KATTA YURAKLI HOT-DOGchi

KATTA YURAKLI HOT-DOGchi

Ishda, qornim ochgach soat 3:00 larda, lavash olish uchun tashqariga chiqdim. Uzoq bo‘lmagani sababli moshinani ishxonada qoldirib, piyoda yo‘l oldim.

Svetofor bekatida joylashgan MaxWayga borib yetganimda, kassadagi xodima yopilish vaqti kelganini aytdi. So‘ng boshqa Fast-Food joyi haqida so‘rasam, EVOSni ko‘rsatishdi. U yerga yetganimda ham, ular ham yig‘ishtirayotgan edi. 1 ta lavash so‘rasam, ular ham berkilganini aytdi.

Boshqa joy uzoq bo‘lgani sabab ishxonaga qaytib, velosipedni oldim. Rasmiy uchrashuvlar bo'lmaydigan kunlari qadimiy kiyimlarimni kiyish odat bo'lgani uchun yuvilmagan velosipedga juda mos edim.

Havo harorati 13°C (gradus) velosipedda tez yurish foydali bo'lmaydi, lekin yo'l uzoq xullas "Fedup"ga yetib bordim. Lekin u yerdagi ishchilar ham yopilishga tayyorlanayotgan ekan.

Keyin, "Yangi Hayot" tomonidan 3-bekatga yetib bordim. U yerda kichik do‘konning chirog‘i yoniq edi, u go'yoki najot nuri edi. Do‘kondagi hot-dogchi, taksistlar bilan yaxshi kayfiyatda edi. Men hot-dog bera olasizmi deb so‘radim.

— "Qanaqasidan tayyorlab beray?" deb so‘radi u.

Rasmda 17,000, 24,000 va 32,000 so‘mlik hot-doglar bor edi. Men 32,000 so‘mlik qanday bo‘lishini so‘radim. Sotuvchi qo‘shimcha bedana tuxumi va go‘sht qo‘shilgan hot-dogni tasvirladi.
(hot-dogchini har bir savoliyu muomalasi judayam a'lo edi)

Pulim asosan kartada edi va yonimda faqat parkovka uchun olib qo'yilgan 5,000 so'mliklardan iborat 30,000 so‘m pul bor ekan, "24,000 so‘mlik hot-dog qibera qoling" dedim. Lekin HotDogchi, 32,000 so‘mlik hot-dog tayyorladi va mendan tabassumli hurmat bilan 24,000 so‘m olib, yoqimli ishtaha tiladi.


— Bugun qonun chiqaruvchilar: "yana qanday qonunlar chiqarsak, xalqni 15 kunlik topadigan pulini bittada olib qo'yamiz" deb o'ylayotgan paytda,
— Amaldorlar esa: "nima qilsak loyihalarni qilmaslik evaziga budjetdan urib qolsak bo'ladi" deb o'ylayotgan paytda,
— Boylar esa, 2 qavatli uyini 3 qavat qilish haqida o'ylayotgan bir vaqtda oddiy bir hot-dogchi naqadar buyuk ish qildi!

Haqiqatan ham, "Yaxshilik qilish uchun katta odam bo‘lish shart emas", edi.

────────────
Odamlar yashaydi, hatto eslolmaysan ham,
Odamlar yashaydi, aslo unutmaysan ham!
Baxtli odam yasholmas faqatgina foniyda,
Chin baxtiyor yashaydi odamlarning qalbida.

(Rahim Azim, 30.09.2024 4:52)