#fikrlash_tarzi / #qalamimga_mansub / #statik_fikrlash / #dinamik_fikrlash / #paradigma
## 1. Masalaning tabiati
**Biz xohlaymizmi yo'qmi insonlar teng ikkiga ajralib qoldi:**
1. Masaladan muammoni ajratib yechim haqida o'ylaydigan "tashabbuskor" insonlar.
2. Masaladan o'zini ajratib boshqa hammani ayblaydigan "tormoz" insonlar.
"Tormoz" insonlarda odatda avvalboshdan yechim haqida o'ylamaydi, ularning o'zgarmas pozitsasi — **shikoyatchi** ya'ni **"dunyo markazida faqat men va men eng oliy haqiqatman, boshqa hamma aybdor"** tamoyilida hayot kechiradi.
Tormoz inson asosiy qadriyati "shikoyat qilish", u barcha muammodan "shikoyatlari" bilan sirg'alib chiqib ketadi.
Tormoz inson tabiatiga ko'ra aybdor bo'lishi mumkin emas, chunki "shikoyat qilish" uning o'zgarmas qismi. Mabodo u o'zini aybdor his qilsa, o'zini aybdor his qilgani uchun boshqalarni ayblaydi. Chunki u tabiatan xatoni anglovchi va tan oluvchi emas, oqibatda unga yechim izlovchi bo'la olmaydi.
Muammoga yechim izlaydigan "tashabbuskor" insonda "yechim topuvchi" tamoyili markazda turadi. U har qanday masalaga yondoshishda avvalboshdan "yechim topishim kerak" niyati bilan qaraydi.
Tashabbuskor "men idealman" tamoyilidan farqli o'laroq, o'zini mukammal ekotizimning nuqsonli qismi sifatida ko'radi va shu ekotizimga qanday moslashish va uning mukammal elementiga aylanishga harakat qiladi. Bu orqali tashabbuskor, butun jamiyatga hissasi ortib boradi.
**Tormoz inson harakatdan oldin "shikoyat" pozitsasida bo'lsa, harakat paytida har doim "agar" tamoyilini o'rnatadi.**
Masalan: “Agar sharoitim boshqa bo‘lganida, agar ular yordam berganida…” kabi cheksiz "agar"lar olamida yashaydi, natijada ko'pdan-ko'p omadlarni qo'ldan boy beradi.
Tashabbuskor esa har doim imkoniyatlar eshigini izlaydi.
>Umuman olganda tormoz inson o'quvsiz emas, uning e'tiqodidagi jiddiy muammo sabab doim yiqiladi, omadsiz va badbaxt odamga aylanadi.
Tashabbuskor insonda bilim yetishmasligi muammo emas imkoniyatdir. Chunki yechimni kerakli bilimni o'rganishda deb ko'ra oladi. Tormoz inson tabiatida nuqsonlik bo'lmaydi, u mukammal bo'lgani uchun yangi bilimlarga muhtoj emas, qachonlardir ko'tarilib qolgan mukammal tormozi sababli o'rganishni to'xtatgan bo'ladi.
Tormoz inson hatto gapirmasada shikoyat qiladi, faqat uni hech kim eshitmaydi, lekin ziddiyatli vaziyatlarda tasavvurga sig'maydigan ajabtovur shikoyatlar bilan yoriladi. Shunda ham yechim uchun emas, shikoyatni izhor qilish uchun yoriladi.
>Tormoz inson uchun butun borliq unga moslashishi kerak, aks holda o'zi harakat qilmasada hamma narsa o'z-o'zidan bo'lib qolmagani uchun shikoyat qiladi.
Butun hayotim davomida tormoz insonlardanda shikoyatchiroq insonni ko'rmadim, hatto qur'oni karimda alohida oyatda shikoyat qiluvchiga alohida azob va'da qilingan ekan. (Niso surasi 147-oyatni qarang)
>[! danger] Umumiy qilib aytganda
>Tormoz inson bir ishga kirishishdan avval, o'sha ishni qilmaslik uchun cheksiz shikoyatlarni san'at darajasida topa oladi.
## 2. Yaxshiroq farqlash uchun misol keltiraman:
**🔻Tormoz inson** — mavjud og'ir vaziyatni yanada og'irlashtiradi
**🔹Tashabbuskor** — mavjud og'ir vaziyatni yaxshilashga urinadi
🔻**Tormoz** — “Menga hech kim yordam bermadi!” deydi.
🔹 **Tashabbuskor** — “Men qanday yordam so‘rashim kerak edi?” deb o‘zidan boshlaydi.
🔻**Tormoz —** harakatni boshqalardan kutadi.
🔹**Tashabbuskor —** harakatni o'zidan boshlaydi.
**🔻Tormoz** — o'zi hissiyotlariga qul
**🔹Tashabbuskor** — hissiyotlarini egasi va boshqaruvchisi
**🔻Tormoz** — Vaqtni muammoni muhokama qilish va pashshdan fil yasashga sarflaydi
**🔹Tashabbuskor** — Vaqtini tanqidga emas, **tuzatishga** sarflaydi.
🔻**Tormoz —** “Men shunaqaman” degan gap bilan o‘zini oqlaydi.
🔹**Tashabbuskor —** “Men qanday yaxshilanishim mumkin?” degan savol bilan yashaydi.
🔻**Tormoz —** tanqidni dushmanlik deb qabul qiladi.
🔹**Tashabbuskor —** tanqidni o‘sish uchun turtki deb biladi.
🔻**Tormoz —** javob kutadi.
🔹**Tashabbuskor —** savol topadi.
🔻**Tormoz —** Xodim: “Menga topshiriqlar noto‘g‘ri tushuntirilgan.”
🔹**Tashabbuskor —** Xodim: “Kerakli savollar berib tushunishga harakat qilaman.”
🔻**Tormoz —** bolasi yomon baho olsa, o'qishni yomonlaydi.
🔹**Tashabbuskor —** bolaning o‘qish muhitini tahlil qiladi va suhbat quradi.
🔻**Tormoz —** o‘zining hozirgi holatini “borim shu” deb hisoblaydi.
🔹**Tashabbuskor —** hozirgi holatini “boshlanish nuqtasi” deb ko‘radi.
🔻**Tormoz** — doim kutadi.
🔹**Tashabbuskor** — boshlaydi.
🔻**Tormoz —** hayotda tomoshabin.
🔹**Tashabbuskor —** hayotda ijrochi qahramon.
🔻**Tormoz —** Hech qanday yo‘l yo‘q!
🔹**Tashabbuskor —** “Yo‘lni men ochaman” deydi.
🔻**Tormoz inson —** tormoz fikrlarning mahbusidir.
🔹**Tashabbuskor —** yangi fikrlarni eshita oladigan, g'oyalar ichidan o‘zini topadigan sayohatchi.
Xullas
🔹**Tashabbuskor** jamiyatni o‘zgartirishga tayyor.
🔻**Tormoz** — jamiyatni o'zini yomon ko'rib qo'ya qoladi.
>[! tip] Ha aytgancha!
>Bularga tegishli bo'lmagan uchinchi alohida toifa ham mavjud, bu — Siz!
>Endi tanlash vaqti keldi! Tormoz bo'lasizmi yo Tashabbuskor?
**“Siz qaysi tomondasiz?”**
- Tanqidni yomon ko‘rasizmi yoki undan ilhom olasizmi?
- Yangi narsani o‘rganish sizga og‘irmi yoki qiziqmi?
- Aybdorni qidirasizmi yoki yechimni?
Agar javoblaringiz 2+ marta **yechim** tomonida bo‘lsa, sizda **Tashabbuskor ong** bor. Aks holda — ehtimol tormoz holatga tushib qolgansiz.
—————————
Xullas shunaqa "tormoz" tanishlarga yuborib qo'yamiz 😉
## 3. Yechim
#### Tashabbuskor bo'lish formulasining 3 qadami:
1. **Tan olish —** muammo borligini ochiq tan olish.
2. **Mas’uliyat —** yechimga o‘z ulushini qo‘shish.
3. **Harakat —** asta-sekin harakat qilish, o‘zgarishni boshlash.
#### Tormoz bo'lmaslik uchun nimalarni bilish lozim?
1. [[Mindset nazariyasi]] kitobini o'qish
2. [[Open Mind]] nimaligini tushunish
3. [[Lifelong learning]] kompetensiyani qadrlash
---
**L I N K L A R**
- [[Tafakkur tarzi]]
- [[Fikrlash tarzi]]
- [[Mindset nazariyasi]]
- [[Tafakkur tanazzuli — yozishdan voz kechish]]
- [[Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi]]