#samaradorlik / #shaxsiy_rivojlanish / #asos / #tartib
>[! tip] Samaradorlikning 1-qoidasi:
>*Takrorlanadigan ishlarni [[masdar]]iga jiddiy e'tibor berish.*
>
>**Qoida:** Bitta takrorlanuvchi jarayonni optimallashtirish — qolgan barcha takrorlanuvchi ishlarni tezlashtiradi.
#### Masdar — samaradorlikning asosi
“Masdar” (ya’ni birinchi manba yoki asosiy vosita) bu jarayonda katta rol o‘ynaydi. Masalan, Bank xodimi uchun masdar — pul sanaydigan apparat yoki grafik dizayner uchun — yaxshi kompyuter bo'lishi mumkin. Sprint yuguruvchi inson uchun yengil va qulay krasovka vahokazo.
Agar bu asosiy (masdar) vositalar optimal bo‘lsa, natija ham shunga yarasha yaxshi bo‘ladi.
> Xalqimiz bejiz aytmagan:
> **“Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur”**.
Umuman olganda samaradorlik eng optimal ish qurolida ish bajarishdir. Har doim ham 1 kamaz yukni paqirlab tashish to'g'ri bo'lavermaydi. Tajriban ma'lumki ko'plab "paqir"larni "arava"ga almashtirish optimal qaror bo'lishi mumkin.
### Uy sharoitidan misol
Masalan kiyim tanlash uchun ularni ko'rinadigan joyga tartib bilan avvaldan ilib qo'yish, ko'chaga olib chiqib ketiladigan nasrsalar (mashina kaliti, plastik kartalar, ro'molcha) vahokazolarni olish qulay bo'lgan joyda tartib bilan qoldirish ertalabki uydan chiqib ketish vaqtini qisqartiradi. Agar bu odat ko'p takrorlansa, uzoq muddatda sezilarli darjada vaqtni tejaydi.
> Bu xuddi tez yozishni 2 oy o'rganib 2 yil umrini tejab qolgan insonga qiyoslash mumkin.
Shuningdek hayolda ko'plab o'ylab yuradigan narsalarni ro'yxatga tushurish, takrorlanadigan narslarni yozib borish, masalan takrorlanadigan harajatlarni yozib qo'yish, insonni stressdan ozod qiladi.
Hayotimizda bu kabi takrorlanadigan narsalar juda ko'p, o'zingizni misoldan bitta takrorlanuvchi [[masdar]]ni yaxshilab ko'rganingizni yozib qoldiring.
---
[[Samaradorlik]] ← Oldingi post | Keyingi post → [[5S metodi]]
---
**L I N K L A R**
- [[Masdar]]
- [[Shaxsiy rivojlanish]]