#samaradorlik / #maqsad
# SAMARADORLIK KALITI
Ko‘pincha, insonlar o‘z qiziqishlari yoki maqsadlariga chuqur sho‘ng‘igan paytda charchoq va zerikishni his qilmaydilar. Bu holat psixologiyada "flow" deb ataladi va yuqori darajadagi e'tibor hamda motivatsiya bilan ajralib turadi.
Biroq, inson qilayotgan ishining sababini unutib, harakatlariga yuzaki yondasha boshlasa, charchoq va sustlik paydo bo‘la boshlaydi. Maqsadsiz yoki ahamiyatini yo‘qotgan harakatlar ong ostida energiya manbaini kamaytiradi va insonni faoliyatidan tobora uzoqlashtiradi. Aslida esa, ichki kuch va energiyaning manbai — insonning chuqur anglangan maqsadi va motivatsiyasidir.
Agar doimiy ravishda zerikish va hissiy charchoqni his qilsangiz, bu — o‘zingizdan "Men nega buni qilayapman?" deb so‘rash va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini bildiradi.
Muallif: *Islombek Aliyev*
---
**L I N K L A R**
- [[Samaradorlik]]
- [[Maqsad]]
---
##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling:
- Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR)
- Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi)
- Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)