Muqaddima
Kitob maqsadi
- Bu kitob qisqa yo'l, isboti topilgan tajribalar, hayot va dunyoning qanday tartibda ishlashini ifodalovchi, azaliy mohiyatlarni o’zida mujassam etgan tafakkurlar to'plamidir.
- Inson hayotda yillar davomida bosib o'tib, asta-sekin tushunib yetadigan mohiyatlarni, ushbu asar muddatidan avval qisqa satrlar orqali ochib beradi.
Kirish
Muallif sifatida umrimning ko‘p qismini hayot mohiyatini izlash bilan o‘tkazdim. Har gal yangi bir mohiyatni kashf etganimda, "Afsus, ushbu bilimlarni avvalroq bilganimda, hayotim yanada mazmunli bo‘lar edi", degan xulosaga kelardim. Yillar davomida anglagan mohiyatlarimni kundaligimga parcha-parcha yozib bordim. Oqibatda, ularning barchasi yaxlitlik kasb etdi va "Hayot mohiyati" kitobiga aylandi.
Ushbu dolzarb asarni yozish jarayonida 1000 dan ortiq manbani o‘rganib chiqdim. Umid qilamanki, bu kitobni mutolaa qilish orqali siz yuzlab asarlarning donishmandligini bir joyda o‘zlashtira olasiz.
Niyatim
Hayotning asl mohiyatini anglashga ko’maklashish va natijada baxtli hayot kechirish yo’llarini o’rgatishni iroda qildim va yaxshi ko’rdim.
📚 Hayot-mohiyati kitobi, 2-3-betlar. Rahim Azim
Comments ()