Endi esa MyPortfolio turkumidan

Odatda ko'pchilik dizaynerlar o'zlarini eski ishlarini hech qayerda oshkor qilmaydi.
Reputatsiyasiga futur yetmasligi uchun, katta kompaniyalarni ishini xunuk qilib chizib qo'ygan bo'lsa ham og'zaki falon ishni qilganman deb aytib o'tib ketishi mumkin, lekin post qilmaydi.

Bu dizaynerlarni urf-odatidan biroz uzoqlashgan holda, behance'da sahifa ochib 2014 yildan boshlab tayyorlagan deyarli barcha ishlarimni joylab bordim.

Chunki tajribamdan ko'p shogird tayyorlash o'tdi, yangi shogirdlarni eng nozik nuqtasi bu ularni tez depression holatga tushish.

Faktorlar sekin rivojlanishi, ba'zi ishlarni chiroyli chiqarolmaslik, ayniqsa faoliyatni avvalida chiroyli ishlar tayyorlay olmasa hafa bo'lish, shu holat uzoq davom etsa, oxir-oqibat moliyaviy qiyinchilikka duch kelib sohani tark qilish holatigacha yetib keladi.

Aynan shuning uchun 2014-2016 yilni o'zida 1000 dan ortiq ish tayyorlagan ekanman, shularni bitta qo'ymay Behance'dagi portfolio sahifamga joylab boryapman.

Maqsadim shuki, o'sha eski ishlarimni ko'rgan yangi dizaynerlar 99% mendan ancha yaxshiroq dizayn tayyorlash bilan dizayn kasbiga kirib kelayotganini vizual tushuntirish.

Nima demadiylar bo'lo'ramikin? 😉