Samsung'dan Apple'ga (iOS taassurotlarim)
Shu kunlarda iOS (mobil operatsion tizim)ni ham test qilib ko'rayotgandim.
10 kunlik hulosalarni o'zida, Androidlarda mavjud bo'lgan ko'p yangiliklar iOS'da mavjud emas ekan.
Ko'p kamchiliklar aynan Hardware qismi bilan bog'liq. Quvvatning uzoq muddatga yetmasligi, quvvat olish muddatini judayam uzoqligi. Misol androidlar ishlatganlar uchun 1 soatu 50 minutda zaryad oldirish judayam daxshatli holat. Samsung fast charger'da bu ishni 45 minutda amalga oshiriladi.
Ko'chaga shoshilinch chiqib ketmoqchi bo'lsangiz, 10 minutda quvvatni 45% gacha to'ladi va bu 45% bilan kuni bo'yi yuraverasiz.
Quvvatni tejash funksiyasi ham umuman mavjud emas. 15% quvvat bilan 6 soat yurolmaysiz.
MagSafe deb marketing qilib maqtab chiqqan narsalari Samsung flagmanlarida 3 yil oldin chiqqan edi. Bo'lib ham to'liq quvvatlantirish uchun 1 soat kifoya bo'lgan. MagSafe'da esa 3 soatu 20 daqiqadan kam vaqtda quvvatlantirish imkonsiz. Bular nimasini maqtab chiqyapti tushunmadim. 3 yarim soatda quvvatlantirgani uchun Apple kompaniyasi uyalsa bo'lardi.
Apple kompaniyasi ko'p zamondan orqada qolib ketibdi. Buni Samsung ishlatganlar yaxshiroq tushunadi.
iOS (operatsion tizimi) ham 10 yil oldin qanday bo'lgan bo'lsa, hozirgacha shundayligicha qolibdi, u vaqt ichida Android ancha rivojlanib ketdi.
UX (qulaylik) jihatdan ham qator kamchiliklar bor. Misol bosh sahifadagi iconlarni o'zingiz istagandek joylashtirolmaysiz. Sizga majburlab joylab qo'yadi. Samsungda joylashtirgan kombinatsamni hosil qilish uchun soatlab vaqtim ketdi.
Bildirishnomani ochish uchun, qo'ng'izni kilometr tepaga ko'tarib kamerani tepasidan pastga tortishiz kerak. Samsung'da istalgan joydan pastga tortib bildirishnomalarni ochish mumkin edi.
Oynada doimiy soatni ko'rsatib turish funksiyasi umuman mavjud emas.Soatni bilish kerak bo'lsa, doim tugmani bosish shart.
Ovozsiz rejimga o'tkazib qo'yganizi hech qachon bilolmaysiz. Uni bilish uchun, o'sha tugmani qayta qayta ishlatib ko'rish kerak. Samsung esa doim bildirishnoma tepasida ko'rsatib turadi, qanday statusda turganini.
Har bir shogirdlarimni "быстрый набор" funksiyasi orqali 1 raqamdan 10 raqamgacha belgilab qo'ygandim, (100 tagacha kontakt belgilash mumkin) kerakli payt 1 ta tugma bilan qo'ng'iroq qilardim (har doim, har kuni). Lekin ming afsuski zamondan 10 yil orqada qolib ketgan iOS operatsion tizimida faqat favorite kontakt qilish orqali qo'ng'iroq qilish mumkin ekan.
Samsung'da qo'ng'iroqlar oynasida kerakli kontaktni o'ngga yoki chapga surish bilan yoki qo'ng'iroq qilish mumkin, yoki sms yozish mumkin. iOS'da ovora bo'lmang na o'ngga na chapga siljish funksiyasi mavjud emas, hammasini bir necha tugmalar kombinatsiyasi orqali bajarasiz.
Comments ()