#shaxsiy_rivojlanish / #dars / #mohiyat / #qoida >[! tip] Kirish >“Qoidalarsiz erkinlik – yo‘qotilgan erkinlik, tamoyilsiz qoidalar esa – yuraksiz mexanizm.” > Qoidalar tartib beradi, tamoyillar esa ruh bag‘ishlaydi. >Qoida — bu yo‘l. Tamoyil — bu yo'l tanlash va yurish uslubidir. ### 1-qoida. Qoidalarni anglash >Qoidalarni asl holicha qabul qilish. Uni badiiylashtirmaslik yoki [[Interpretatsiya]] qilmaslik kerak. - Chunki, har qanday egilish – mohiyatdan tashqariga chiqadi. - **Izoh:** Haqiqiy qoida o‘zgartirilmaydi, u anglanadi yoki rad etiladi. Uni “o‘z holatimizga moslab” emas, “o‘zimizni unga moslab” tushunish lozim. - **Iqtibos:** “Tamoyillar o‘zgarmaydi, ular borasidagi fikrlarimiz o‘zgaradi.” - [[Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi]] / [[Tamoyil]] / --- ### 2-qoida. Har kimning o‘z qoidasi bor >**Har kimning o‘z qoidasi bor — lekin hammaning qoidasi haqiqat emas.** >Subyektiv qoidalar hayotingizni quradi, ammo **ontologik qoidalar** hayotning o‘zini tutib turadi. >Shunday ekan qoidaning mohiyatini anglab yetganlar sifatli hayot quradi. - **Izoh:** Masalan, "Men kech qolishni normal deb bilaman" — bu subyektiv qoida. Lekin "vaqt — butun tizimning asosi" — bu haqiqatga yaqin ontologik qoidadir. - [[Ontologiya]] --- ### 3-qoida. Cheksizlikda tanlov yo'q >Cheksizlikda tanlov yo'q, tanlovsiz erkinlik yo'q. >**O'zini cheklay olmagan inson, yo'l tanlay olmaydi, yo'lsiz — manzil yo'q.** - **Izoh:** Cheksizlikda tanlov yo‘q, faqat chalg‘ish bor. O‘zini cheklay olmagan kishi bir necha eshik orasida sargardon bo‘ladi — lekin hech birini ocholmaydi. - **Erkinlik** — xohlagan narsani qilish emas, **ongli tarzda nimani qilish yo qilmaslikni tanlashdir**. - Eng samarali odamlar o‘zlariga qat’iy qoidalar qo‘yganlardir. - [[Ilm olish shartlari]] - [[Pozitsiyalash]] ### 4-qoida. Qoidani anglash >**Bir qoidani anglash, ming qoidani yodlashdan muhim.** >Qoidalarning kuchi — ularni sodiq tutishda emas, ularga nega sodiq bo‘layotganingizni anglashdadir. - **Izoh:** Ko‘r-ko‘rona qoidaga bo‘ysunish – itoatkorlikdir. Ongli sodiqlik esa — ongli hayotning belgisi. - **Mohiyat:** Zero, anglangan qoida — yurakda yashaydi; yodlangan esa — faqat tilda. Anglashsiz amal — robotlikdir, anglash bilan amal — hayotning mohiyatidir. - [[Anglash]] / [[Anglash va Tushunish farqi]] --- ### 5-qoida. Tamoyillar yodlanmaydi >**Tamoyillar yodlanmaydi, anglab yetiladi.** >Qoidalar odamga tashqi yo‘l ko‘rsatadi. Tamoyillar esa ichkaridan boshqaradi. - **Izoh:** Qoidalar mavjud bo‘lmagan holatlarda tamoyillar ustuvorlik qiladi. Ular ko‘p holatda “nima qilish kerak?” degan savolga javob beradi. Tamoyillar esa “nima to‘g‘ri?” degan savolga. - **Maslahat:** Har bir muhim qaror oldidan “mening tamoyilim nima?” degan savolni bering. - [[Tamoyil]] / [[Qadriyat va Tamoyil farqi]] --- ### 6-qoida. Tamoyillar insonni shakllantiradi > **“O‘zingizdan tamoyil yaratmang, tamoyildan o‘zingizni yarating.”** Tamoyillar insonning harakatlaridan emas, inson harakatlari tamoyillardan tug‘ilishi kerak. - **Izoh:** Avval kim bo‘lishga qaror qiling — so‘ng nima qilishni aniqlaysiz. Tamoyilsiz harakat — shamolsiz yelkan. - **Maslahat:** Harakatlaringizni kuzatib, ulardan qanday tamoyillar bo‘y ko‘rsatishini aniqlab yozib boring. Bu o‘z-o‘zini tahlil qilishning eng yuqori darajasidir. >[! example] Yodda tuting! >Tamoyilsiz qoidalarga bo‘ysungan kishi — **robot**, >Qoidalarsiz tamoyillarga tayanadigan kishi — **xayolparast**. >Uyg‘unligi bor inson esa — ongli, barqaror va o‘z yo‘lini topgan shaxsdir. ### Xulosa - **Qoida** – bu **yo‘l xaritasi**. - **Tamoyil** – bu **kompas**. - **Qadriyat** – bu **yo‘lga chiqish sababi**. --- **L I N K L A R** - [[Darslar — Shaxsiy rivojlanishning sodda qadamlari]] - [[Shaxsiy rivojlanish]] - [[Ilm olish shartlari]] - [[Qadriyat va Tamoyil farqi]] - [[Tamoyil]] - [[Ontologiya]] - [[Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi]] - [[Interpretatsiya]] - [[Anglash]] - [[Pozitsiyalash]]