Hikmatli suratlar tayyorlash
Tayyorlagan ko'p hikmatli suratlarim, dizaynni professional tarzda o'rganishimdan oldingi qilingan ishlar. Bu yo'nalishga asosan 2011 yili qiziqqaman va oradan hech qancha o'tmay shu qiziqishim tufayli, Islom.uz portali bosh administratori Abu Muslim aka bilan birgalikda ishlashni boshladim. Shundan so'ng, Islom.uz, Muslimaat.uz, Quran.uz, Oilam.uz kabi saytlarga hikmatli surat tayyorlash bilan shug'ullandim.
Bu ish o'z qiziqishim bilan bo'lgani uchun shtabniy ishchi sifatida oylikka ishlamadim. Shu tariqa havaskor sifatida 2000+ dan ziyod hikmatli surat tayyorladim. So'ng 2015 yili Ummat.uz'ga shu yo'nalish bo'yicha ishga taklif qilishdi, u yerda bosh dizayner bo'lib ishladim, 2016 yili Ummat.uz faoliyati vaqtincha to'xtatildi, so'ng Alisher Muhammadiyev Mehrob.uz'ga taklif qildilar, so'ngra 2021 yil Yanvar oyigacha Mehrob.uz'da bosh dizayner bo'lib ishladim.
Mehrob.uz'dagi 1 ta tayyorlagan ishimga misol
Umumiy holatda mazkur yo'nalishda jami 4000+ dan ziyod dizayn tayyorlagan bo'lsam kerak, vallohu a'lam. Ularni 2 qismga ajratsak, dizaynni o'rganishimdan oldin ya'ni 2016 yilgacha, so'ngra mehrob.uz'dagi professional tarzda dizaynni o'rganganimdan so'ng tayyorlagan ishlarim.
Aynan Mehrob.uz'da turkum hikmatli suratlarni yo'lga qo'ygandim, ulardan eng kattalari "Oyatlar turkumi", "Ramazonga 30 kun qoldi" turkum, hamda "Alloh taoloning 99 ismi sifatlari" turkumi.
Behance Portfolioyimda yillarga ajratib qo'ydim, ya'ni har ikkisi holatni ko'rib oradagi farqni sezilarli farqlab olish mumkin.
Endi qisqacha darsni boshlaymiz
Hikmatli surat tayyorlashdagi matnni ajratish
Matnni asosan 5 ta holatda birini biridan ajrata olamiz
- Hajm (size, razmer)
- Space (bir biriga nisbatan masofasi, ya'ni orasini ochish)
- Font va Font Family bilan (regular, bold, italic).
- Color (bir xil bosmdagi 2 xil rang bilan ajratish mumkin)
- Opacity & Bosim
Hikmatli suratdan boshqa Commercy (biznes uchun) dizaynlarda yuqoridagi tipografiya qoidalarini shunchaki matnni farqlash uchun ishlatiladi. Lekin hikmatli suratlarda biroz boshqacharoq ishlatish mumkin.
Ma'noni bog'lash, Ma'noni ajratish, Mavzu qo'yish, mavzu matni, ismlar, mualliflar vahokazo.
Bir necha misollar ⬇️
Bu yerda ma'no bog'lashni color (matnni rang bilan bo'yash) uslidan foydalanilgan.
Ya'ni e'tibor qiling 2 xil rang, lekin 1 ta rangni birga o'qisam, to'liq ma'noni ochib bera oladi.
To'liq matn: "Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan, Din ham ketdi dunyo ham ketdi qo'limizdan" bo'lsa.
1 xil rangni o'qisak: "Dunyo yamadik, Din ketdi"
Ma'no bog'lashni color usulidan: "Sukut, omonlikdir"
Bu narsaga yuzlab misollarim bor, lekin shu 2 tasi bilan kifoyalanamiz.
Tipografiyani biroz o'rganib olgan bo'lsak, endi hikmatli suratlarni asosiy shartlaridan, surat bilan ma'no bog'lashni o'rganamiz.
Matn bilan suratni ma'no jihatdan bog'lash
Matndagi hissiyotni suratda ochib berilmoqda, "boshi devolga urilganida" afsus nadomat bilan
Odamlarni rozi qilish deganda, bir inson bohqa bir insonga cheksiz zina poya chizib beryapti. Ya'ni istaganicha chizishi mumkin, oxiri yo'q, baribir tugamaydi. Ya'ni matnga aytilganidek "Yetib bo'lmas orzu..."
Zohirini (front, ustini) yaxshi qilib ko'rsatyapti.
Bu yerda 2 ta ish bajarilgan.
1. Zulm, Azob, so'zlarini azob uqubatga sabab bo'luvchi ish sifatida Jazo so'ziga bog'lanyapti.
2. Shriftdagi effektlar jazoga dalolat qilyapti, ya'ni matnni atmosferasi umumiy dizaynda ham shriftda ham ochib berilmoqda.
Asosiy urg'u yovuzlikdan keyingi natijaga qaratilgan. So'z bilan surat atmosferasi bo'glangan.
Kahf surasidagi oyat ma'nosiga, bola ham bor dunyo ham bor.
Haqiqatni chirog'i so'nmaydi deyilyapti.
Lampada sim yo'q, ammo o'chgani ham yo'q.
G'azab, jinnilik, Nadomat. Har ikkisi ham mushuksimonlar oilasiga mansub. Matndagi ma'no ochib berilgan.
Suratda Fitna bir boshlanib ketsa uni to'xtatish qiyin degan ma'no bor.
Bu yerda matnda ikkiyuzlamachi so'zi ham — 2 xil rangda, ayiq ham.
Xulosa shuki
Hikmatli surat yasovchi fikrlab yasashi kerak, lyuboy bitta fonga prosta matn yozib qo'yish dizayn degani emas.
Dizayner fikr yuritmasa dizayner degani emas.
Agar hikmatli surat tafakkurga undamasa, hikmatli surat deyilmaydi, balki hikmatli matn deyiladi.
Aslida bu darsni aslida Designers Uzbekistan guruhida 2018 yili o'tgandim.
Maqola uzun bo'lib ketmasligi uchun qolgan ba'zi misollarni guruhga 4 yil oldin yuborgandim, yoki bo'lmasa shu paytgacha tayyorlagan dizaynlarimni shaxsiy portfolio sahifamga bo'limlarga ajratib va yillar bilan nomlab joylab qo'yaman, o'sha yerdan bemalol ko'rib olaverasizlar.
Mobodo savollar bo'lib qolsa guruhga @rahimjon_gaziyev deb belgilab yozarsizlar.
Shaxsiy portfolio (Behance) sahifamni ko'rish uchun:
https://www.behance.net/rahimjongaziyev
Muallif: Rahimjon Gaziyev
(usta grafik dizayner)
Comments ()