#talim
>[!info] Loyiha haqida
>Bu loyiha ta’lim jarayonini vizualizatsiyalash orqali ilm olishni soddalashtirish va yoshlarimizni fikrlash darajasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
## Jamoa vazifasi: Nima qilamiz?
Bilim, tushuncha va murakkab nazariyalarni oddiy va tushunarli grafikalar hamda interaktiv elementlarga aylantiramiz.
## Loyiha qanday ishlaydi?
1. Vizual Ta'lim telegram guruhimizga qo'shiling: [Vizaul Ta'lim guruhi](https://t.me/+bahH6b8PWeMxOWMy)
2. Guruhda muhokamaga qo'yilgan o'zingizga yoqqan ixtiyoriy mavzu yoki Reference tanlang
3. Dizayn tayyorlang #vizual_talim hashtag qo'yish va ismingizni yozish esdan chiqmasin
4. Tayyor infografikagani dizayner o'z Behance platformasiga yuklagach [Vizual Ta'lim](https://www.behance.net/VizualTalim) Team sahifasida ko'rinadi.
## Tayyor dizaynlar qayerda post qilinadi?
> Tayyor infografiklarni hash_tag va dizayner ismini o‘chirmasdan barcha joyda post qilishga rozilik bildiramiz.
1. Blogerlar, kanal egalari
2. Ta'lim muassasalari
3. Darslik sifatida qo'llanish
*Oson ta'lim berish yo'lini tanlagan har qanday kishi post qilishi mumkin.*
> [!tip] Maqsadimiz
> Ta'limni vizualizatsiyalashtirish orqali ilm olish yo'lini osonlashtirish, natijada millatimiz yoshlarini fikrlash darajasini yangi bosqichga olib chiqishga hissa qo'shishdir.
## Loyiha foydalari
1. **Yechim topuvchi nodir dizayner:** Dizayner qancha ko'p vizualizatsiyalashtirgan dizayner, shunchalik ko'p yechim topishga mohir bo'lib boradi.
2. Millatimiz yoshlarini fikrlash doirasini yangi bosqichga olib chiqish, natijada yurtimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shish
>[!fail] Qanday ma'lumotlarni vizual qilish shart emas?
>- Dinamik ma'lumotlar: doimiy o'zgarib turuvchi statistikalar.
>- Shunchaki info: Fikrlash tarziga ta'sir o'tkazmaydigan shunchaki ma'lumot o'rnida qabul qilish mumkin bo'lgan narsalar.
## Dizaynerlar uchun chaqiriq
Faqat pul topishdan zerikib o'z kasb mahoratidan donat (ehson) qilishni istagan ijodkor dizaynerlarni ushbu loyihaga chaqirib qolaman. Bilimlarni zamonaviy yoritish orqali yurtimiz kelajagini birgalikda rivojlantiraylik!
## Ijodiy hakmorlikka chaqiramiz:
##### Agar siz:
- **Dizayner bo'lsangiz:**
- O'z ijodingiz bilan ta'lim sirlarini ochib, murakkab maʼlumotlarni oddiy va tushunarli qilib ifodalashga tayyormisiz?
- **Bloger bo'lsangiz:**
- Tayyor materialni o'z kanalingizda post qilish orqali yoshlarni ilhomlantirishga, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini oshirishga hissa qo‘shasizmi?
- **Ta'lim muassasalari, ustozlar va murabbiylar:**
- Eski qo'lyozmalarni jonlantirish vaqti keldi. Bilimning zamonaviy yondoshuvi bilan rivojlanishga hissa qo'shing!
## Nima uchun Vizual Ta'lim dizaynerlar uchun ahamiyatli bo'la oladi?
Chunki dizaynerlar faqat shu yo'l bilan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy, o'zgarishlarga yuksak tushunchalarni infografika qilib to'g'ridan to'g'ri ta'sir o'tkazishi mumkin. Ijtimoiy-siyosiy rivojlanishdan so'ng albatta o'sha yurtda iqtisodiy rivojlanish sezilarli darajada ortadi.
## Homiylik masalasi
> Loyihani homiy kompaniya va tashkilotlar moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashi mumkin.
#### Homiylik bosqichlari
1. Homiy tashkilot Behance'dagi [Vizual Ta'lim](https://www.behance.net/VizualTalim) sahifasidan o'ziga ma'qul kelgan dizaynerlarni tanlaydi.
2. Kelgusi bir yoki bir necha infografikalar uchun dizaynerga kelishilgan holda 100% to'lov qiladi.
3. Vizual Ta'lim loyihasini homiysi sifatida to'lov qilingan infografikalar ostiga "Homiy: Kompaniya nomi" yoziladi yoki logosi o'rnatiladi.
Homiylik orqali Vizual Ta'lim jamiyat vakillari qo'llab-quvvatlanadi, loyiha bardavomligi ta'minlanadi.
> [!abstract] Qanday tashkilotlar homiylik qilishi mumkin?
> 1. Ta'lim muassasalari, o'quv markazlar
> 2. Ta'limni qadrlovchi har qanday kompaniya va tashkilot
---
**L I N K L A R**
- [[Design]]
---
##### Mavzu bo'yicha muhokama guruhlarimizda faol bo'ling:
- Umumiy mavzular: [Muhokama guruhi](https://t.me/+T3vGGYkvPfZiFmRR)
- Produktiv dasturlar: [Notion | Obsidain Uzbekistan](https://t.me/+4yKt1ULLahtjNGJi)
- Jamiyat masalalari: [Vatandoshlar jamoasi](https://t.me/+Cqvl4_QJTr1lNmNi)