#shaxsiy_rivojlanish / #ijtimoiy_loyiha / #telegram / #talim
>O'z hayotini yaxshilashni istovchi insonlar hamjamiyati
>[!info] Bizning missiya
>Har bir a’zoni o‘z salohiyatini kashf etishga, fikrlash doirasini kengaytirishga va hayotini ongli ravishda boshqarishga ilhomlantirish. Biz bilim, tajriba, muloqot va ma'naviy o‘sishga tayangan holda, insonni o‘zining mukammal versiyasiga yetaklaymiz.
### Shaxsiy rivojlanish klubining telegram guruhi ishlash tartibi
1. Istalgan kishi savol berishi va savolga istalgan kishi javob berishi mumkin, xulosani savol egasi chiqarib oladi. Xilma-xil fikrlardan sifatli xulosa chiqarish imkoniyati kattalashadi.
2. Telegramda video-live suhbatlar qilamiz, muloqot va savol-javob usulida o'tkaziladi.
*Jonli suhbatda qatnasholmaydigan bo'lsa, guruhga savollarni yozib (yoki audio shaklda) qoldiradi.*
>[! danger] Muhim eslatma
>**Imkon qadar jonli suhbatlarda muloqotda faol bo'ling, chunki fikrlarni ochiq bayon qilish shaxsiy rivojlanish timsolidir.**
>- Jonli muloqot — tafakkurni charxlaydi, shaxsni shakllantiradi.
>- Suhbat jarayoni faqat fikr almashinuvi emas, balki fikrni aniqlashtirish jarayonidir.
>- Jim qoladigan inson o‘zi bilmagan holda cheklanib boraveradi.
>- Bu holat ruhiy o‘sishning to‘xtab qolgan belgisi: Fikr bildirmaslik
>- Muloqotda faol bo‘lmagan kishi — o‘z fikriga o‘zi ham ishonmaydi.
>- Yashirin fikrlar hech qachon ijtimoiy o‘zgarishga sabab bo‘lmaydi.
>- Passivlik — imkoniyatlardan voz kechishdir.
Aytgancha, guruhdagi savollarga istalgan kishi javob berishiga to'sqinlik qilinmaydi, guruhda "[[Pluralizm]]" tamoyili mavjud.
##### Nima uchun Pluralizm kerak?
Insoniyatni klassik xatolaridan: "Paradigma asirligi" degan tushuncha bor.
U tushunchada:
Insonlar ko‘pincha o‘z tajribalaridan kelib chiqib, boshqalarga maslahat beradilar. "Shunday qilish kerak!", "Buni qilishing shart!", "Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi!" kabi qat’iy va keskin iboralar aynan shu sababli yuzaga keladi. Ammo, bu yondashuv ko‘pincha noto‘g‘ri xulosalarga va rivojlanish yo‘lining yopilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Pluralizm (xilma-xillik) muhim!
>Unutmang! Har bir insonda buyuklik urug‘i bor. Bizning vazifamiz — o‘sha urug‘ga suv quyish, uni o‘stirish va nihoyat, uni jamiyatga foyda keltiruvchi mevali daraxtga aylantirish.
### Tamoyillar
##### 1. Fikr uzra bahslashamiz
Har bir fikr — bir insonning tajribasi. Rad qilishga shoshmasdan, tushunishga harakat qilamiz.
_Bahs — fikrni charxlaydi. Ammo bu bahs shaxsga qarata emas, mavzu atrofida bo‘ladi. Chunki ko‘pincha fikrlar to‘qnashganda, haqiqat chaqnaydi._
##### 2. Siz qaramligidan — O'zim mustaqilligiga!
Hech kim hech kimni “rivojlantirib qo‘ya olmaydi.” Har kim o‘zgarish uchun o‘zi javobgar.
_Bu klub — jarayon, natija emas. Lekin to‘g‘ri jarayonda natija muqarrar._ [[Ozodlik piramidasi]]
##### 3. Maslahat – subyektiv, majburlash yo'q!
Fikrlar tajriba asosida bildiriladi, hech kim hech kimni muayyan yo‘lga majburlamaydi.
_“Men shunday qilgan edim” deyish mumkin, lekin “Sen shunday qilishing shart” yo‘q!_
##### 4. Ruhiy va axloqiy ekologiyaga sodiqlik
Toksik gaplar, istehzo, kamsitish, passiv tajovuz — qat’iyan taqiqlanadi.
_Biz bu yerda shaxsni yemaymiz, uni yuksaltiramiz._
##### 5. Pluralizm tamoyili
Fikrlar xilma-xilligi — o‘sishning zaminidir. Faqat bitta to‘g‘ri yo‘l bor degan fikrni targ‘ib qilmaymiz. *Ba'zida ilmiy va asosli fikrlar ustuvordir. Fikr bildirish — bu haqiqat izlashga qo‘shilmoqdir, shunchaki fikr bildirish emas.*
>[! danger] Unutmang!
>Biz izlanishdan to'xtagan paytimiz, boshiga qaytib qolamiz.
>[[Rivojlanish hikmati]]
---
**L I N K L A R**
- [[Shaxsiy rivojlanish]]
- [[Ozodlik piramidasi]]
- [[Samaradorlik]]
- [[Inson potensialining 7 ustuni]]
- [[Ijtimoiy loyihalarim]]
- [[Rahim Azim/Rahim Azim|Rahim Azim]]
- [[Ilm olish shartlari]]
- [[Rivojlanish hikmati]]