O‘qish va davomli mutolaaning foydalari
- Vasvasa, g‘am-anduhlarni haydaydi.
- Nohaqlikka tushishdan uzoq bo‘ladi.
- Bekorchilardan yiroq bo‘ladi.
- Til burro bo‘ladi, kalom mashqini oladi, ohang qilib so‘zlamaydi, balog‘at, fasohatga zeb bermaydi.
- Aql rivojlanadi, zehn yangilanadi, xotira kuchayadi.
- Bilimga boy bo‘lib, yodlash, tushunchasi ko‘p bo‘ladi.
- Insonlar tajribalarini, ulug‘lar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini o‘zlashtiradi.
- Ilmiy malakasini oshiradi, hayot haqidagi madaniy onggini oshiradi.
- Iymoni ziyoda bo‘ladi xususan Islom dini haqidagi kitoblarni o‘qiganda. Zero, kitob eng buyuk nasihatchi, yomonliklardan qaytarguvchi va yaxshi ishlarga buyurguvchidir.
- Zehn parishonligidan, qalb bo‘linishidan, vaqt zoye’ bo‘lishidan panoh topadi.
- So‘zni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini, jumla tushunchasini, hikmat sirlarini anglaydi.
Oiz Qarniy "O‘kinma" kitobidan
Comments ()