Kapalak (she'r)
Kecha soyamga salom berganlar,
Bugun ustimdan handon kuldilar.
Yuzimga aytolmay aytar so‘zlarin,
Ortimdan bearmon g‘iybat qildilar.
Qalb ko‘zi ko‘r tan olmas sira,
Afsus, paydo bo‘ldi shunday kimsalar.
Endi men ularni sog‘lom demayman,
Endi men ularni do'st ham demayman,
Kimligini unutgan shogirdlarimga
Oxir bundan afzal darsim qolmadi.
Tarixini unutgan kim bo‘lsa bo‘lsin,
Atayman bundan so‘ng, nonko‘r kimsalar.
Ilmim yo‘q desalar ilm beribman,
Pulim yo‘q desalar pullar beribman,
Joyim yo‘q desalar joy ham beribman,
Xohlasalar bas, birga taomlanibman.
Ne‘matlarni anglolmay sarmast ketdilar,
O‘zligini yo‘qotgan nokas kimsalar.
Endi qanday til borsin shogird demoqqa
Endi qanday dil borki yaxshi ko‘rmoqqa
Bir paytlar shogirdim deb faxrlanardim
Hatto ukamdan ko‘proq yaxshi ko‘rardim
Ko‘nglim bilan o‘ynashdi yuzsiz kimsalar
Muhabbatni pulga sotgan badbaxt kimsalar
Yaxshilik qilsa inson unutar bir kun,
Chunki u insondir - unutguvchidir.
Lek o‘gir kunda tashlab ketilsa,
Istasa ham unutolmas hech qachon.
Eng og‘ir kunimda tashlab ketdilar
Orqa oldi tutashgan nomard kimsalar
Bizga kasb o‘rgating deb hurmat qildilar,
Ishonchingiz oqlayman deb ishontirdilar.
Mana, Alloh guvoh deya qasam ichsalar,
Xudo nomiga aldamas debman.
Yolg‘on qasam ichdi-ku kazzobmi bular?
Shaytonga qalbi sarson dajjol kimsalar.
Xato qilsalar o‘rganar deb kutibman
O'z holimdan pastroq tushib olibman
Asta-asta qadam bosib o‘rgatsam
Yosh bollarni menga tenglashtirdilar
Holatimdan voz kechib ilm bersam
Qalbimga tig‘ tortdi vaxshiy kimsalar
Bilmsizlik payti ustozim siz deb,
E‘tirof qildilar ba‘zi bir joyda.
Lekin pul topishni o‘rganib olib,
O‘zim o‘rgandim deb ko‘krak kerdilar.
Faqat dunyo ekan dardu nolasi,
Diyonatga zor dahriy kimsalar
Ustoz roziligi eng muhim ish deb,
Ish buyursam vaqtim yo‘q deb ketdilar.
O‘rgatmoqqa doim vaqt topganimda
O‘zim qolib men bularga o‘rgatibman
Vaqtlarimni ichib ketdi qonho'r o‘g‘rilar
Qiyomatda bo‘yni qarzdor kimsalar
Qo‘lidan tortganga xiyonat qilib,
Bugun uch to‘rtasi birlashib olib,
Sadoqatni isrof qilgan kimsalar,
Endi bir-biridan sadoqat izlar.
Masdarini payxon qilmish johillar,
Duo olmay qarg‘ish olgan kimsalar.
Olinglar sizga o‘sha la‘nati dunyo
Qanoatni bitirgan qashshoq kimsalar.
Senlar uchun ham Parvardigor bor
Aytsam aytmasam qaytar dunyo bor
Nazardan qoldi bu go‘r so‘xtalar,
O'z qalbini yuvgan g'assol kimsalar.
© Rahimjon Gaziyev (kompyuter ustasi) 2021 yil, 1-Oktyabr
Comments ()