#focus / #shaxsiy_rivojlanish / #samaradorlik / #qalamimga_mansub
### Biron narsaga fokus ushlolmaydigan insonni xotirasidan umid qilmang
Fokus deganda eng kamida 4 soat hech narsaga chalg'imasdan bir ish bilan uzluksiz chuqur shug'ullanish nazarda tutdim. Lekin professional insonlar bu ishni 9-16 soat ham uddalay olishadi, shuning uchun ular samarali insonlardir. Tarixda iz qoldirgan buyuk shaxslar esa bu ishni haftalab, oylab uddalay olgan. Hatto ularni uyqusi ham fokuslarini bo'la olmagan.
>Fokusni ushlab turish qobiliyati — bu zamonaviy dunyoda inson ega bo'lishi mumkin bo'lgan eng qimmatli ko'nikmalardan biri. Bu shunchaki bir vazifani bajarish emas, balki hayot sifatiga bevosita ta'sir qiluvchi fundamental mahoratdir.
>[! example] Steve Jobs aytgan:
>**"Fokusni jamlay oladigan odamlar tog‘larni siljitishi mumkin".**
>*(org. People who know how to focus can move mountains)*
**Yuzaki ishlar insonni rivojlantirmaydi,** na bilim bermaydi, na natija bermaydi. Faqat “Deep Work” (chuqur e’tibor bilan uzluksiz ishlash) ongni o‘stiradi, yangi xotira yo‘llarini ochadi, katta kashfiyotlarga olib keladi. *(Deep Work asaridan)*
**Multitasking** (bir vaqtning o‘zida ko‘p ish qilish) odamning xotirasini ham, fokusini ham zaiflashtiradi. Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, doim chalg‘ib ishlaydiganlar yangi axborotni yodda saqlashda ancha sust bo‘ladi. *(Stanford Neuroscience, 2009)*
>Leonardo bir rasm ustida _haftalab, ba'zida oylab_ ishlagan. U bir detalni chizishda bir necha kun diqqatini shunchalik jamlaganki — bu unga dunyo san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Leonardo da Vinci haqida olimlar fikri:
"Uning daholigi shunchaki iste'dodia emas, balki diqqatini boshqalarga qaraganda uzoqroq ushlab tura olishida edi."
>[! tip] Ilmiy asos
>Fokusda ishlaganda **myelin** deb ataluvchi modda nerv tizimida kuchli izlar qoldiradi. Shuning uchun fokus – xotira qurilishining _asosidir_.
Xullas, fokus yo‘q joyda ong yozmaydi. Ong yozmagan joyda xotira bo‘lmaydi. Xotira bo‘lmagan joyda esa, buyuklik yozilmaydi.
---
**L I N K L A R**
- [[Deep Work kitobi]]
- [[Fokus qilish]]
- [[Ta'lim/Ta'lim|Ta'lim]]
- [[Muvaffaqiyat]]
- [[Shaxsiy rivojlanish]]
- [[Samaradorlik]]
- [[Qalamimga mansub]]