#Shaxsiy_rivojlanish > Insonlar sifatga ko‘ra ikki xildir: Qimmat va arzon inson ### 10 tangalik vazir hikoyasi Bir zamonlar bir podshohning 10 tanga va 1 tanga maosh oluvchi ikki vaziri bo'lgan ekan. Bir kuni, 1 tangalik vazir o‘z oyligining yetarli emasligidan shikoyat qildi. Podshoh esa unga shunday javob berdi: "Sening ish sifating shu holatda, natija ham shunday bo‘ladi." O‘sha paytda uzoq yurtlardan katta karvon kelayotgan edi. Podshoh 1 tangalik vazirga karvon haqida bilib kelishni buyurdi. **Vazir esa tezkorlik bilan:** - "Falon yurtdan kelyapti ekan,", - "Mato olib kelyapti,", - "Bizning yurtga savdo uchun to‘xtab o‘tarkan," degan javoblar bilan keldi. Shundan so‘ng, podshoh o‘zining 10 tangalik vaziriga ham xuddi shu topshiriqni berdi. 10 tangalik vazir esa karvonga borib, **tafsilotlarni diqqat bilan o‘rganib keldi:** - Karvonning kelish vaqti, yo‘nalishi, yuk miqdori va turi, - Har bir yukning narxi va umumiy savdo summasi, - Hatto Karvon o'z yuklarini qanday shartlarda sotishi, savdo siyosati, ularning ish uslublari va imkoniyatlari haqida ham to‘liq ma’lumot oldi. Podshoh 10 tangalik vazirning to‘liq va aniq javoblaridan so'ng, 1 tangalik vazirga: "Nima uchun kamroq maosh olishingni anglading deb o'ylayman", dedi. ### Xulosa > Insonlar sifatga ko‘ra ikki xildir: Qimmat va arzon inson - Qimmatbaho insonlar – sifatli, ishini atroflicha o'rganib puxta bajaruvchi. - Arzon insonlar esa faqat yuzaki yondoshadi, natija ham shunga yarasha bo'ladi. --- Keyingi post → [[Tartibli va tartibsiz inson]] --- **L I N K L A R** - [[Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi]] - [[Shaxsiy rivojlanish]] --- ##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling: - Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR) - Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi) - Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)