#muvaffaqiyat / #bola / #tarbiya / #farzand_tarbiyasi / #muvaffaqiyat / #oz_ozini_topish ## 1-Bosqich: 6 yoshgacha **6 yoshgacha bolaga tegmaslik kerak,** u hamma bolalar kabi baxtli bolaligini o'tkazishi kerak. U payt bola asosan ota-onasiga namuna sifatida qaraydi: ota-onasi o‘zaro suhbati, do‘stlari bilan, qarindoshlari bilan va boshqa odamlar bilan qanday muloqot qilishi va hokazo, kuzatadi. ## 2-Bosqich: 6 yoshdan – 12 yoshgacha > 6 yoshdan 12 yoshgacha, bolaga shved stoli kabi imkoniyat berish kerak. Ya’ni, 3 oy gimnastika, 3 oy robototexnika, 3 oy shaxmat, 3 oy matematika, 3 oy rasm chizish va shunga o‘xshash mashg'ulotlar. Bu nima uchun muhim? Shu davrda bolaning yoqtiradigan 3-4 mashg‘ulotini aniqlash mumkin. ## 3-Bosqich: 12 yoshdan keyin > 12 yoshdan keyin esa faqat kuchli tomonlarini rivojlantirish prinsipi ishlaydi. Agar shaxmatda yaxshi bo‘lsa, shaxmat bo‘yicha repetitor yollang. Agar rasm chizishda yaxshi bo‘lsa, rasm chizish bo‘yicha repetitor yollang. #### Ota-ona sifatidagi vazifangiz shuki Qachonki siz bolani kuchli tomonlarini rivojlantirsangiz, 18 yoshga to'lganda, ya’ni maktabni bitirganda, 1. U (bola) nima xohlashini; 2. Nimani yaxshi ko‘rishini; 3. Kim bo‘lishni xohlashini aniq bilishi kerak. *(Margulan Susenbay darslaridan)* --- [[Muvaffaqiyat]] ← Oldingi post | Keyingi post → [[Muvaffaqiyat qozonishning 7 qadami]] --- **L I N K L A R** - [[Shaxsiy rivojlanish]] - [[Farzand tarbiyasi]] - [[O'z-o'zi topish]] --- ##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling: - Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR) - Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi) - Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)