#shaxsiy_rivojlanish / #konikma / #suniy_intellekt ![[Pasted image 20250404114142.png]] Avvallari insonlar uchun EHM (kompyuter)dan foydalanish juda muhim ko‘nikma hisoblanardi. 21-asrga kelib esa bu ko‘nikma internetdan samarali foydalanish bilan almashdi. Biroq, 21-asrning birinchi choragi yakunlanib, insoniyat yangi davr – Sun'iy intellekt (AI) erasi ostonasida turibdi. Endi oddiy internetdan foydalanish ko‘nikmasining o‘zi yetarli emas. AI davrida yashash va rivojlanish uchun sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmasini o‘zlashtirish majburiyatga aylandi. Bugun kimki ushbu yangi bilim va ko‘nikmalarni egallamasa, zamon karvonidan orqada qolib, raqobatbardoshligini yo‘qotadi. Bu esa nafaqat iqtisodiy imkoniyatlarni yo‘qotish, balki shaxsiy rivojlanish va farovonlikda ortda qolishni ham anglatadi. [[Sun'iy intellekt]] – zamon bilan hamnafas bo‘lishning kaliti, kelajakka eltuvchi istiqbolli yo‘ldir.