Nega shogirdlarim bu qadar qadrli?

Men juda ko‘p shogirdlarga ishonch bildirganman, mana shu ishonch sabab, ularga ko‘proq e‘tibor va ko‘proq vaqt ajratdim.

Lekin afsuski "Узбекская мечта" (aksariyat O‘zbeklarga tekkan ma‘rifatsizlik kasali - materializm qobig‘i) sababidan judayam ko‘plarini yo‘qotdim.

Vaholanki ilm - ma‘rifat bo‘lmasa, har qancha moddiyatlar insonga zarradek foyda bermaydi.

Yo‘qotishlar insonni sabrini sinar, ruhiyatini esa metn qilar ekan.

Umidsizlik tushkunlikni, ishonch esa g‘ayratni olib kelarkan.

Ishonch bildirilgan inson ishonchni oqlamasa nadomatni, aldaganda esa g‘azabni olib kelarkan.

Bildirilgan ishonch oqlanmasa, yo‘qotishlar mayda sabablar bo‘lsa va aldanishlar soni ko‘payib ketsa, inson shogirdlarga nisbatan qo‘pollashib qolar ekan.

Ba‘zilariga oylab vaqtizi sarf qilasiz, ba‘zilariga 6 oylab, ba‘zilariga hatto yillab, dam olish kunsiz har kuni uni rivojlanishi uchun o‘ziz uchun mlrd marta kichik va mlrd marta zarikarli takror narsalarni qayta qayta tushuntirasiz.

Ishonchni oqlamagan shogirdlar, bajarilmagan vadalar ko‘payib ketganidan, haqiqatan bugungi kundagi shogirdlarimga tabiatan qo‘polroq bo‘lib qoldim.

Lekin mana shu tuturiqsiz shogirdlarni soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, yonimdagilarni qadri shunchalik balandlab bormoqda.

Avvalgilarga ko‘proq ishonch bildirilgandi, ko‘proq vaqt ajratilar edi. Bugungilarda ikkisi ham kamroq ammo (qo‘pol bo‘lsam ham) ne‘matni qadriga yetishyapti.

Mana shu qo‘pollikni menga meros qilib qoldirgan tuturiqsiz shogirdlardan hozir qanchalik nafratlansam,
Ne‘matlarni borligida qadriga yetib, ishonchimni oqlayotgan shogirdlarimni shunchalik yaxshi ko‘raman.

Bir kun o‘zlari ham albatta qadr topishadi.
Zavol qilgan, zavol topadi.

(10 noyabr 2020 yil)

Instagram sahifamdagi postdan olindi:
https://www.instagram.com/p/CLTVrRogfh8/