#kamchiliklar / #sotsiologiya / #nazariyalar / #tandiqiy #### 20 asr mashhur Psixolog Abraham Maslow tomonidan asos solingan "Ehtiyojlar piramidasi"ning kamchiliklari Ushbu nazariyani qo’llab-quvvatlovchi tadqiqotlar yetarli emasligiga qaramay, ehtiyojlar piramidasi psixologiyada keng o’rganiladi. 2011-yilda chop etilgan bir ilmiy ishda, Illinois universitetining tadqiqotchilari ehtiyojlar piramidasini sinovdan o’tkazishga kirishdi. Ularning aniqlashlaricha, ehtiyojlar qondirilishi va baxt hissi darajasi bir-biri bilan uzviy aloqador ekanligiga qaramay, yer yuzidagi turli millat vakillari eng muhim ehtiyojlar qondirilmagan sharoitda ham, hayotda o’z o’rnini topish va sotsial ehtiyojlar muhim ekanligini ta’kidlashgan. Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ehtiyojlar shaxs xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi kuchli motivatsiya bo’lishi mumkin, ammo bu ehtiyojlar shaxs hayotida, Maslou ta’riflaganidek, iyerarxik ahamiyat kasb etmaydi. #### X U L O S A Insonni boshlang'ich ta'limotlari ilohiy qadriyat - din bo'lsa, yashayotgan makoni madaniyatli, axloqiy muhit bo'lsa, bu inson psixologik piramidaga qaram bo'lib qolmaydi. Iqtisodiy ahvoli qiyin bo'lsa ham, ijtimoiy munosabatlarini yaxshilay oladi va odamlarni hurmat qila oladi va o'z-o'zini anglashga kuch topa oladi. --- **L I N K L A R** - [[Maslow piramidasi]]