Shogird qabul 2024

Shogird qabul 2024

Bo’sh o’rinlar: 2 ta

Shogird o’rni odatda 1 soat yoki uzog’i bilan 1 sutka ichida band bo’ladi, chunki eski shogirdlar ishga joylashib, yangi shogird o’rni bo’shashini judayam ko’pchilik kutadi.

Barcha yo’nalishlar uchun
umumiy talablar:

  • Maktabni bitirgan bo’lishi;
  • 6 ish kuni va kun davomida (full-time) vaqti bo'lishi;
  • O’rganish uchun kamida 1 yil vaqt ajratish;

Bu umumiy talablar topilmasa "Yo'nalishlar bo'yicha talablar"ga ham mos kelmaydi.


Yo’nalishlar bo’yicha talablar:

Grafik dizayn yo’nalishida talablar:

  • Grafik dizayn yo’nalishida kamida 1 yillik tajriba bo’lishi. (tajribam davomida 5-6 yil ba’zida 10-15 yillik tajribasi bor dizaynerlar ham shogird bo'lib malaka oshirishgan)

Management yo’nalishida talablar:

  • Yuzma yuz va telefonda yaxshi gaplasha olish
  • Chatda xatosiz yozish

Veb dizayn yo'nalishida talablar:

  • 6 oylik tajriba yoki portfoliosida kamida 15 ta loyiha;

Tajriba oshirish uchun shogird bo’lish talablari:

Umumiy talablar kifoya


📩 Kontakt: [@miraziz_manager]

🏢 Manzil: Toshkent sh., Sergeli tum., PDP Universiteti binosi.

📞+998(33) 240-40-40

Agar talablarga mos kelsangiz telegram orqali murojat qoldiring. Eng avval o'ziz haqizda qisqacha yozib qo'ying, masalan qayerliksiz, yoshingiz, qayerda yashaysiz, talablarga mos kelishiz sabablari va qiziqishlariz. So'ng, agar mavjud bo'lsa Portfolio yuborib qo'ying


Yodda tuting!

"Shogirdlik bu o'quv markazi kabi o'rganadigan uslub emas, shogirdlik bu uzoq muddatli kuzatish va turli vazifalarni bajarishdan iborat bo'lgan eng mashaqqatli va eng samarali o'rganish uslubidir. Bu yo'lda faqat sohasiga chinakam qiziqqan ilm talabidagi insongina muvaffaqiyat topa oladi".

Shogirdlik vaqtida
qo’shimcha o'rganish mumkin bilimlar:

  • Notion, Todoist, Clickup, BPMN, MindMap
  • Shaxsiy rivojlanish;
  • B2B Networking;
  • Product va Project management ishlarda tajriba olish;
  • Marketing va BPR ishlarida tajriba olish imkoni;
  • Xullas shu paytgacha o'rgangan tajriba va ko'nikmalarimni o'rganish imkoniyati;

Masalan YouTube’dagi “Produktiv darslar” rubrikasidagi dasturlarni amaliy ishlashni advanced darajada o’rganish mumkin: https://youtube.com/@RahimAzim

O'zim haqimda

Saytimda: https://rahimjongaziyev.com/rahimjon_gaziyev_haqida

Portfolio: https://www.behance.net/redfoxuz

Portfolio Telegram: https://t.me/portfolius

Instagram: https://instagram.com/rahimazim_/

Yuqorida o'rganish uchun ajratiladigan 1 yil muddat bu boshlang'ich daraja uchun. Agar jamiyatda o'z o'rnini topadigan tajribali dizayner bo'lmoqchi bo'lsa 2-5 yil vaqt ajratishi tavsiya etiladi, chunki o'zim o'rganish davriga 10 yil vaqtim ketgan.

Bu yerda o'rganish davrida tayyorlagan ishlarim

https://www.behance.net/rahimjongaziyev

Asos solgan kompaniyalarim:

Frilansus - Frilanserlik platformasi https://www.frilansus.com/
https://t.me/frilansus