Mehribonlik uyidan odob
[4 dekabr 2021 yil]
(Postni davom ettirib qo‘yay)
Mehribonlik uyida faqat tadbir taassurot bilan qaytmadim.
Birinchi marta kirib borishimda bir ajablanarli holatga ko‘zim tushdi.
Katta darvozadan kirib bordim, maktab hovlisidan ichkari tomon yurib boryapman, yo‘lakdan paydar-pay bolalar kelayotgandi, meni notanish odamligimni bilishdida, darhol qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi so'ng yaqinlashganda salom berdi "Assalomu alaykum", deb. So‘ngra uni orqasidagi huddi shu ishni takrorlandi, so‘ngra yana, so‘ngra yana, nechta bola yo‘lakdan yuzma yuz o‘tgan bo‘lsa hammasi bir xil shu holatni takrorladi. Men ochig‘i xayratga tushdim, chunki bu ajib tartibni umrimda birinchi marta jonli guvohi bo‘layotgandim.
Yonimdagi bollarga aytgandim, e‘tibor beringlar biron defektsiz shu ishni takror qilishyapti deb, bollarni ko‘zlarida ham xayratni ko‘rdim, bollarga ham shunday qilishsa menga xayrat bilan qarab qo‘yishdi.
Bu holatni huddi umrida hurmat ko‘rmagan odam o‘zini hurmatli his qilishiga o‘xshatish mumkin ))
Ajib holat shunchaki ko‘ksiga qo‘lini qo‘yib salom berishlarida emasdi. Buni o‘zimiz ham yoshligimizda qilganmiz, o‘rgatishgan boshqalarda ham ko‘rganmiz, lekin aynan o‘sha mehribonlik uyidagi bollar qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganda bizga o‘xshab lallayib qo‘lini umuman gavdasidan pasiga qo‘ymas ekan, bu sifatni takrorlanishi juda ajoyib, ko‘rinishi esa chin dildan hurmat qilayotganini bildirardi, hammasini salomi addushiy edi.
Ularni ko‘rib eng odobsiz biz ekanmiz dedim.
Maktab statistikasiga ko‘ra 70-80% rus o‘g‘il qizlar edi. Lekin baribir bir xilda qo‘li 45 gradus chap yelkasigacha ko‘tarilgan ko‘ksi ustida "Assalomu alaykum".
Eto prosto genialno!
Shundan so‘ng bollarni harakatini yodlab, ulardan yangi odob o‘rgandim va har safar ustozimni ko‘rganimda shu harakatni takror qiladigan bo‘ldim. Qo‘lim maksimal tepaga ko‘tarilgan va salom.
Ustoz o‘tirgan bo‘lsalar ham oldilaridan o‘tib ketayotib ham shunday qilib o‘tsam, ustoz bu ishimga tabassum qiladigan bo‘ldilar va so‘ramasam ham qalblarida yashirilgan eng daqiq ilmlarni ham o‘rgatishni boshladilar. 😊
O‘sha yerga borganimga hamd aytdim.
Ta'limul muta'allim kitobida: "Aytildi: (Ilmga) yetuvchi faqat (ustoz, ilm va uning ahlini va undan boshqalarni) hurmatlash, eʼzozlash bilan yetadi". deyilgan.
("Oʻquvchiga taʼlim olish yoʻlini oʻrgatish" kitobidan)
"Hayotimdan qissalar" ruknidan
Instagram sahifamdagi postdan olindi:
https://www.instagram.com/p/CXX4tjPKAEf/?utm_source=ig_web_copy_link
Comments ()