Oqibat loyihasi haqida
Sherik tanlash
Mazkur loyihani 7 yil razrabotka qildim. 17 noyabr kuni kompaniyaga nom topgach, loyiha barakali va bardavom bo'lishi uchun sherik izlashni boshladim.
O'zimga ham sheriklarimga ham manfaatli bo'lishi uchun, kompaniyani yarim aksiyasini ulashmoqchi edim. Loyihani yil oxirigacha ishga tushirishni niyat qilganim uchun, shu vaqtgacha sherik topolmadim.
Shundan so'ng bugun tuni bilan o'ylab, o'zim istagan sifatlardan ancha afzalroq sherik topishga muvaffaq bo'ldim. Sherikning sifatlari shunchalik yaxshiligidan va o'ta mulkdorligidan kompaniyani yarim aksiyasiga sherik qilishga uyaldim. Hamda sherigimga 10/9 qismini berib o'zim 10/1 ulush olishga qaror qildim. Shunda 90% ulushga Alloh taoloni sherik qilib, 10% ulushni o'zimda qoldirdim. Buni evaziga xuddi xorlik (avvalgi ilmsizlik) paytimda ilm degan eng oliy ne'mat bilan to'g'ri yo'l ko'rsatgani kabi, bundan keyin ham O'zi to'g'ri yo'l ko'rsatadi degan umiddaman.
90% ulushdan tushgan foydani, xayriya fondlariga, ijtimoiy loyihalarga vahokazo yaxshilik yo'lida sarf qilishimni rejalashtirdim. Ishonchim komilki sherigi Alloh taolo bo'lgan kompaniyani molini ximoya qiladi va ko'plab barakalar ato qiladi.
Shunday qilib, bugun 2021 yil 31 dekabr kuni Oqibat loyihasiga start berdim.
Loyiha ishga tushguncha bo'lgan tarix
Mazkur loyihani ishga tushirishni 2014 yili rejalashtirgandim, u payt Moskvada qora ishchi bo'lib, masofadan esa islom.uz portalida Abu Muslim akani yordamchilari sifatida ishlardim. Biroq u payt bilim va salohiyatim hamda dizayndagi 6 yillik tajriba bilan shunchaki dizayn tayyorlashga yetardi xolos. Shu sababdan loyihani ishga tushirishim anchagina kechikib ketdi.
2015 yil opamdan 200$ qarz olib Toshkentga ish izlab keldim, ishga kirgach, muharrirlik tajribamni oshirish maqsadida, hazratimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning yuzdan ortiq kitoblarini yozgan bosh muharrirlari Ozod Munavvar ustoz huzurlariga bordim, kerakli bilim va ko'rsatmalarni oldim, judayam ko'p narsa o'rgandim. So'ngra muharrirlik uchun ishga kirgan joyim moliyaviy muammoga duch kelib ishchilarni qisqartirishdi.
So'ngra 2016 yil dizaynni o'rganish uchun ustoz qidirdim. Chunki chiqimlarimni zudlik bilan qoplash uchun kunlik daromad zarur edi. 2008 yili fotoshopni professional darajada o'rganganim uchun, shu sohadagi uzoq yillik tajriba bilan Toshkentda kunlik daromad topa olarman deb, arzon dizayn xizmatlari bilan shug'ullanib, Muazzamoy ustozdan kompyuter grafikasi va dizaynni yangi bosiqch darajasida o'rgandim. So'ngra ustoz, mendan o'rganib bo'lding, endi senga kattaroq ustoz kerak deb, o'z ustozlariga yubordilar. Javohir Nazarov (dizayndan o'ta kuchli) ustozdan grafik dizaynni fundamental bilimlarini o'rgandim, so'ngra taqdir toqozosi bilan o'zim ixlos qilgan inson bilan ko'rishib qoldik, u kishi brending dizayndan kuchli ustoz Bahrom Kalonov edi. Bahrom Kalonov ustozdan brending va marketing yo'nalishlarini o'rgandim. So'ngra marketingga bo'lgan qiziqishim ortib ketib, 2018 yili dizayn tayyorlashni to'xtatib, marketingni chuqurroq o'rganishga kirishdim, shu sababdan juda ko'p joylarda katta katta dizaynerlarga art direktorlik vazifasini bajarish nasib qildi. Marketingni ham o'rganganim uchun dizaynerlik qilmay, art direktorlik vazifasini bajara boshladim. Marketing yo'nalishini 2 yildan ortiqroq muddat o'rgandim.
Lekin kompaniyani yuritish uchun faqatgina dizayn yoki marketingni bilish kamlik qilar ekan, xullas 2020 yil boshida, kompaniyamda biznes jarayonlarda muammolar kelib chiqa boshladi. Shundan so'ng, darhol biznes jarayonlarni qanday qilib avtomatlashtirish va optimizatsiyalashtirish yo'lini izlashga kirishdim. Natijada avvalgi kasblarim qolib tamoman BPR (Business process reengineering) yo'nalishiga shong'ib ketdim. Bu yo'nalish ichida "Product management" yo'nalishini ham o'zlashtirishga harakat qildim. Bu bosqichlar 2 yilcha davom etgach, Oqibat loyihasini ishga tushurishga tayyor ekanimni chin qalbdan tushunib yetdim. Bu xuddi 2016 yili psduz (hozirgi redfox) kompaniyasini tashkillashga tayyor ekanimni his qilganim kabi bo'ldi. Tajribali, katta IT direktor Anvar Odilov: "Kerakli paytda sahnaga chiqishni bilish kerak", deganlaridek, 2016 yili yurtimizda digital marketingga zarurat tobora ortib borayotgandi. Xuddi shunga o'xshaganidek, Oqibat loyihasini ishga tushurish uchun ham, bugun yurtimizda kerakli muammolar voqe bo'lib ulgurdi, hamda platformasini tayyorlash uchun kerakli texnologiyalar yurtimizga ham kirib keldi.
Nom tanlash jarayoni
Oqibat loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda
Loyihada qatnashmoqchi bo'lganlarni Oqibat jamoasiga taklif qilaman.
Comments ()