va "Sabab-oqibat" shaklida yozish kerak.
- **Masalan:** Fayllar yo‘qoldi → faqat kompyuterda saqlangan → bulutda jamoaviy saqlash joriy qilindi.
Hayotiy yoʻl, ish yoki munosabatlar umuman qaysi jabhada biron muammoga duch kelsang, yozib qo'y. Chunki qachondir xato-kamchiliklaringni tuzatish uchun, ularni oʻrganib chiqib tahlil qilishga ehtiyoj tugʻiladi.
---
### 16-qoida. Moliyaviy ma'lumotlar
>Moliyaviy mavhumlik insonni stressga soladi, aniqlik bashorat va tahlilga imkon beradi.
- **Yozish lozim:**
1. Qarz-oldi berdi munosabatlari
2. Statik chiqimlarni aniq yozish, dinamik chiqimlarni taqriban yozish
- Chunki xarajatlar cheklab olinmasa, haqiqiy ehtiyojlar o'rnini cheksiz xohishlar egallaydi.
- **Masalan:** “Statik chiqimlardan, internet to'lovi, mobil aloqa, obuna xizmatlar vahokazo” yoki “Bu oy oziq-ovqat xarajatlari taqriban ~3 mln (atrofida).
- **Maslahat:** Statik chiqim va dinamik chiqimlarni alohida yozish kerak, umumiy yig'indisi topilgan daromaddan kam bo'lishi kerak, shunda inson qarzga kirib qolmaydi.
- [[Notion]] / [[Google Sheets]]
---
### 17-qoida. Sayohatda olingan muhim tushuncha va tajribalar
>Inson har doim ham sayohat qilavermaydi, o'rtadagi interval uzoqligi uchun muhim tajribalarni yozib qo'yishi foydali bo'ladi.
- **Masalan:** “2024-yilda [[Angliya]]ga bordim, bolalar ta'limi uchun cheksiz va bepul muzeylar naqadar ahamiyatli ekanini o'zim aylanib chiqib his qildim. [[Buyuk Britaniya]] ta'limda ustuvor ekanini sabablaridan biri shu bo'lsa kerak.
- **Maslahat:** Uyga kelib hammasini yozaman deb xomxayol bo'lmang, aeroportga yetmasdan hammasi esdan chiqib ketadi.
---
### 18-qoida. Kasal paytidagi bitiklar
>Inson kasal bo'lgan paytida nimalarni qilishni istamaganini va va sog'ayib ketganida nimalar qilishini xohlashini aniq yozish kerak.
- Masalan, har kuni bajaradigan ishlardan aynan qaysilarini qilgisi kelmayapti? Ya'ni, kasal paytida qaysi ishlarni bajarish yoqmayapti yoki imkonsiz? Yoki kasal paytida qaysi niyat qilgan ishlarini qilolmayapti?
- **Izoh:** Inson sog‘lik davrini abadiy deb o'ylaydi. Faqat kasallik kelganda u haqiqiy ojizligini anglaydi, vaqt va imkoniyatlarning butkul cheklovini his qiladi.
**Bu paytda 2 narsani aniq yozishi kerak:**
- Kasallik sabab nimalarni qila olmay qolganini va bunga qanchalik afsus chekkanini aniq yozib qo‘yishi kerak. Bu yozuvlar sog‘aygach, unga kasalliklarni oldini olish uchun motivatsiya beradi.
- Kasal paytida “sog‘ayib ketsam albatta qilaman” deb samimiy niyat qilgan rejalarini yozib qo‘yishi kerak. Chunki bu paytda inson cheksiz orzular bilan to‘lib-toshadi, sog‘aygach esa ko‘pincha dangasalikka berilib, bu rejalarini unutadi.
---
### Xulosa: Yozib olish — hayotiy xarita
Topshiriqlardan tortib oliy maqsadlargacha, sog‘liqdan moliyaviy rejagacha — yozilgan har bir satr inson hayotiga tartib, aniqlik va baraka olib kiradi. Chunki yozilmagan narsa — unutuvchilikka mahkum, yozilgan esa — tafakkur uchun tirik guvohdir.
**Yozuv – bu xotiraning tashqi shakli, fikrning ichki intizomi.** Har qanday o‘tkir xotira vaqt bilan so‘nadi, lekin yozilgan g‘oya vaqtni yengib o‘tadi. U sening kechagingga guvoh, bug‘uningga ko‘zgudor, kelajaginga yo‘lchi yulduz bo‘la oladi.
>Yozgan inson unutmaydi. U anglaydi. U o‘z fikrini boshqaradi. U o‘z hayotining ongli boshqaruvchisi, muvaffaqiyatli yetakchisiga aylanadi.
>[! warning] Unutma!
>Yozmagan kishi o‘zini unutadi.
>Yozmoq oʻzing uchun xarita yaratmoqdir.
---
**L I N K L A R**
- [[Darslar — Shaxsiy rivojlanishning sodda qadamlari]]
- [[Cross-Platform Compatibility]]
- [[Ilmni qachon yozish kerak]]
- [[Ilmni yozish]]
- [[Zehn]]
- [[Yozib olish]]
- [[Darslarim]]
- [[Notion]]
- [[Produktiv dasturlar/Obsidian|Obsidian]]
- [[GTD]]
- [[Second Brain]]
- [[Building a Second Brain]]