#tarix / #mohiyat / #ilm_fan / #formal_talim / #talim
**Rivojlanishga xalal beruvchi omillardan biri — bu miyani o‘tmish bilimlari bilan to‘ldirish.** Bu vaziyatda miya o‘zini to‘liq va mukammal his qilib, ortiq o‘rganishga hojat sezmaydi. Shu taxlitda bilim olish insoniyat bajaradigan eng foydasiz yumushga aylanadi. Chunki tarixdagi ayrim ma’lumotlarni miyasida saqlab yurishga emas, balki muayyan yumushni uddalashga qodir odamni **o‘qimishli** deb atash mumkin. Ya’ni tarix o‘qituvchisining asosiy vazifasi cheksiz sanalarni yoddan aytib berish emas, balki o‘quvchilariga o‘z fanini qiziqarli usulda yetkaza olish, tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rgatishdir.
*(Henri Ford asari asosida, Dilbar Haydarova)*
---
**L I N K L A R**
- [[Mindset nazariyasi]]
- [[Fikrlash tarzi]]
- [[Tafakkur tarzi]]
- [[Statik fikrlash]]
- [[Growth Mindset]]
- [[Fixed mindset]]