#dars / #shaxsiy_rivojlanish / #samaradorlik ### 1-qoida. Izlanish tartibi >Bir ish qilmoqchi bo'lsang, (avvalda va hozirda qilingan) o'sha ishga doir bo'lgan ishlarni ko'rib (o'rganib) chiq. Zero, holatingda voqe boʻlib turgan ish - eng muhimdir. 2-qoida masdari: - [[Ilm olish shartlari]] kitobi **** ### 2-qoida. Nima uchun? >Bir ish qilishdan oldin **"buni nima uchun qilishim kerak?"** degan savolni qo'yish, so'ngra "qanday qilaman", "qachon va kim bilan" kabi savollarga javob topish kerak. 2-qoida uchun yordamchi manba va nazariyalar: - [[Start With Why]] - [[Niyat hadis]] **** ### 3-qoida. Muhim va muhim boʻlmaganlarga ajratish >Vazifalarim ko'p deb, darrov bajarishga kirishib ketma. Chunki vaqtni — tejashlik avval ularni muhimlik daraga ajratish, so'ng eng muhimidan boshlab bajarishdir. >[! tip] Aytildi: >"Vaqtni tejash deganda, qisqa vaqtda ko‘p ishlarni qilish emas. Vaqtni tejash bu — eng birinchi muhim ishni qilib, so‘ng qolganlariga navbat berishdir". >*[[Abu Burhoniddin al-Marg'iloniy]]* 3-qoida uchun yordamchi nazariya: - [[Eisenhower matritsasi]] - [[Essentsializm kitobi]] - [[Deep Work kitobi]] - [[GTD]] kitobi - [[Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi]] --- ### 4-qoida. Rejalash > Agar vazifalar kichik boʻlsa, oldinga qarab; agar katta boʻlsa, orqaga qarab reja tuziladi. - **Izoh:** Kichik ishlar tez bajariladi, oldinga qarab ketma-ket bajarilishi samaraliroq. Katta ishlar uchun esa yakuniy natijadan orqaga qarab rejalanadi, shunda har bir bosqich aniq boʻladi. - **Maslahat:** Katta maqsadlarda "reverse planning" (yakunidan boshlab rejaga) amal qil. --- ### 5-qoida. 5 daqiqa qoidasi >Agar qilmoqchi boʻlgan ishingni 5 daqiqada bajarish mumkin boʻlsa, uni darhol bajargin va xotirangdan oʻchirib yubor. Aynan shu 5 daqiqa kuningdagi eng unumli 5 daqiqasi boʻladi. --- **L I N K L A R** - [[Hol ilmi]] - [[Shaxsiy rivojlanish]] - [[Darslar — Shaxsiy rivojlanishning sodda qadamlari]] - [[Holat ilmi]] - [[GTD]] kitobi - [[Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi]] - [[Eisenhower matritsasi]] - [[Essentsializm kitobi]]